3.8
(4)

Bugungi kunda plastik jarrohlik amaliyoti kun sayin rivojlanib borayotgani hech birimizga sir emas. Oxirgi 10 yil ichida dunyo miqiyosida plastik operastiyalar soni keskin oshib ketdi. Bu borada aniq raqamlarga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlarni keltirish juda qiyin. Chunki, bugungi kunda oilali ayollar ham turmush o‘rtog‘idan tanasida plastik jarrohlik stoliga yotganini sir tutadi. Buning asosiy sababi, biz bilgan va tanigan mashhur insonlarning ularga o‘rnak bo‘layotganidadir. Axir «Glyanst» jurnallarida, turli reklama roliklarida paydo bo‘ladigan chehraning ko‘rinishi,uyda yoki ishda,oila tashvishlari bilan yuradigan ayollarnikidan mutlaqo farq qiladi, shunday emasmi? Bizku ayni vaqtda oilali ayollar haqida gapirayapmiz, ammo bugun nafaqat oila qurgan, balki hali hayot ostonasiga qadam qo‘ymagan, turmush ko‘rmagan qizlar ham o‘z qomati yoki ko‘rinishidan qoniqmagani uchun tig‘ tagiga yotayotganini nima deb izohlash mumkin?

Rivojlanish, taraqqiyot mamlakatdagi ko‘plab sohalardagi yutuqlarga sabab bo‘ladi. Biroq, yuqorida aytib o‘tganimizdek, oddiy odamlar va mashhurlar orasida plastik jarrohlikka bo‘lgan talab ham tobora kuchayib bormoqda. E’tibor qiling, oddiy odamlar orasida bunga talab kuchli, etiyoj emas. Talab esa qiziqish va muxlislikning ortidan kelib chiqyapti.

Odatda qaysidir sabab bilan jarohat olgan, kuygan, kasallikdan so‘ng tanasi yoki yuzida dog‘ qolgan, ko‘krak saratoniga chalinib, bir ko‘kragidan ayrilgan ayollar plastik jarrohlarga murojaat qilishardi. Hozirgi kunda esa ko‘rinishi, qomatidan qoniqmagan har qanday inson, garchi bunga ehtiyoj bo‘lmasada, plastik operastiya qildirishi mumkin bo‘lib qoldi. Tashqaridan bu xuddi kitobiy gapdek tuyulishi mumkin, ammo biz aytayotgan plastik jarrohlik olamining ichiga kirsangiz, u erda qanday dahshatli hodisalar ro‘y berayotganini ko‘rasiz.

Plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishga qaror qilar ekan u xoh oddiy odam bo‘lsin, xoh mashhur inson bo‘lsin operastiya yuqori saviyada, professional jarroh tomonidan amalga oshirilishini istaydi. Chunki bunga kishida avvalo katta mablag‘, istak, kuch va sabr bo‘lishi kerak. Agar operastiya uchun katta miqdordagi to‘lovni to‘lasangizu, «O‘z ko‘rinishim hozirgidan yaxshi ancha edi», degan fikrga kelsangiz, bundan yomoni bo‘lmasa kerak. Biroq mashurlar orasida professional shifokorlar tomonidan bir necha marta muvaffaqiyatli plastik operastiyalar amalga oshirilganidan keyin ham, o‘z ko‘rinishidan qoniqmay, takror va takror tig‘ tagiga yotadiganlari juda ko‘p uchraydi. Ularning operastiyadan oldingi ko‘rinishi bilan hozirgisini solishtirish juda qiyin. Hozir ularning ko‘rinishini shunchaki yoqimsiz deyishning o‘zi etmaydi, ular dahshatli ko‘rinishga kelib qolishgan.

E’tiboringizga siz bilgan mashhur insonlar bilan bog‘lig‘ plastik jarrohlik amaliyotlari haqida ma’lumotlarni ta’dim etamiz. Bu taniqli kishilarning aksariyati hozirgi vaqtda o‘z ko‘rinishidan norozi. Ular orasida tashqi ko‘rinishidan qoniqmay, qayta va qayta operastiya stoliga yotganlar, noprofessional plastik jarrohlarning xatolari, noto‘g‘ri muolajalaridan jabr ko‘rganlar talaygina.

Mikki Rurk

mikki ruk

Mashhur aktyorlar orasida omadsiz plastik jarrohlik tufayli ko‘rinishi butkul o‘zgarib ketgan Mikki Rurk bugun o‘z ko‘rinishidan norozi bo‘lsa ajab emas. Bir vaqtlar u ayollarning oxirigi yo‘q muhabbat izhorlariga ko‘milib ketgan ko‘rkam yigit edi. Aktyor boks bilan shug‘ullangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boks tushish va’tida olgan jarohatlarini biroz bo‘lsada yashirish maqsadida u jarrohlik stoliga yotgan. 2012 yili Mikki Rurkning yuz qismi ustida plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan keyin u juda-juda ozib ketdi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya

Donatella Versache

versache

O‘z davrining yosh, go‘zal va badavlat ayollaridan bo‘lgan Donatella Versache sanoqsiz plastik operastiyalarini boshdan kechirgan. Ko‘krakni kattalashtirish borasidagi plastik jarrohlik amaliyotlari omadli bo‘lmagan bo‘lsa, burni va lablari ustida o‘tkazilgan operastiyalarning sonini sanab adog‘iga etib bo‘lmaydi. Uning avvalgi ko‘rinishi, bugungidan mutlaqo farq qiladi. Xorijiy OAVlar o‘rtasida «Donatella Versache dizayn sohasida juda katta bilimga ega ekanu, plastik jarrohlik borasida hech narsaga aqli etmas ekan» qabilidagi gaplar ham tarqalgan. Yuzini silliqlashtirgani esa, uni ko‘proq inson emas, qo‘rqinchli qo‘g‘irchoqqa o‘xshab qolishiga olib kelgan.

Meg Rayan

Meg rayan

Mashhurlar orasida kimningdir e’tiborini tortish uchun bunday jiddiy qadamni qo‘yadiganlar ko‘p. Ammo aynan Meg Rayan bunga ehtiyojmand emasdi. Ko‘plab muxlislari, sevimli insoni yonida bo‘lgan aktrisaning o‘ziga yoqmay qolgani tushunarsiz. Garchi plastik jarrohlikdan so‘ng muxlislarning aksariyati uning ko‘rinishi mutlaqo o‘zgarganini ta’kidalayotgan bo‘lsada, Megning o‘ziga amaliyotdan keyingi ko‘rinishi ma’qul kelgan.

Joselin Vildenshteyn

version large

Joselin Vildenshteyn turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan muammolardan keyin, uni qaytarish uchun ko‘plab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zi ham sonidan adashib ketgan operastiyalari uchun 4 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni sarf etgan. Joselin Vildenshteynga OAV vakillari «Mushuk ayol» deya nom berishi ham bejiz emas.

Maykl Jekson

maykl djekson

Afsonaviy Maykl Jekson onadan qora tanli bo‘lib tug‘ilganini hammamiz bilamiz. U vafot etganida Mayklning tanasini yorib ko‘rgan eng professional patologoanatomlar ham hayratda qolishdi. Xonanda eng kamida 13ta turli plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Uning badanida ushbu operastiyalarning chandiqlari bor edi. Bir necha yil davomida har kuni 3 marta Mayklga maxsus inyekstiya qilingan. U kam ovqat iste’mol qilardi. Shu sababli sochlari to‘kilib ketgandi. Siz va biz ko‘rgan silliq va mayin soch parik edi. O‘limidan bir necha yil oldin burnining bir qismi to‘kilib tushdi. Shifokorlarning ta’kidlashlariga Maykl o‘zidan qoniqmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy xastalikka chalingan edi.

Rene Zelveger

Rene Zelveger

Rene boshdan o‘tkazgan plastik jarrohliklardan so‘ng, 2014 yil qizil gilamga chiqqan aktrisani muxlislari tanimadi. Rene plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanganini tan olmadi. U o‘z ko‘rinishini ozishi va yoshining kichik emasligi bilan izohlaydi.

Madonna

Madonna

Madonna millionlab muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. Ochiq-sochiq liboslarni kiyishda ham unga teng keladigani topilmasa kerak. Uning yillar davomida tushgan suratlari orqali xonandaning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmayotganini ko‘rish mumkin. O‘zingiz sezib turganingizdek, bu plastik jarrohlikning «karomat»i. U ham ko‘plab Gollivud yulduzlari qatorida plastik jarrohlikka murojaat qilganini tan olmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ko‘krak plastikasi – kichiklashtiruvchi mammoplastika

Melani Griffit

Melani Griffit

2014 yil Melani Griffit turmush o‘rtog‘i, mahoratli aktyor Antonio Banderas bilan ajrashdi. Aytishlariga qaraganda, Melani Antonioni qiziqtirmay qo‘ygani uchun ham ular o‘rtasidagi rishtalar uzilgan. Shu bilan birga, aktyor Melaniga plastik jarrohlardan nariroqda yurishni talab qilgan. Biroq turmush o‘rtog‘ining so‘zlariga quloq solmay, bir necha bor plastik operastiyalarni boshdan kechirgan Melanining ko‘rinishi butunlay o‘zgarib ketdi va uning avvalgi chiroyidan asar ham qolmadi. Boshqacha qilib aytganda, uning lablari, hatto, gapirganida ham bazo‘r qimirlaydigan holatga kelib qoldi.

Joan Riverz

Joan Riverz

Bugun bu ayolni ko‘rgan kishi, uning qachonlardir go‘zal, maftunkor ayol bo‘lganiga ishongisi kelmaydi. Uning yuz va tana qismida amalga oshirilgan ko‘plab plastik operastiyalar nafaqat uni yosh ko‘rsata olmadi, balki bor go‘zalligini ham yo‘qqa chiqardi. Albatta, bu borada Joandan ham ko‘ra omadsiz insonlar juda ko‘p. Ammo Joanning hozirgi ko‘rinishini ham ijobiy deb bo‘lmaydi.

Uma Turman

Uma Turman

Mutaxassislarning fikricha, Uma Turman ko‘zlari ostidagi xaltachalarni yo‘q qilish, yuz terisini torttirish kabi qator plastik operastiyalarni boshdan o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan u yoshiga nisbatan yoshroq ko‘rinishga erishgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, yillar baribir o‘z ishini ko‘rsatadi.

Silvestr Stallone

Silvestr Stalone

Taniqli aktyor Silvestr Stallone doimiy ravishda plastik jarrohlarga murojaat qilar ekan. Aytishlaricha, aktyor «shalvirab» qolgan terini oldirib tashlash jarayonini yaxshi ko‘rar ekan. Shunday muolajalar bir necha marta amalga oshirilgach, botoks qilindi. Keyin esa Stallonening yuzi shisha boshladi va shakli o‘zgardi. Biroq aktyor bundan aslo xavotirlanmayapti. U hamon botoks qilishda davom etmoqda.

Jaklin Stallone

Jaklin Stalone

Silvestr Stallonening onasi Jaklin Stallonening holatiga ham havas qilib bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jaklin yosh ko‘rinish istagida go‘zalligini qurbon qilgan va o‘nlab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Buning natijasida uning ko‘rinishi multfilmlardagi qo‘rqinchli yalmog‘iz kampirlarning ko‘rinishidan farq qilmay qoldi. Qoshlari ikki tarafda, ko‘zlari olaygan, lablari esa baliqnikidek, tashqariga chiqib qolgan va hokazo.

Kenni Rojers

Kenni Rojers

Xonanda Kenni Rojers plastik jarrohlik bilan uzoq vaqt o‘yin qildi, oxir-oqibat mag‘lub bo‘ldi. «Men xursand emasman. Ko‘rinishim haqidagi o‘ylar menni jinni qilayozdi», degan edi u 2006 yili «People» jurnaliga bergan intervyusida. O‘shanda u omadsiz kechgan lifting plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.

Barri Manilou

Barri Manlou

Xonanda Barri Manilou ilk bor 2003 yili plastik jarrohlik operastiyasini qildirgan. Ikkinchi bor esa 2005, uchinchi bor 2006 yil botoks inyekstiyasi bilan birga tig‘ tagiga yotgan. Shuningdek , yanoqlariga implantant qo‘ydirgan, bundan tashqari terisi ustida lazerli va kimyoviy pilingni amalga oshirgan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Burun plastikasi – rinoplastika

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qilayotgan kishilar 10-15 yoshga yoshroq ko‘rinishni istasalar, muvaffaqiyatli operastiyani amalga oshirish mumkin. Biroq bemor 25-30-40 yoshga yosharishni istasa, yuz terisi o‘zining tabiiy ko‘rinishini, shaklini yo‘qotadi.

Prisstilla Presli

Pristella Presli

Mashhur pop yulduzi Elvis Preslining sobiq va yagona rafiqasi Prisstilla Presli ham plastik jarrohlarga bir necha bor murojaat qilgan yulduzlar sirasiga kiradi. qiziq, agar uning otasi Elvis, qizini shu holatda ko‘rganida, nima degan bo‘lardi? Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha yil avval Prisstilla yanoqlariga selikon inyekstiyalarini qildirgan. Bundan ko‘zlangan maqsad yanoqlarning shishib, biroz bo‘rtib turishiga erishishdir. Tabiiyki, Prisstilla bu bilan chegaralanmagan holda botoksdan ham «samarali» foydalangan. Natijada uning yuzi ari chaqib, shishib ketgan insonni eslatadigan ko‘rinishga kelib qolgan.

Nikol Kidman

Nikol Kidman

Nikol Kidman qarishni istamaydigan Gollivud yulduzlaridan. Buning uchun u yuz plastikasi va botoksdan foydalanadi. Bir necha bor o‘tkazilgan shunday operastiyalardan keyin mimika mushaklari deyarli qimirlamay qoldi. Boshqacha qilib aytganda, uning yuz tuzilishi o‘zgarib, asta-sekin shisha boshladi. Yoshartiruvchi muolajalardan ko‘p foydalanishi sababli Nikolning yuzi tortilib, yaltirab ketgan. U bu kamchilikni qalin tonal kremi bilan berkitishga urinadi.

Bred Pitt

Bred Pitt

Mutaxassislarning fikrlaricha, Bred Pitt ham plastik jarrohlar xizmatidan bir necha bor foydalangan, yuz qismida yoshartiruvchi muolajalarni amalga oshirgan. Biroq aktyorning o‘zi buni rad etadi. Masalan, Pitt kino ekranlarida ilk bor ko‘ringan vaqtlarda quloqlarining shakli boshqacha edi. Bundan tashqari, plastik jarrohlar aktyorning burni ustida ham anchagina «ter to‘kishgan». Bredning yoshlikdagi va bugungi kundagi suratlarini solishtirsangiz, gap nima haqida borayotganini darrov anglaysiz. Olimlar burun hech qachon o‘sishdan to‘xtamasligi haqida gapirayotgan bir vaqtda, Pittning burni kichiklashib ketyapti.

Alsu

Alsu

Rossiyalik yulduzlar orasida Alsu ham Gollivud yulduzlaridan qolishmagan holda plastik jarrohlar xizmatidan foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alsu 21 yoshida ko‘kraklarini kattalashtirish (mammoplastika) bo‘yicha plastik operastiyani boshdan o‘tkazgan. Bundan keyin esa jag‘ining etishmayotgan qismlarini to‘ldirish bo‘yicha operastiya qildirgan. Bunda xonandaning og‘iz qismiga sun’iy implantantlar o‘rnatilgan va shu yo‘l bilan bir necha kichik operastiyalar o‘tkazilgan. Alsu bunga «chiroyli kulgu» sohibasi bo‘lish uchun rozilik bildirgan. Burnidagi bukrichani ham oldirgan.

Dima Bilan

Dimma Bilan

Dima Bilan intervyularining birida nafas etishmasligi bilan bog‘lig‘ muammo sababli operastiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelganini aytgandi. Xonanda ushbu operastiya nafas yo‘llari bilan birga uning ovoziga h’am ta’sir etayotgan mumammoni bartaraf etish itaganini ta’kidlagandi.

Bu plastik jarrohlik haqidagi qiziqarli maqolalarimizdan biri xolos. Uning davomi sifatida, keyingi maqolalarimizda biz plastik jarrohlik turlari, narxlari va o‘zbekistonlik mashhurlar orasida kimlar plastik jarroh xizmatidan foydalangani haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

© Qalampir.uz
Medical News

Сохранить