ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya

ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya” nomli loyihamiz haqida eshitmaganlar oramizda kamchilikni tashkil qilsa kerak, albatta. Avitsenna.uz sayti ma’muriyati hamda bir qator tibbiyot sohasi vakillari bilan hamkorlikda tashkillashtirgan yangi loyihamizni “ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya”, deya nomladik. Bu loyiha ATF.UZ  web-sayti va o‘zbekistonliklarni keng jalb qilgan ijtimoiy tarmoqlardan biri Facebook.com da shu nom ostidagi guruh shaklida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi kunda guruh a’zolari soni 3500 kishidan oshiqni tashkil qilmoqda.

Dnk.uz – onlayn tibbiy konsultatsiya
ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya

ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya” orqali siz o‘zingizni qiziqtirgan tibbiyotga, salomatligingizga oid  savollarga malakali shifokorlardan, xalq tabiblaridan, tibbiyot oliygohlari talabalaridan tavsiyaviy javoblarni tezkorlik bilan olishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz tibbiyot sohasi vakillaridan turli sohadagi malakali shifokorlar, yaxshi shifoxonalar, klinikalar haqida ham ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

“ATF.UZ – Onlayn tibbiy konsultatsiya” guruhiga USHBU manzil orqali yoki bevosita ATF.UZ havolasi orqali o‘tishingiz mumkin. Va guruhda istalgan vaqtda savollaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Savollarga yaqin vaqtlar ichida mutahassislardan javob olishingiz mumkin.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

3 ta izoh

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button