Qabul kvotalari haqida batafsil ma’lumot (bakalavr)

2017 yil 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2017/2018 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishiga 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 18.194 nafari davlat grantida va 48.122 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. Agar o‘tgan yilgi kvotalar bilan taqqoslasak, joriy yilgi kvotalar soni 8 ming 409 taga ko‘paygan.

Shuningdek, qarorda:

  • magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1556 va to‘lov-kontrakt asosida – 3444 nafar miqdorida;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 15 ta va to‘lov-kontrakt asosida 85 ta;
  • Navoiy davlat konchilik institutining maxsus sirtqi bo‘limida to‘lov-kontrakt asosida 90 nafar;
  • Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.

Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi (bakalavr uchun):

1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (filiallari bilan) — 2920 nafar;

2. Toshkent davlat texnika universiteti (filiali bilan) – 2805 nafar;

3. Toshkent davlat agrar universiteti (filiali bilan) – 2730 nafar;

4. Qoraqalpoq davlat universiteti – 2200 nafar;

5. Samarqand davlat universiteti – 2000 nafar;

5. Urganch davlat universiteti – 2000 nafar.

Ta’kidlash joizki, ushbu yilda 45 ta OTMning kvotalari ko‘paydi. O‘tgan yilgiga qaraganda kvotasi eng ko‘p oshgan OTMlar reytingida Toshkent davlat agrar universiteti 770 ta o‘rin bilan mutloq yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona politexnika instituti 550 ta o‘ringa ko‘paygan holda egalladi. Namangan davlat universiteti esa joriy yilda naq 500 ta ko‘p talaba qabul qiladi.

Joriy yilda faqat uchta OTMning qabul kvotasi kamaydi. Bular: Termiz davlat universiteti (42 nafarga), Toshkent davlat stomatologiya instituti (155 nafarga) va nomi o‘zgartirilgan Namangan muhandislik-qurilish instituti (160 nafarga). 11 ta OTMning kvotasi o‘zgarmadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qabul-2017: Andijon tibbiyot instituti

Qabul kvotalari respublika OTMlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (alifbo tartibida):

Oliy ta’lim muassasasi nomi Qabul kvota soni Byudjet Kontrakt O‘tgan yilgi qabul O‘tgan yildan farqi
1 Andijon davlat universiteti 1422 395 1027 1422
2 Andijon qishloq xo‘jaligi instituti 1000 285 715 935 65
3 Andijon mashinasozlik instituti 935 280 655 935
4 Andijon davlat tibbiyot instituti 520 275 245 385 135
5 Buxoro davlat universiteti 1818 408 1410 1499 319
6 Buxoro muhandislik-texnika instituti 1570 375 1195 1235 335
7 Buxoro davlat tibbiyot instituti 260 109 151 160 100
8 Guliston davlat universiteti 1200 375 825 970 230
9 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 260 15 245 240 20
10 Jizzax davlat pedagogika instituti 1820 495 1325 1695 125
11 Jizzax politexnika instituti 1105 380 725 1105
12 Qarshi davlat universiteti 1400 390 1010 1395 5
13 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1800 580 1220 1800
14 Qoraqalpoq davlat universiteti 2200 640 1560 1894 306
15 Qo‘qon davlat pedagogika instituti 1300 360 940 1155 145
16 Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 100 35 65 65 35
17 Milliy rassomlik va dizayn instituti 300 75 225 250 50
18 Navoiy davlat konchilik instituti 740 205 535 540 200
19 Navoiy davlat konchilik institutining Zarafshon shahridagi fakul’teti 75 30 45 75
20 Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahridagi fakul’teti 300 90 210 235 65
21 Navoiy davlat pedagogika instituti 1560 480 1080 1560
22 Namangan davlat universiteti 1500 420 1080 1000 500
23 Namangan muhandislik-qurilish instituti 810 215 595 970 -160
24 Namangan muhandislik-texnologiya instituti 900 245 655 740 160
25 Nukus davlat pedagogika instituti 1407 425 982 1382 25
26 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 1500 405 1095 1130 370
27 Samarqand davlat universiteti 2000 595 1405 1615 385
28 Samarqand davlat chet tillar instituti 604 175 429 500 104
29 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 475 65 410 475
30 Samarqand qishloq xo‘jalik instituti 1520 370 1150 1315 205
31 Samarqand davlat tibbiyot instituti 530 255 275 435 95
32 Soliq akademiyasi 75 75 75
33 TATU Qarshi filiali 270 75 195 225 45
34 TATU Nukus filiali 200 55 145 165 35
35 TATU Samarqand filiali 385 82 303 315 70
36 TATU Urganch filiali 225 65 160 185 40
37 TATU Farg‘ona filiali 340 70 270 290 50
38 Termiz davlat universiteti 1800 485 1315 1842 -42
39 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti 770 240 530 580 190
40 Toshkent arxitektura-qurilish instituti 890 215 675 890
41 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1500 425 1075 1335 165
42 Toshkent davlat agrar universiteti 1800 485 1315 1435 365
43 Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali 630 190 440 525 105
44 Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali 300 70 230 300
45 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 870 60 810 770 100
46 Toshkent davlat pedagogika universiteti 1125 317 808 1125
47 Toshkent davlat stomatologiya instituti 250 50 200 190 60
48 Toshkent davlat texnika universiteti 2455 630 1825 2330 125
49 Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali 350 110 240 350
50 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 340 120 220 300 40
51 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 400 120 280 400
52 Toshkent davlat yuridik universiteti 600 20 580 450 150
53 Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 1500 490 1010 1205 295
54 Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiali 450 105 345 320 130
55 Toshkent islom universiteti 245 85 160 135 110
56 Toshkent kimyo-texnologiya instituti 840 245 595 750 90
57 Toshkent moliya instituti 720 55 665 680 40
58 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 450 235 215 400 50
59 Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali 285 92 193 210 75
60 Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti 1150 290 860 895 255
61 Toshkent tibbiyot akademiyasi 550 228 322 510 40
62 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 200 61 139 200
63 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 850 265 585 765 85
64 Toshkent farmatsevtika instituti 400 50 350 340 60
65 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1575 363 1212 1425 150
66 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 985 175 810 970 15
67 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 300 90 210 300
68 O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti Nukus filiali 50 16 34 38 12
69 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 350 89 261 282 68
70 O‘zbekiston milliy universiteti 1395 399 996 1324 71
71 Urganch davlat universiteti 2000 550 1450 1730 270
72 Farg‘ona davlat universiteti 1600 405 1195 1274 326
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qabul-2017: Samarqand tibbiyot instituti

© Xushnudbek.uz

 


Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha yangiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button