Test natijalari e’lon qilindi!

2017-2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalarini bilish uchun results2017.dtm.uz sayti ishga tushirildi.

Sayt xizmatidan foydalanish juda qulay bo‘lib, unga kirgach, javoblar varaqasi raqami hamda ko‘rsatilgan kodni belgilangan qatorga yozish kifoya qiladi. Sayt xizmatidan foydalanish ham bepul qilingan.

«Kun.uz»ning ishonchli manbalari ma’lum qilishicha, ayni vaqtga kelib test sinovi natijalarini hisoblash yakunlangan. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda yetkazib berilgan.

Avvalroq test sinovi natijalari 15 avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Diqqat!
Imtihon natijalari e’lon qilindi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button