Otit — o‘rta quloqning yallig‘lanishi

0
()

Otit — o‘rta quloqning yallig‘lanishi bo’lib, bu kasallik, xususan, yosh bolalarda uchrab, bir muncha og‘ir kechadi, quloq qattiq og‘riydi, harorat ko‘tariladi, eshitishi ancha pasayadi, miya va uning pardasiga asorat berishi mumkin.

Kasallik sabablari

Bunga ko‘pincha yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: gripp, qizamiq, skarlatina va boshqalar sabab bo‘ladi. Bunda yallig‘lanish jarayoni burun-halqumdan eshitish nayi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tadi, hosil bo‘lgan yiring, ba’zan quloq pardasini teshib, tashki eshituv yo‘lidan oqib chiqadi. O‘rta quloq yallig‘lanishi paydo bo‘lishida (ayniqsa, bolalarda) adenoidlar, polip, burun to‘sig‘ining qiyshayishi muhim o‘rin tutadi.

Belgilar va davolash

O‘rta quloq o‘tkir yallig‘lanishida bemorning qulog‘i, boshi qattiq og‘riydi va eshitish og‘irlashadi, ayrim hollarda harorat 37-38°C darajaga ko‘tariladi. Davoni shifokor tayinlaydi. O‘rta quloq yallig‘lanishida shifokor tavsiyasi bo‘yicha bozillama qilinadi, u og‘riqni pasaytiradi va nog‘ora bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishning surilib ketishiga imkon beradi. Bozillamani quloq suprasiga emas, balki uning yon-atrofiga quyiladi. Buning uchun bir necha qavat dokani suvda yoki teng barobar spirt qo‘shilgan suvda ho‘llab, mato o‘rtasini qirqib, quloq suprasiga kiygiziladi.
Bozillamani har 4 soatda, bolalarda esa terisi kuyib qolmasligi uchun har ikki-uch soatda almashtirib turish lozim. Teng barobar suv qo‘shilgan spirtli va quruq-issiq bozillama navbatma-navbat kuyib turiladi.
O‘rta quloqni davolashda ilitilgan suyuq dorilarni (qaynatilgan) pipetka bilan tashqi yo‘lga qo‘yish yaxshi naf beradi. Buning uchun suyuq dori solingan shishacha 2-3 daqiqa ilik suvga kuyib quyiladi. Bemor sog‘ qulog‘ini bosib, yonboshlab yotadi, quloqqa quyilgan dori 10-15 daqiqa turishi kerak.

Profilaktika uchun

Otitning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, darmondorilarga boy ovqatlar iste’mol qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish lozim.Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bu yallig‘lanish keyinchalik o‘rta quloqqa ham o‘tadi. O‘z vaqtida to‘g‘ri davo qilinsa, bemor butunlay sog‘ayib ketadi. Ba’zan yallig‘lanish asoratlari yuzaga kelishi yoki surunkali otitda, vaqti-vaqti bilan yiring oqib turishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Meningit o‘tqazganlar taqdiri

Diqqat!

Quloqning barcha kasalliklari ham inson hayoti uchun xavfli, ayniqsa, yallig‘lanish va yiring oqishi quloq suyaklarining yemirilishiga olib keladi. Bosh miyaga oqib o‘tishi undan ham xavfliroq. O‘rta quloq yoki ichki quloq bo‘shligidan yiring oqishi quloqning eng og‘ir va xavfli kasalligi hisoblanganligi uchun uni vaqtida davolatib, quloqdan oqayotgan yiringni to‘xtatish lozim. Agarda o‘z vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya to‘qimasi abssessi kabi asoratlar ro‘y berishi mumkin.

 

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o’lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho / 5. Baholar soni:

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


23 ta izoh

  1. Bilasizmi doktor meni o’ng qulog’im chapiga nisbatan biroz past eshitadi og’irroq loyihaga lekin xech qanday og’riq yuq xuddi ichiga bir narsa tiqilib turgandek lekin 2 3 kunda quloqlarimni bornaya kislota bn quloq tozalagich yordamida tozalab turaman xech bir yallig’lanish xatto kir yo’q top tozza. Agar og’zimni iyyaklarimni katta qilib ochsam xuddi bir zumga ochilgandek bo’ladi va yana yopiladi loyihaga lekin chap qulog’imdan shikoyatim yuq u yaxshi eshitadim. Iltimos yordam bering men xavotrdaman xoli 40 yoshga kirmasdan kar bo’lib qolishni xoxlamasdim. Javob un oldindan raxmat!

    1. Boshqa bo’limda aytganingizgek sababi naushnik bo’lishi mumkin. Lekin, yevstaxiy nayida ham kasallanish yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Shu sababdan ham shifokorga ko’rining!

  2. Men shu o’ng qulog’im zayiflashyotganini 2013 yilda sezilar sezilmas edi xech farqlolmasdim 2014 da esa ancha farqloldim 2015 da esa yaqqol sezilib turubdi nima qilsam bo’ladi doktor?
    Balki navushnik orqali ko’p musiqa eshitganim un yoki bulutusli navushnikdan foydalanganim un mi doktor aytingchi buni sababi nimada?

    1. Eshitish qobiliyatingizning kamayishiga asosiy sabab o’zingiz aytganingizdek naushniklardan foydalanganingiz. Tavsiyamiz naushnikdan foydalanishni sekin asta kamaytirib boring hamda 30-40 kun ichida butkul to’xtating!

  3. salom mani qulogim uch kundan buyon ogriydi boshida qattiq gripp buldim keyin sovuq ichdimmi qulogim birdan ogriy boshladi keyinchalik eshitish pasayganini ham sezdim faqat bir turdagi dori tomizayabman ogriq yuqoldi lekin qulogimda hamon eshitish pas bitib qolgan yiringa uxshash suyuqlik ham chiqadi boshimni egsam qulogim ogriq bilan yopiladi hozir doktorga borishni ilojisi yuq iltimos nima qilishni maslahat berasiz doktr

  4. Salom meni qulogim 2kundan buyon ogriydi gripp bolganim yog ozgina suv kirgan shekilliy shundan buyon qulogim ogriydi qanday dori vositasidan fodalansam boladi oldindan raxmat

  5. Салом мени кулогим окяптиогрик йук суйукликни хиди хам йук 2015личения олгандим 4кунданбуён яна окяпти

  6. Salom men 2008yil fevral oyida gentamitsin ukol olgan edim shundan ken eshitish pasaydi aprel oyida umuman eshitmay qoldi bormagan prafesor qolmadi xato navushnikam bulmadi rasiyaga borib kurindim bulmadi xama doktorlar 1ta gapni takrorladi mujiza xudodan aperatsiya juda qimmat.1ta qulogim bulsayam mayli edi 2si xam eshitmaydi.

  7. salom meni uglimi qulogidan yiring oqiadi hozir licheniya olyapmiz lkn vaqti vaqti bn oqib turadi davolash paytida ham oqishi mumkinmi keyinchalik tuzaladi. oqishi

  8. salom mening bolamni qulogiga suv kirib ogritibdi dokyirlar tozalimiz deb aytishibdi bu haflimasmi bolam qiynolmidimi hali endi 2 yosh jovob uchun oldinda katta rahmat

  9. Salom qizalogimning qulogidan vaqti vaqti bn yirinh oqardi endi qon oqyapti nima qilsam boladi davosi qanday yordam beringlar iltimos

  10. Salom. Mening ismim Kamoliddin meni o’ng qulog’imni pardasi teshilgan bunga taxminan 5yil bo’ldi iltimos menga ayting chi quloqg’imni pardasini tiklasa bo’ladimi. Javobni shu yerga joylashtirsangiz iltimos.Javob uchun oldindan raxmat.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button