O‘g‘il ko‘rishni istovchilar uchun Ibn Sino tavsiyalari

O‘g‘il tug‘ilishi sababi er urug‘ining issiqligi, mo‘lligi hamda jinsiy yaqinlik xotinning hayzdan pok bo‘lish vaqtiga to‘g‘ri kelishidadir. Urug‘ning o‘ng tomondan kelishi bunga yordam beradi, chunki bu urug‘ issiqroq va quyuqroq bo‘lib, o‘ng buyrakdan kelgan bo‘ladi; o‘ng buyrak qiziganroq va jigarga yaqinroqdir. Erlik urug‘i bachadonining o‘ng tomoniga tushganida ham shunday bo‘ladi. Xotin urug‘ining xossalari va qay tomondan kelishi ham ahamiyatlidir. Sovuq mamlakatlar, sovuq fasl va shimoliy shamol bolaning o‘g‘il bo‘lishiga yordam beradi; buning ziddi esa aksincha bo‘ladi. Juda yosh ham, keksa ham bo‘lmay, ayni yigitlik yoshida qo‘shilish ham ahamiyatlidir.

O‘g‘il tug‘ilishi uchun er ham, xotin ham maxsus tayyorlanishlari kerak. O‘g‘il tug‘ish uchun xotinning urug‘i quyuq, kuchli va issiq bo‘lishi lozim, chunki shunday urug‘ erlikni tezroq qabul qiladi. Er urug‘i ham xotin urug‘idan kuchli bo‘lishi lozim. Bola o‘g‘il tug‘ilishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: xotin ham, er ham atir, bug‘lash va oziq-ovqat vositasida o‘z organizmini qizdirishi kerak. Bir muddat jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim.

Ko‘p suyuqlik ichmaslik, balki choyni oz-ozdan ichib, qizdiradigan kuchli ovqatlardan iste’mol qilishlari darkor. Er o‘z urug‘ini sinab ko‘rishi, agar urug‘ suyuq bo‘lsa, quyulguncha yuqoridagi tadbirlarni davom ettirishi kerak bo‘ladi. Keyin chiroyli joy solinib, yaxshi atirlar bilan xushbo‘ylantirilgan o‘rinda xursand, vaqti chog‘ holda o‘g‘il haqida o‘ylash zarur.

O‘g‘il ko‘radigan homilador ayolning belgilari quyidagilardan iborat:

  1. Ayolning rangi yaxshiroq, o‘zi xursandroq, terisi tozaroq, ishtahasi sog‘lomroq, homiladorlik alomatlari tinchroq bo‘ladi.
  2. Ayol o‘ng tomondan og‘irlik sezsa, shu yondan homila qimirlasa, bu o‘g‘il bola ekanligidan darak beradi.
  3. Ayolning ko‘kragi kattalashib, undagi …

Maqolaning davomini DNK.UZ saytida o‘qishingiz mumkin.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Bitta izoh

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button