Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik

Kasallikning rivojlanishi davri 9 yoshga to‘g‘ri keladi. Agar miopiyani vaqtida aniqlab kerakli davo choralari ko‘rilsa, nafaqat ko‘rish qobiliyati pasayishining oldi olinadi, balki ushbu jarayonni orqaga qaytarish ham mumkin.

miopiya kasalligi-

Miopiya shunday xastalikka, bunda ko‘zlar faoliyati buziladi, ya’ni uzoqda turgan obyekning tasviri to‘r pardada emas, balki uning oldida paydo bo‘ladi. Natijada, bola uzoqdagi narsalarni (masalan sinf dokasidagi yozuvlarni) noaniq ko‘radi. Yosh ulg‘ayishi bilan miopiya darajasi oshib boradi va bola 20 yoshga to‘lganda, ya’ni organizm shakllanib bo‘lgach barqarorlashadi.

Miopiya kasalligining asl sababi nima?

Miopiyada ko‘z o‘qining uzunligi meyordan yuqori, ya’ni ko‘zning nur sindirish kuchi yorug‘lik nurlari to‘g‘ri to‘r pardada fokuslanishi uchun juda katta bo‘lib, fokus to‘r parda oldida joylashadi. Shuning uchun to‘r pardadagi tasvir noaniq bo‘ladi va uzoqdagi obyekt xira ko‘rinadi.

Bolalarda miopiyaning paydo bo‘lishi asosan genetik moyillik bilan bog‘langan. Miopiya rivojlanishiga moyillik bolalarga  ko‘pincha ota-onasidan o‘tadi. Genetik olimlardan tashqari, miopiya rivojlanishiga bolaning yaqin masofalarda (o‘qish yoki kompyuterda ishlashda) ko‘rish zo‘riqishiga bog‘liqdir. Agar yaqin masofalarda ko‘rish qobiliyatini fokuslash uchun mas’ul bo‘lgan ko‘z mushaklari uzoq muddat zo‘riqish bilan ishlasa, yaqin masofadagi ishni bajarish vaqtida ular uzoq masofaga nazar tashlanganda bo‘shasha olmaydi. Buning natijasida ko‘z doimo zo‘riqish holatida bo‘lib, miopiya rivojlanishiga olib keladi.

Ko‘pgina olimlar bolalarda miopiya rivojlanishini organizmning umumiy kasalliklari bilan bog‘liqligini ta’kidlashadi. Shuning uchun miopiyaning oldini olish uchun bolalardagi skolioz, tonzillit, bolalar infeksiyalari, kariyes va boshqa surunkali kasalliklarni o‘z vaqtida davolash o‘ta muhimdir.

Bolaning to‘g‘ri ovqatlanishi ham uning ko‘rish qobiliyatida katta rol o‘ynaydi. Chunki bir xil turdagi ovqatlar, vitamin yetishmasligi ba’zan bolalarda miopiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asosiy vaqtini tabiat qo‘ynida o‘tkazib, meva-sabzavot va boshqa turli taomlarni iste’mol qiladigan qishloq bolalaridan farqi o‘laroq, odatda vaqtini xonada o‘tkazadigan, yaxshilab ovqatlanish o‘rniga har xil joyda u bu narsani yeb ketaveradigan maktab o‘quvchilari orasida miopiya ko‘proq uchraydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Inseminatsiya - sun'iy urug‘lantirish

Uyda va sinfxonada o‘quv joyining kam yoritilishi, dars stolining bola bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi ham gohida bola ko‘zlariga katta zarar keltiradi. Shuningdek, dars tayyorlash vaqtida noto‘g‘ri o‘tirish, kompyuterda haddan tashqari ko‘p ishlash miopiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Boshni juda egib yozish yoki o‘qish kabi zararli odatlar ko‘z zo‘riqishga sabab bo‘ladi.

Bola uzoq vaqt yaqinda joylashgan kitob, daftar, planshet kabi predmetlarga diqqat qilsa, ko‘rish o‘tkirligi pasayadi. Agar shifokor maktab yoshidagi bolaga miopiya degan tashxis qo‘ysa, bunga juda jiddiy e’tibor berish kerak, chunki ko‘rish o‘tkirligining pasayishi juda tez rivojlanishi mumkin.

Tug‘ma miopiya

Miopiyaga uchragan ota-onalar kasallik nasldan naslga o‘tishini ko‘zda tutgan holda, ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan bolasini ham yilida bir marta oftalmologga ko‘rsatib turishlari lozim. Bu ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar albatta paydo bo‘ladi degani emas. Lekin kasallik xavfi 60-80 foizni tashkil qiladi. Tug‘ma miopiya juda xavfli bo‘lib bundan miyaga buzilgan, xira  tasvirlar yetib boradi. Ya’ni, ko‘rish qobiliyati miya po‘stloq xujayralari – miyaning ko‘rish qobiliyatini barqarorlashtirib turadigan qismlari rivojlanmaydi. Agar boladagi bu muammolar vaqtida aniqlanmasa, keyinchalik u yaxshi ko‘rolmaydi, chunki miyaning tegishli qismi noto‘g‘ri rivojlangan bo‘ladi. Davolash o‘z vaqtida boshlansa genetik omil ta’sirini kamaytirib, bolaning hayotini ancha yengillashtirish mumkin. Ko‘p hollarda  davo choralari ko‘rilsa, bola 6 yoshga qadar miopiya kasalligini yengib, ko‘rish qobiliyatini butunlay tiklab oladi.

Kasallikni vaqtida aniqlash uchun bolaning ko‘rish qobiliyatini doimiy ravishda (ayniqsa bir yoshda, 3 yoshga to‘lganda, keyin esa har ikki yilda) tekshirib borish kerak. Ota-onaning yoshligida miopiya rivojlanishi kuzatilgan bo‘lsa yoki ularning ko‘rish qobiliyatida boshqa muammolar bo‘lganda bunday tekshiruvlar juda katta ahamiyatga ega.

Miopiyada ham boshqa kasalliklardagi kabi iloji boricha avvalroq tashxis qo‘yish muhim. Lekin kichik yoshdagi bolalarga tashxis qo‘yish qiyin kechadi, chunki ular nima bezovta qilayotganini aniq tushuntirib bera olmaydilar. Unutmangki, agar kichkintoyning nigohi yaqinlari yuzida, o‘yinchoqlarida to‘xtamay, o‘ynab tursa, u yorug‘likdan qo‘rqsa, narsalarni ko‘ziga  juda yaqin olib kelsa, doimo uydagi jihozlarga to‘qnashib yursa, albatta uni oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur. Bolaning injiqligi va xonada bir o‘zi qolishdan qo‘rqishi hollariga ham e’tibor berish kerak. Chunki bola  yon-atrofdagi narsalarni yaxshi ko‘rmagani uchun qo‘rquv hissiga berilishi ham mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Infeksion endokardit: sabablari, belgilari, kechishi va davolash

Ko‘zoynak taqish ham muolaja

Miopiyaning tuzatishining asosiy usullaridan biri ko‘zoynakdir. Agar bola ko‘zoynak taqsa, keyin hech qachon yechmasligi kerak degan fikr noto‘g‘ridir. Miopiyaning yengil darajasida (3 diopriyaga qadar) ko‘zoynak faqat uzoqdagi predmetlarni ko‘rish uchun belgilanadi. Agar bola kundalik hayotida ko‘zoynaksiz ham qanoatlansa, uni doimiy ravishda ko‘zoynak taqishga majbur qilmaslik lozim. Faqat miopiyaning yuqori darajasida yoki ko‘rish o‘tkirligining o‘ta tez pasayishida ko‘zoynak doimiy ravishda taqish uchun belgilanadi.

Bolalar miopiyasini davolash maxsus apparatlarda mashqlarni bajarish, dori-darmon muolajasi va jarrohlik usullaridan iborat. Maqsad – ko‘z olmasining uzayishi jarayonini barqarorlashtirish, kasallikning kuchayishini to‘xtatishdir. Zamonaviy tibbiyot usullari kasallik o‘z vaqtida aniqlanganda va to‘g‘ri davolanganda har qanday murakkab muammolarni yechishga va 80 foiz hollarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga qodir.

Miopiyani davolashning eng samarali usullaridan biri eksimer – lazer korreksiyasidir. Individual dastur bo‘yicha lazerning sovuq nuri shox pardani “dazmollab”, uning ichidagi barcha buzilishlarni yo‘qotadi. Bunda ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan odamlarniki kabi, nurning optimal sinishi uchun meyoriy muhit va sharoit yaratiladi. Lekin bu jarrohlik usuli miopiya 3 yil mobaynida kuchaymagan hollarda tavsiya etiladi va eng yaxshisi 18-21 yoshgacha bu muolajani qo‘llamagan ma’qul. Biroq ayrim hollarda tavsiya qilingan yoshni kutmay jarrohlikni qo‘llash mumkin. Faqat bolalarga ushbu usul juda aniq ko‘rsatmalar, masalan yuqori darajali bir tomonlama miopiyada belgilanadi.

Maslahatimiz shuki …

Bolalarni okulist ko‘rigidan o‘tkazish (3 va 6 oyligida) kerak. Agar muammo aniqlanmasa, keyingi tekshiruv bir yoshda o‘tkaziladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar har yarim yilda, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar oftalmolog shifokor ko‘rigidan yilida bir marta o‘tishi darkor.

Zamonaviy texnik asboblardan foydalanishda bolalar maxsus tartib-qoidalarga rioya etishsa ko‘zlarini miopiyadan saqlashlari mumkin. Masalan:

  • Monitor yetarli darajada yorug‘ bo‘lishi kerak.
  • Kompyutergacha masofa 45 santimetrdan kam bo‘lmasligi lozim.
  • Shrift qancha yirik bo‘lsa, miopiya paydo bo‘lish xavfi shunchalik kamayadi.
  • Bolaning boshi bir tomonga haddan tashqari og‘ib ketmasligi kerak.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qora oqsoqdan saqlaning ( Brutsellyoz )

Agar miopiya paydo bo‘lsa, kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Asoratli miopiya kuchayayotgan miopiyaning natijasi bo‘lib, u nogironlikka olib kelishi mumkin. Kuchayayotgan miopiyada ko‘z to‘qimalarini yaxshilanishiga qaratilgan muolajalar bilan birga  akkomodatsiyani yaxshilaydigan maxsus mashqlar va ko‘z yuklamalarining to‘g‘ri rejimiga rioya qilish katta foyda keltiradi.

© Yulduz SHOAKROMOVA, oftalmolog-shifokor.
«Sihat salomatlik» jurnali.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

28 ta izoh

  1. Men 18 yoshdaman meni ko’zlar uzoqni yaxshi ko’rmayabdi ong ko’zim -1.25chapi-0.75 chiqayabdi 6 oy oldin men yaxshi ko’rar edim birdan shu ahvolga tushyabdi nima qilib oldingi holatiga qaytarsam boladi imkoni bormi ???

  2. Mani chap ko’zim yoshligimdan yaxshi ko’rmaydi faqat o’ng ko’zim bilan etibor berib ko’rganim uchun chap ko’zimga ehtiyoj sezilmagan.shifokorga ko’ringandim chap ko’ziz dangasa bo’lib qolgan ishlatmaganiz uchun dedi.dangasa ko’z haqida malumot bersayiz.

  3. Salom mani yoshim 22 da talabaman . Yoshligimdan ko‘zoynak taqaman. Har yil shifokorga uchraganimda ko‘zimni nuri past chiqardi. Oxirgi marta 2018 dekabr oyida tekshirganimda o‘ng ko‘zim -10,chap ko‘zim-15 shu atroflarda chiqdi. Manga qanday maslaxat berasiz. O‘zi rzeniya shuncha past chiqishi mumkinmi. Oldindan raxmat

    1. Sizda miopiyaning og’ir darajasi aniqlangan. Uni kontakt linza, ko’zoynaklar yoki lazer operatsiyasi orqali korreksiyalash kerak.

  4. Assalomu alaykum. ikkita savolim bor.
    1. meni yoshim 21 da. yoshligimdan beri ko’oynak taqaman. Hozir chap ko’zim -7 va o’ng ko’zim -6.5. Minus daraja o’sishi to’xtamayapdi. Shuning to’xtatishni iloji bormi
    2. Lazer operatsiyani hozir ya’ni miopiani o’sishi to’xtamagan bo’lsa ham qilsam bo’ladimi. Umuman lazer operatsiyasi minus daraja nechaga yetgunga qadar qilinadi. Javob uchun oldindan rahmat

    1. Jarroh oftalmolog ko’rigidan o’ting, tekshiruvlardan keyin operatsiya qilish yoki qilmaslik, hamda boshqa masalalarga javob topishingiz mumkin. Lazerli operatsiyalarga ham qarshi ko’rsatmalar mavjud. Shu sababli ham jarroh oftalmolog bilan maslahatlashing, u sizga individual yondoshadi.

      1. Assalom alekum. Meni yoshim 20 da. Men ham yoshlikdan kozoynak taqaman. Boshida -2 edi xozirgacha yechmasdan kozoynak taqib yurdim bora bora xiralashdi koz nurim. — 4 korayotkandim hozir esa bu ham xiralik qilyabdi uzoqni korolmasdim endi yaqindi ham xira kora boshladim. Menga maslahatiz kerak iltimos buni tuzatsa boladimi? Operatsiyami yoki muolaja kozoynak yordam berish orniga uni rivojlantirdi. Javobizni kutib qolaman

  5. Assalom alaykum Avitsenna.uz jamoasi.Yoshim 17da ikkala ko’zlarim ham — 3. 2017-yildan buyon okulist maslaxati bilan dorilar qabul qilaman. Ammo menda o’zgarish yo’q.Ko’zoynak taqishimdan uyimdagilar uyalgani sabab ko’chalarda ham ko’zoynak taqmay yuraman.Ko’zlarimni operatsiya bilan davolasa bo’ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.

    1. Hozircha lazer operatsiya qildirish uchun yoshsiz. Lekin ko’rishni ko’zoynak yoki linzalar taqish orqali korreksiya qilish lozim.

  6. Assalomu aleykum yoshim 26da menda miopiya kasaligi aniqlangan. 3yil oldin o’ng ko’zim -3, chap esa sog’lom edi. Hozir esa o’ng ko’zim -4.5, chap -1 chiqdi buni davolasa bòladimi? Operatsiya qilsa keyin sog’lom insonlarnikidaqa ko’radimi?

  7. Assalomu aleykum.Mani ismim Asilbek.Yoshim endi 21 ga kiraman.Miopiyani davolashni tabiiy usuli bormi.Javob uchun oldindan rahmat

    1. Yuqorida ta’kidlanganidek, ko’zoynak, kontakt linza yoki lazer operatsiyasi orqali davolash mumkin. Tabbiy usullar orqali holatni biroz yengillatish mumkin holos.

        1. Assalomu alaykum, ushbu maqolamizni yaqin kunlarda yangilaymiz va albatta siz so’ragan mashqlar haqida ham ma’lumot berib o’tamiz.

  8. Assalomu alaykum. Yaqinda 16 ga kiraman. Menda miopiya 5-sinfda ko’zoynak taqishni boshlaganman. Hozir ko’zlarim -7 va -7.5 atrofida taxminimcha chunki o’zimdagi -5.5 ko’zoynak bilan -2.5 ko’zoynaklarni ustma-ust taqqanimda ko’zim zo’r ko’ryabdi. Menga shifokorlar naslingdan ham o’tgan degan. Men qattiq o’qiyman shu sababli telefon va kitoblar bilan kunim o’tadi. Aytingchi 16-yoshimda lazer operatsiyasini qilsam nima deysiz? Qanday maslahat berasiz. Javobingiz uchun oldin katta rahmat.

    1. Lazer operatsiya qilish uchun hali shoshmang, chunki yoshingiz kichkina. Buning ustiga yaqin masofada ko’p ishlar ekansiz, bu ko’zga yuklamaning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun, operatsiya qildirish niyatida bo’lsangiz ham 18 yoshdan keyin qildirish maqsadga muvofiq.

  9. Salom mening yoshim 21da ko’zimda miopiya aniqlandi ikkala ko’zim ham -3.5 ko’z oynak tavsiya qildi men uni ko’p taqmadim shuni berganiga bir yil bo’ldi hozir yana taqyabman va ko’zim toliqib biroz og’riyabdi shunga qanday maslahat berolasiz

    1. Salom mening yoshim 20 da mening 2 ta ko’zimni korish qobiliyati past. -2.50 ikkalasiyam bir xil nima qilsam yaxwi buladi aperatsiya qildirsam buladimi. Javobga oldindan rahmat

  10. Salom mening yoshim 21da ko’zlarim -2. Uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik 2 yil oldindan boshlandi.Lazerli operatsiya qildirsam, ko’zlarim avvalgidek koʻra oladimi , bu operatsiyadan keyin vaqt oʻtib yana koʻrishim pasayishi mumkinmi.Javob uchun oldindan raxmat.

  11. Salom yoshim 35 da ikkala kuzim 2 xil biri -9.5 boshqasi -10 kuz oynak taksam boshim ogriydi .Bu holat maktab davrimdan beri mavjud.Hozir homiladorman. Uzim statist hamshiraman .Menga menga nogironlik berilmaydimi berilsa ishlay olmaymanmi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button