Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Biologik va garmonal o’zgarishlar hisobiga homiladorlikning dastlabki uch oyligida ayol jinsiy mayli  anchagina pasayadi.

Ayrim olimlar buni homiladorlikka bog‘liq qo‘rquv instinkti bilan bog‘lashadi. Chunki odatdagidek kechadigan jinsiy munosabat ayol va homilaga xatar tug‘dirishi, masalan, qon ketib, homila tushib qolishi ham mumkin. Ammo shu davrda ham ayrim ayollarda jinsiy istak kuchayishi kam bo‘lsada uchraydi.

Homiladorlikning 4-7 oylarida yana aksar ayollarda jinsiy xohish kuchayishi kuzatiladi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa

Homiladorlikning 8-9 oylarida yana vaziyat o‘zgarib, jinsiy mayl susayadi. Bu holat homilador ayoldagi tug‘ruq oldi charchoqlari bilan bog‘liq.

Umuman olganda, homiladorlikda jinsiy aloqa qilish borasida shifokorlar homiladorlikning dastlabki uch oyida jinsiy munosabatlarni keskin kamaytirish, jimoda ham ehtiyotkor bo‘lib, shiddatkorlikni pasaytirishni tavsiya etishadilar.

Ayol homiladorlik payti ham “hayz taqvimi”ni belgilab borishi lozim. Chunki, odatda hayz jarayoni ro‘y beradigan muddatda bachadon tashqi ta’sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘lib qoladi. Shu bois, jinsiy yaqinliklar natijasida qon ketishi yoki homila tushib qolishi mumkin. Qovushishda erkak og‘irligi ayolga tushmasligi o‘ta muhim.

Homiladorlikda jinsiy aloqa quyidagi hollarda ta’qiqlanadi:

  •  Agar homilador ayol nozik va kasalmandroq bo‘lsa;
  • Agar ayolda oldingi homilalar tushib qolishi ro‘y bergan bo‘lsa;
  • Agar oldingi jimolardan so‘ng qindan ajralma yoxud suyuqlik kelishi ro‘y bergan bo‘lsa;
  • Jinsiy munosabatdan so‘ng sababsiz qon ketishi muqaddam ro‘y bergan bo‘lsa;
  • Jimo noxush tuyg‘u yoxud og‘riq bilan kechishi kuzatilsa;
  • Jimoda lazzatlanish to‘lg‘oq paydo bo‘lishiga moyillik tug‘dirsa;
  • Yo‘ldosh oldda joylashganligi yoki homila atrofidagi suyuqlikning barvaqt ketib qolishi xavfi tug‘ilsa (bu skrining tasxhisiyoti uslubi bilan aniqlanadi) jinsiy munosabat keskin to‘xtatib turiladi.

Tug‘ruqdan ikki oy oldin jinsiy hayot mutlaqo to‘xtatilishini tibbiyot tavsiya etadi!

Mavzuga oid foydali maqola:


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu - Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


loading...

Tegishli maqolalar

62 ta izoh

  1. салом мни ёошм 33да жинси алока килганимда тез бушаеман 2чи марта узок вактдан киеин алокада буламан нима учун бундае?

  2. Мени икки хафтали чакалогим бизда Термизда иклим жуда иссик шунга кизчамга иссиклик тошиб кетяпти.нима килсам булади.

    1. Bu muamma butun o’zbekistonliklarning muammosi desak ham bo’ladi. Bunda bolangizni vaqti-vaqti bilan cho’miltirib turing, imkon qadar o’rtacha iliqlikdagi xonada bo’lsin bolangiz, lekin konditsioner yoki ventilyator bo’lmasin.
      Eng muhimi bolangizni toza tutsangiz, issiqlik toshimaydi.

  3. 10 yoshli qizimning oyog’iga qadax chiqqan edi. Uni o’tgan yili ankologiyada ogizdirdim. Lekin yana o’sha qadax kattalashib qoldi. Bazida og’riq beryapti. Jarroxlik usulisizdavolasni iloji bormi? Qandayshifokorga murojaat qilishim mumkin?

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button