Tadqiqot: Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish yurak-qon tomir kasalliklaridan saqlaydi

Minnesota (AQSH) universiteti mutaxassislari odamlarni oliy ma’lumotli bo‘lishga da’vat qilishmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida bilim olish aniqsa, yosh ayollar o‘rtasidagi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, qisqa ta’lim olish yurak kasalliklari paydo bo‘lish ehtimolini deyarli ikki barobarga oshiradi.

O‘ttiz yillik tadqiqot natijalariga qarab shunday xulosa chiqarildi. To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, agar ayol kishi faqatgina maktabni tamomlagan bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 51 foizga ko‘tarilgan. Agar oliy bilim yurtida o‘qigan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan.

Bunday holat erkaklarda ham kuzatildi. Biroq ko‘rsatkichlarda sezilarli farq bor. O‘rta ma’lumotlilarda kasallanish xavfi 59 foiz bo‘lsa, oliy ma’lumotlilarda 42 foizni tashkil etdi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lish aqli zaiflikka qarshi kurashishga yordam beradi. Barchasi ta’lim olish vaqtidagi stimulyatsiya holatiga bog‘liq. Bu stimulyatsiya “aql zaxirasi”ni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, ta’lim olishga qaratilgan har bir yil aqlizaiflik xavfini 11 foizga kamaytiradi.

© Mirjalol Madvaliyev.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.
Soglom.uz nashri.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button