Yuz parvarishi uchun

Kishining ko‘rinishi go‘zal, ko‘rkam bo‘lishida yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi, silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq, tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini parvarish qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, teri­ning qandayligini bilib olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab (aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor berish kerak?Yuz terisini parvarish qilish deganda, terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta’sirlardan himoya qilish tushuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarni terining anatomik tuzilishini, jumladan teri yo‘llarini hisobga olib, ularni to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy natija beradi.

Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi: iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda — og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o‘rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko‘z atrofida — ko‘zning ichki burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh yo‘nalishida ketgan bo‘ladi. Burunda teri chiziqlari burun qansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho‘zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziq­lari yo‘nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab barmoqlarning ichki yuziga surish, so‘ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va barmoq­larning tegib o‘tishi to‘g‘ri hisoblanadi, o‘zingizga ham yoqimli bo‘ladi. Bu vaqtda panjalar juda bush tushishi kerak. Ko‘z atrofidagi teriga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o‘rta chiziqsan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi.

Normal teri yetarlicha nam va yog‘ ajratib turadi, toza, silliq, tiniq bo‘ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog‘ bezlarining yo‘llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuq-talar va ajinlar deyarli bo‘lmaydi.

Normal terini parvarish qilish. Normal teri quruq va yog‘li terilarga o‘xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo‘yoqlaridan tozalash, quyosh nuri-ning o‘tkir va uzoq vaqt ta’sir qilishidan saqlanish, shuningdek tarkibida yuqori darajadagi spirtli bo‘lgan suvlardan foydalanganda ehtiyot bo‘lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig‘i bilan o‘simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig‘i aralashma-sidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parva­rish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta’sirlarga chidam-liligini oshiradi. Normal terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1—2 marta sovunlab yuvish mumkin. «Kattiq» suvni ichimlik soda yoki tana-kor (bura) qo‘shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvgan ma’qul. Suvni «yumshatish»ning ilojy bo‘lmasa, yuzni yuvib bo‘lgach unga namligidayoq yupqa qilib yumshatuvchi krem surish, keyin mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so‘ngra salgina upa qo‘yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta’sirlardan saqlaydi.

Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigiyenik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin:

  1. Ukrop suvi — 30 g, glitserin — 5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi — 35 g.
  2. Odekolon yoki spirt — 30 g, gletserin — 5g, osh sirkasi — 10 g, suv — 35 g.
  3. Tanakor (bura) — 1,5 g, glitserin — 5,5 g, odekolon yoki spirt — 30 g, suv — 63 g.
  4. Achchiqtosh — 2 g, glitserin — 5 g, suv — 100 g.

Yuzni yuvish o‘rniga bodring damlamasi yoki limon suviga paxta ho‘llab artish ham mumkin. Bodring damlamasini tayyor­lash uchun barra bodring olinib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. So‘ng qirilgan bodring ustiga baravar miqdorda spirt yoki odekolon quyilib, ikki hafta sakdanadi. Shundan so‘ng uni ezib suzgichdan o‘tkaziladi. Damlama ishlatish oldidan baravar miqdorda suv qo‘shib suyultiriladi, so‘ngra 100 g damlamaga 5 g glitserin qo‘shiladi. Limon suvini tayyorlash ham oson: yarimta limonning suvi siqib olinib suziladida, bir choyqoshiq glitserin va 50 g suv qo‘shiladi.

Yog‘li teri moylangandek yaltirab turadi (yog‘ ko‘p ajralib chiqa-di), dag‘al bo‘ladi, ba’zan kir ko‘rinadi. Yog‘ bezlari yo‘llarining kengashidan yog‘ chiqadigan teshiklar juda bilinib turadi, ularni ko‘pincha qora nuqtalar berkitib qo‘yadi. Yog‘li teriga ba’zan yallig‘langan yirik husnbuzarlar toshadi.

Yog‘li terini parvarish qilish. Yog‘li teri ham alohida parvarishni talab qiladi. Terining yog‘ bosishi yog‘ bezlarining zo‘r berib ishlashi natijasidir. Uning yog‘li bo‘lishiga nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati-ning buzilishi, me’da-ichaklarning surunkali kasalligi, modda almashinuvining buzilishi ham sababchidir. Shuning uchun bun­day kishilar me’da-ichak trakti (hazm qilish a’zolari)ning faoliyatiga befarq qaramasliklari, sog‘lom va oqilona tarzda turmush kechirishlari, ochiq havoda imkoni boricha ko‘proq bo‘lishlari kerak. Yog‘li terini yaxshilab tozalash, lekin yuzni issiq suvga kamroq yuvish lozim, chunki issiq suv yog‘ bezlari­ning faoliyatini kuchaytiradi. Yuzni issiq suvga haftada bir marta yuvish, so‘ng ketidan 2—3 marta sovuq suv bilan chayish lozim. Qolgan kunlari yuzni erta­lab sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi; sovuq suv teri to‘qimalari-ning yashash qobiliyatini oshiradi, terini chiniqtiradi, yog‘ chi­qadigan teshiklarni toraytirib, yog‘ chiqishini kamaytiradi. Kech­qurun yog‘li terini maxsus losonlar bilan paxtada artib tozalash tavsiya etiladi. Yuz terisi yog‘li bo‘lishi bilan birga pust ham tashlasa, sovuq suvga yuvishdan oldin bunday terini o‘simlik moyi, qatiq (kefir) yoki maxsus suyuq krem bilan artish kerak.

Yuz terisini juda mayda qilib tuyilgan osh tuzi bilan tozalasa ham bo‘ladi; buning uchun ho‘l paxtani sovunlash va ustiga tuz sepish, keyin yuz terisining yog‘li joylarini shu paxta bilan (ortiqcha bosmay, doiraviy harakat qildirib, teri chiziqlari yo‘nalishida) so­vunlash kerak, sovunli sho‘r ko‘pikni o‘zi quriguncha yuzda qoldirish, so‘ngra sovuqsuv bilan yuvib tashlash lozim. Sovunlab yuvgach yuz teri-si qurishadigan kishilar yuziga namligidayoq yupqa qilib maxsus krem surishlari zarur. Terining quruq joylariga esa quruq teri uchun chiqarilgan kremdan surish kerak.

Yog‘ bezlarining yog‘ chiqadigan teshiklari juda bilinib turadigan, yog‘li kishilarga oqsildan, mevalardan, sabzavotlardan va xususan badyagadan niqob tortish foydali. Yuz terisi yog‘li bo‘lgan kishilarga ichini yurishtirib turish, ko‘proq ho‘l meva, sabzavotlar yeyish, sut-qatiq ichish, o‘tkir ziravorli taomlardan voz kechish, ovqatga qo‘y va mol yog‘i o‘rniga ko‘proq o‘simlik yog‘i ishlatish, shirinliklar (xususan shokolad, asal va shirin nonlar)ni kamroq iste’mol qilish, shu bilan bir vaqtda dorixonalarda sotiladigan polivitaminlardan (B1, B2, C, PP) yeb turish, badan tarbiya va gimnastika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Kuruts teri yoshlarda ham, o‘rtacha yoshdagi va yoshi ulg‘aygan kishilarda ham uchraydi. Yoshlarda va o‘rtacha yoshdagi kishilarda yuz terisining quruq bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday teri nozik, yupqa, tiniq bo‘ladi, yog‘ chiqib turadigan teshiklar bilinmaydi, lekin picha sezilarli ajinlar (yoshlarda ham) bo‘lishi mumkin. Maxsus parvarish qilinmasa bunday teri ba’zan pust tashlaydi, unga issiq va sovuq, sovun, turli moy (maz)lar hamda ba’zi bir yumshatuvchi kremlar darhol ta’sir qiladi. Yosh ulg‘aygach, teridagi yog‘ va nam miqdori kamayishi natijasida normal, hatto yog‘li teri ham quruq bo‘lib qoladi.

Quruq terini parvarish qilish. Yog‘ bezlaridan yog‘ doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu kishining yoshiga, turmushi va mehnat sharoitiga, yeydigan ovqatiga, vitaminlar kamligiga, nerv sistemasining, ichki sekretsiya bezlarining, me’da-ichak sistemasining faoliyatiga bog‘liq. Yeg‘ yetarlicha chiqmasa teri qurishib qoladi. Shamol ta’siridan, haroratning keskin o‘zgarishidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq terisini parvarish qilishda uning quruqligi nimadanligini hisobga olish lozim. Yuzining terisi bolaligidanoq quruq bo‘lgan kishilar krem surib yuzining terisini yog‘ bilan qo‘shimcha ta’minlamoqlari lo­zim. Organizm qariyotganligi sababli qurishayotgan terini qo‘shimcha ravishda yog‘ bilangina emas, balki nam bilan ham ta’minlab turish kerak. Shu sababli quruq terini tozalashning muhim ahami-yati bor. Quruq terili kishilar ertalab yuzini sovuq suvga (sovunsiz) yuvishdan 3—5 minut oldin qatiq, o‘simlik moyi yoki suyuq krem surib yuz terisini yumshatishlari, yuvinganlaridan keyin esa nam teriga yog‘li kremlardan birontasini surishlari lozim. Kremdan keyin yuz ga quruq teri uchun chiqarilgan upa salgina qo‘yilgani ma’qul. Kechqurun quruq terini pardoz-andoz suvi bilan yoki suyuq kremlar yoxud o‘simlik moyi bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yezda yuzni bodring losoni bilan artish kerak. Ba’zi birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni barvaqt burishtirib qo‘yadi deyishadi. Krem mo‘l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin. Yoshi ulg‘ayganligi sababli terisi qurishayotgan kishilarga yumshatuvchi yog‘li kremni «nam usul»da surishni tavsiya etamiz. Buning uchun paxtani bir ozgina tuz solingan suvda ho‘llash, suvini salgina siqish va shu paxtaga yog‘li krem qo‘yib bosib-bosib va sekin-asta urib-urib singdirish kerak. Shunda teri ham yog‘lanadi, ham namlanadi. Quruq teriga moy qo‘shilgan tuxum sarig‘idan, moysut, xamirturushdan va meva-sabzavotdan niqob tor­tish foydali.

Murakkab (aralash) teri. Bunday terili kishilar ko‘p uchraydi. Yuzning turli qismlarida terining qanday xilda ekanligini aniqlash va qaysi joyda quruq va yog‘liligiga qarab, unga moye vositalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Masalan, kishilarning burni, peshonasi va iyagi yog‘ning ko‘p ajralib chiqishi sababli ko‘pincha yaltirab turadi, aksincha ularning tevarak-atrofi, jag‘ va lunj terilari quruq bo‘ladi, ba’zan pust tashlaydi, burishadi. Shuning uchun bunday terini parvarish qilishda quruq qismini quruq terini kabi, yog‘li qismini yog‘li terini kabi parvarish qilinadi.

Bo‘shashgan (salqigan) teri. Bunday teri rangeiz, yog‘siz bo‘lib, bo‘shashib, burishib va osilib turadi. Bunday bo‘shashgan teriga quyidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni qaynatilgan suv bilan barobar miqdorda qo‘shiladi. Ertalab yuzni yuvish o‘rniga shu dam-lamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi. Agar tirnoqgul topilmasa, bir stakan suvga bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq uchiga shimdirib yuz va bo‘yinga surish kerak. Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim. Agar teri yupqa, ya’ni nozik bo‘lsa tuz o‘rnida yarim choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo‘shib yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni quyidagi suyuqliklar bilan artish ham mumkin:

  • Tanakor eritmasi — 10 g;
  • suv — 70 g;
  • odekolon — 30 g.

Tirnoqgul (kalendula) — bir oshqoshiq, suv — 80 g, odeko­lon — 20 g.

Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga yumshatuvchi krem yoki quyidagi moy (maz)lardan biri singdiriladi:

Salitsil kislotasi — 3,3 g, cho‘chqa yog‘i — 45 g, vazelin — 30 g, kamfora yog‘i — 3 g.

Cho‘chqa yog‘i — 30 g, mum — 10 g, o‘simlik moyi — 20 g, natriy salitsilat — 3 g.

Yuz terisi bo‘shashgan taqdirda qishda limondan, yezda esa bodringdan, pomidordan, ho‘l mevalardan niqob tortish yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, gimnastika, badan tarbiya bilan shug‘ullanish, ochiq havoda sayr qilish ham foydali. Bunday kishilar B vitamini yeb turishlari kerak. Bu choralar sezilarli natija bermasa yuz terisini massaj qildirish lozim. Davolash davrida jami 15— 20 marta massaj qilinadi, davolash yiliga ikki marta o‘tkaziladi.

© Uzbaby.uz nashri.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*