Homiladorlik belgilari. Homiladorlikni erta aniqlash va uning ahamiyati

Homiladorlikning dastlabki alomatlari har bir ayolda turlicha bo‘ladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, o‘zida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, o’zgacha bir davrdir.

Homiladorlik belgilarini xarakterli simptomlar yordamida aniqlab olsa bo‘ladi, bular homiladorlikning har qanday bosqichlarida turlichadir. Organizmning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda har xil kechadi. Quyida homiladorlikning asosiy simptomlari haqida sizga ma’lumot berib o‘tamiz.

homiladorlik belgilari
Foto: Mama66.ru

Homiladorlikning eng birinchi belgilari

Ayol homiladorligini qancha erta aniqlasa shuncha ko‘proq vaqt malakali maxsuslashgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga imkoni bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langandan keyin ayol organizmida qator gormonal o‘zgarishlar kuzatiladi, bularni organizmga quloq solib aniqlasa bo‘ladi.

  • Hayz kelmasligi. Ushbu simptom haqida barcha ayollar bilishadi. Tuxum hujayra urug‘lanishidan hayz (menstrual) siklining cho‘zilishi kuzatiladi, chunki bachadon endometriysi endi homilaning platsentasi hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. Ammo ayrim kasalliklarda ham hayz siklining uzayib ketishi mumkinligini unutmaslik lozim.
  • Sut bezlarining kattalashishi va og‘riqli bo‘lishi. Sut bezlari gormonal o‘zgarishlarga juda sezuvchan bo‘ladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan so‘rg‘ichlar og‘riqli bo‘ladi.
  • Ko‘p siyish. Homiladorlik boshlanganda ayol ko‘p siydik ajralishi kuzatiladi. Ushbu holat XGT (xorionik gonadotropin gormoni) ko‘p ishlab chiqarila boshlangandan dalolatdir. Siydik qopi to‘lmasa ham kechqurunlari ko‘p marta hojatxonaga chiqish kuzatiladi.
  • Tam bilishning o‘zgarishi. Gormonlar ayol organizmining ta’m bilish xususiyatlarini o‘zgartirib yuborishi natijasida, oldin yoqtirmagan ta’mlarni yoqtirib qolishi mumkin. Bundan tashqari og‘izda metal mazasini sezish ham homiladorlik belgilaridan biridir.
  • Holsizlik va uyquchanlik. Bu simptom organizmda moddalar almashinuvi tezlashganligi sababli organizm charchab qolishi va progesteron gormonining uyquchanlik chaqirishi sababli kuzatiladi.
  • Ko‘ngil aynashi. Ushbu simptomlarning paydo bo‘lishi ko‘pincha homilaning 1,5 oylik davrlaridan boshlanadi, ba’zi ayollarda urug‘langan so‘ng ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, ko‘ngil aynashga sabab oshqozon ichak trakti kasalliklari ham sabab bo‘lashi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 6-hafta

Nima uchun homiladorlikni erta aniqlash ahamiyatli?

Homiladorlikni boshida kechirayotgan har bir ayol homiladorlikni ilk belgilari qanday ekanligini bilishi muhimdir. Bu muhimlik quyidagi sabablarga bog‘liq:

  • Patologik rivojlanish (bachadondan tashqari homiladorlik) xavfi katta;
  • Genetik va tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash;
  • Tibbiy ko‘rsatma bo‘yicha homiladan qutulish;

Agar ayol organizmi homilaning yetilishiga tayyor bo‘lmasa yoki boshqa patologiyalar bo‘lsa homiladorlikni to‘xtatish ayol organizmini hayotini saqlashi va sog‘lig‘iga ziyon qilmasligi mumkin.

Birinchi belgini qachon kuzatsa bo‘ladi?

Bu ayolning individual xususiyatiga bog‘liq. Erta belgilar urug‘langandan so‘ng 8-9 kun ichida seziladi.

Homiladorlikning ikkilamchi belgilari

homiladorlikni aniqlash yo'llari
Foto: Mama66.ru
  • Bazal temperaturaning oshishi;
  • Progesteron gormoning ko‘plab ishlab chiqarilishi natijasida tana harorati 37 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin;
  • Chanoq sohasida og‘irlik hissini sezish – ushbu sohada qon aylanishi ko‘payadi, ayol bosim va og‘irlikni seza boshlaydi.
  • Uyqusizlik – charchash hissi ko‘pincha asab qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi natijasida uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
  • Belda og‘riq sezish – bel sohasida simmilovchi og‘riqlarni sezish mumkin. Ammo buyrak kasalliklarida ham og‘riq kuzatilishi mumkin.
  • Bosh og‘rig‘i – gormonal o‘zgarishlar asab tizimiga ta’sir qilganligi sababli bosh og‘rish kuzatilishi mumkin.
  • Ishtahaning ochilishi – moddalar almashinuvi tezlashuvi fonida ishtaha ochiladi.
  • Hid bilish va ta’m bilishning kuchayishi – agar oldinlari ayol ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo‘lsa, homiladorlikda hidlarga sezuvchanligi ortadi.
  • Qo‘zg‘aluvchanlik va kayfiyatning o‘zgarishi – ko‘pchilik ayollar jaxldor va kayfiyati tez tez o‘zgarib turuvchi bo‘lib qolishadi.
  • Implantatsion qon kelish – urug‘langan tuxum hujayraning bachadon shilliq qavatiga birikish paytida ayol qinidan qon aralash suyuqlik kelishi kuzatiladi.
  • Tana vaznining o‘zgarishi – ayol organizmi homilani ozuqa bilan ta’minlab berishi uchun tana vazni ortishi kuzatiladi.
  • O‘tirgan vaqtda noqulaylik – chanoq bo‘shlig‘iga qon kelishi ko‘payganligi sababli bo‘ladi.
  • Yuz, qo‘l va oyoqlarning shishi – homiladorlikda organizm ko‘proq suyuqlik ushlab qolishga harakat qiladi. Su sababdan ham yuz, qo‘l, oyoqlarda turli darajadagi shishlar kuzatiladi.
  • Yuzdagi har xil toshmalar – ayol oldinlari terisi bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan bo‘lsada, homiladorlikda yuzda husnbuzarlar (ugri) toshadi. Bu gormonal disbalans bilan tushuntiriladi.
  • Qorin dam bo‘lishi – gormonlarning ichakka yumshatuvchi ta’siri natijasida ichaklarda meteorism kuzatiladi.
  • Ko‘krak sohasida venoz qon tomirlar surati kuchayishi – homiladorlik boshlangandan so‘ng organizm uni oziqlantirish uchun ham tayyorlanib boradi, vezon qon tomirlar surati laktatsiya jarayoni boshlanayotganligidan dalolatdir. Ko‘krak so‘rg‘ichi rangi ham to‘qlashadi.
  • Yuz terisining rangi qizarishi – gormonlarning kapillyarlarga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadigan bo‘lib qoladi.
  • Qorinning oq chizig‘ida pigmentatsiyaning buzilishi – homilador ayollar uchun xarakterli bo‘lgan simptom kindikdan qov simfizigacha hosil bo‘lgan “yo‘lakcha” paydo bo‘ladi.
  • Immunitetning susayishi – homiladorlik paytida immun sistema sustlashganligi sababli ayol organizmi oddiy O‘RVI va shamollashlarga duchor bo‘lishi oson bo‘lib qoladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bahoriy niqoblar

Ovulyatsiyadan keyin ayol homilador bo‘lishi mumkinmi?

Ha. Ovulyatsiyadan keyin ya’ni tuxum hujayralar chiqib ketgandan keyin 2 kun o‘tib homilador bo‘lish mumkin.

Emizikli vaqtdagi homiladorlik

Yosh ayol yangi tug‘ilgan chaqaloqni emizikli davrida bo‘lsa, u quyidagi o‘zgarishlarni sezsa homiladorlik boshlangan bo‘ladi:

  • Sut tarkibining o‘zgarishi. Gormonlar ta’siri ostida ona suti tarkibi o‘zgarib bola sutni emmay qo‘yadi.
  • Sut bezlarida sut kelishining kamayishi.
  • Emizayotgan paytdagi noqulayliklar. Gormonlar ta’siri ostida sut bezlari qattiqlashadi, so‘rg‘ichlar qo‘pollashadi va kattalashadi.

Qaysi holatlarda yuqoridagi simptomlar homiladorlik belgilari bo‘la olmaydi?

Shuni esdan chiqarmaslik kerak, agar ayolda surunkali kasalliklar bo‘lsa, simptomlarni aniqlashda faqatgina tibbiy ko‘rik yordam bera oladi.

Qaysi holatlarda homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘ladi?

  • Kuchli og‘riq hissini sezish. O‘ng yoki chap qovurg‘a osti sohalarida vaqti vaqti bilan kuchli takrorlanib turuvchi og‘riq sezilsa homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘ladi.
  • Takrorlanib turuvchi qindan og‘riq bilan keluvchi qonli suyuqliklar.
  • Homiladorlikning belgilarining o‘z vaqtida paydo bo‘lmasligi.

Ushbu alomatlar quyidagi asoratlarning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin:

  • Ektopik (bachadondan tashqari homiladorlik) homiladorlik;
  • Spontan abort (homila tushishi);
  • Homila rivojlanishining kechikishi.

Homiladorlikning birinchi kunlarda nima bo‘ladi?

Ayol jinsi hujayralarining urug‘lantirilishi, uning bo‘linishi va embrionga aylanishi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tuxum, bachadon naychasidan bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chib o‘tadi, u yerda shilliq qavatiga “joylashib” oladi. Ushbu davrda homiladorlik belgilari sezilmasligi mumkin.

Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida diagnostikasi

Zamonaviy, ixtisoslashtirilgan diagnostika usullari homiladorlikning 5 kunidan homiladorlik belgilari aniqlash imkonini beradi. Homiladorlikning 3 kunlik belgilarini deyarli aniqlash imkonsizdir.

Homiladorlik testi

Test homiladorlikning ilk davrlarida har doim ham aniqlab bera olmaydi. Chunki XGT (xorionik gonadotropin) gormoni 14-kundan boshlab ko‘payadi.

Ginekologik tekshiruvda homiladorlik belgilari

Ginekologik tekshiruvlar natijasida, mutaxassis homiladorlik davrida yuzaga keladigan belgilarni aniqlashi mumkin.

  • Bachadon hajmining kattalashishi va konsistensiyasi o‘zgarishi.
  • Tashqi jinsiy a’zolarning rangi o‘zgarishi.
  • Bachadon harakatchanligi oshishi.
  • Bachadonning siljishi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homilador ayollarda qandli diabet ( 1-qism)

UTT (UZI) – ultratovush tekshiruv

homiladorlikni aniqlash
Foto: www.hochudetey.ru

Homiladorlik belgilarini aniq ko‘rsatib beruvchi tekshiruv usulidir. Ultratovush tekshiruv (UTT) homiladorlikning 3-haftasidan boshlab aniqlab beradi. Tekshiruv abdominal yoki transvaginal datchiklar yordamida o‘tkaziladi. UTT dan tashqari, hayz davrining 20-kunida homiladorlikning belgilari ekspress usullar yordamida aniqlash ham mumkin.

Homiladorlik paytida hayz ko‘rish mumkinmi?

Tibbiyotda “rangli homiladorlik” degan atama mavjud. Bunda tuxum hujayra urug‘langandan keyin 3-4 oy davomida ham ayol hayz ko‘rib turadi. Faqat qindan kelayotgan hayz suyuqligi kam miqdorda, lekin og‘riqlari nisbatan kuchliroq bo‘ladi.

Homiladorlik belgilari paydo bo‘lsa ayol nima qilishi kerak?

Agar ayol jinsiy munosabatdan keyin homiladorlik belgilarini o‘zida sezsa, darhol ginekolog huzuriga borishi kerak. Homiladorlik tasdiqlansa va bo‘lajak ona homilani saqlab qolmoqchi bo‘lsa, uni mahalliy shifoxonaga ro‘yxatga qo‘yish kerak. Bolani dunyoga keltirish juda katta ma’suliyatdir, ayol har qanday zararli odatlardan vos kechishi, ovqat ratsionini foydali mahsulotlar bilan to‘ldirishi zarur.

Mavzuga aloqador foydali maqola: Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar

© Ilona Ganshina, ginekolog.
 Mama66.ru
Maqola 01.04.2018 sanasida yangilandi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

120 ta izoh

      1. men xali kizbolaman lekin kop boshanishlar okibatida boshim tinme ogridi i aylanadi ovkatlarga koynim aynidi bu xam xomiladorlikmi bir inson aytgandi kop boshansa ozini urugi oziga tushib xomilador boladi deb shu rostmi?

        1. Erkak spermatozoidi ayol tuxum hujayrasi bilan qo’shilmaguncha hech qanday homila paydo bo’lmaydi. O’z-o’zidan urug’lanish degan ma’lumot juda xato!

    1. Asalom meni savolim bor edi men turmuw qurganimga 4 yil bulyab xozirda bir nafar farzandim bor farzandim 3 yow xayz kurmay quyganman garmonlar bn davolandim ikki yildan buyon xayz kurmayabman qiz bola paytim xam bir yilda 1 2 xayz kurardim nima qilsam xayz kurib xomlodor buliwim mumkun yordam bereng iltimos oldindan raxmat

  1. Man 19 yoshdaman negadir oy kõriwim kechikyapti õtgan oyda 8 sanada bõlgandim bu oyda esa xali bõlmadim axir oyni oxir kelayapti nima qilsam böladi bu nima degani xomlador emasmanfarzandimham yoq erim chet elda

  2. Assalomu aleykum mani ismim Aliya 18 yoshdaman õtgan oy oyni bowida xayz kõrgandim bu oyda esa xali kõrmadim turmushga chiqmaganman negadir bowim aylanib kõnglim ayniyapti hechnarsa yoqmayapti shu kungacha xali oy qoldirmagandim bowim aylanishi ogrishi aval xam bõlgan kõnglim aynishi xam lekin oy qoldirmasdim oy kunimdan 20 kun õtdi bu kassalikmi nima qilsam bõladi hechkim bn qõsgilmasadan turib xomlador bõlish mumkinmi juda qõrqiyapman iltimos tezroq javob beringlar

    1. Birov bilan aloqaga kirishmasdan hech qanday homila paydo bo’lishi mumkin emas. Havotirlanmang. Ginekolog qabuliga borib tekshiruvdan o’tsangiz. Hayz sikli o’zgarishlariga nima sabab bo’lganini aniqlab, tegishli tavsiyalar berishadi.

  3. Man turmushga cqamanman 1 yildan oshdi licheniya, hama narsa bn davolanb kördim lekin bola bomayapti shu oy organzimimda qanaqadir özgarishla böldi malochnitsa böldim ayolarda böp turarkan buni ikiqatlini belgisi diyishdi.hayz körshim oyi oxiridi ln oz miqdorda qon aralashgan videleniya kevoti shunga chumayaman jovob berila iltimos yo doxtrga kornishimi kerekmi?

  4. Asslomu aleykum turmuw qurganimga 5yil boldi haligacha bolam yoq 2yil oldin kista bor ekan apiratsiya qilib olib tawlawdi va o’shanda turbada 5haftalik homila turbada rivojlanmay qolgan ekan va turbaga ham qin tekgan ekan 1 yil o’tib ringen qildirdim tubani og’zi ozgina joyi yopiq deyiwdi keyin 5kun lichenya oldim oxirgi hayz korgan kunim 18 sentyabrda 14 oktiyabrgacha o’zbekistonda edim 14 10 2017 erimni oldiga keldimhozirgi kungacha hayz kormayapman lekin homilador emasman 2marta test qildim homila yoqligini korsatdi musofirlikda nima qiliwni ham bilmay turibman iloji bolsa maslahatingizni muwtoqlik bn kutaman iloji boricha tezroq oldindan raxmat

  5. Laylo siz bitta turubani oldirgan ekansiz 2 yil bolibdi aperatsiyadan song 6 oydan song homiladorlik ruxsat etilgan nega homilador bolmagandi yoki 2yil saqlandiyizmi yo hojayingiz chet eldan kelmaganlarmi meni qiziqanim men ham chap turubamni kista sab oldirganman 1 yil boldi 6 oydan song hojayinmni yoniga keldim mana 6 oy boldi homila bolganim yoq doktirga boraverib dori ichaverib bezib ketdim qiziqan savolimga javob qoldirin iltimos doktirga borsangiz not malar der edi

  6. Menda qorinda va qovuqda og‘riqlar bor. Belim ham ogridi . Uzi tekshiruvidan o‘tdim lekin homiladorlikni aniq aytolmadi. Oxirgi hayz 19 noyabr. 5yanvar kuni tekshiruvda o‘tdim. Hayz kechikiyapti

  7. Foydali va batafsil ma’lumotlar berilibdi katta rahmat. Hammasi tushunarli ekan.

  8. Assalomu alaykum Mening yoshim 25da ismim Bonu menda xayz kelishida 9 kun zaderjka buldi keyin test quysam 2chi palasasi slaviy kurindi keyin10chi kuni 1kun ozroq qon keldi uziga borsam uzida xomila yuq dedi qonda esa 1xaftalik degan javob xozirda men uzbekikistonda emasman bugun yana qon topwirishni aytgan doktr nima qilishni bilmayapman

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Close