Yosharishni istaysizmi

Ayollar mavzusiga maqola yozishga  kelganda, ularning go‘zallikka, doimo yosh ko‘rinishga intilishiga e’tibor qaratmasak yozilgan  maqolaning, faqat sarlavhasi o‘qilardi xolos, shunday emasmi?! Ayollar go‘zalligiga keladigan bo‘lsak, ularning yuzlari, ko‘zi, sochlari, tishu tirnoqlari shu iforni baxsh etib turadi. Ularning yosh ko‘rinishi ham aynan shu a’zolaga bog‘liq. Biz hozir ana shu a’zolaga foydali bo‘lgan mahsulotlar va ularning xususiyati haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Teri uchun:
Zig‘ir yog‘i terini namlantiradi.. U haqiqatdan teridagi qizarishlarni va qat-qat ko‘chishni bartaraf etadi. Chunki zig‘irnig tarkibida Omega-3 yog‘ kislotasi bor. U terining moyini va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Zig‘ir yog‘ini yogurt, turli pishiriqlar uchun tayyorlangan xamir va salatlarga ham qo‘shish mumkin.
Ko‘zlar uchun:  Ismaloq ko‘zni tiniqlashtiradi. Bu mahsulot ko‘zlardagi charchoqni oladi va uni tiniqlashtirib, tabiiy oq rangini qaytaradi. Kun davomida 1 2 stakan ismaloq barglarini iste’mol qilish meyor hisoblanadi.
Yuzlar uchun:  Kivi yuzni silliqlashtiradi. Ishonavering bu sitrus meva aynan yoshlikni saqlab qolish borasida har doim birinchi bo‘lgan. Agar 40 yoshda ham 25 30 yoshli ayollardek ko‘rinishni istasangiz, muntazam kivi iste’mol qilishga odatlaning. Negaki, kivi tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, bo‘lib u qarish jarayonini sekinlarshtiradi. Ya’ni ajnlar tushishi kechikadi.
Tirnoqlar uchun:  Tuxum tirnoqlar mustahkamligini  ta’minlaydi. Chunki uning asosiy qismi biotin moddasidan tuzilgan. Bu element tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Haftasiga bir necha dona tuxum iste’mol qilishning o‘ziyoq tirnoq bilan bog‘liq muammolar barham topadi.
Tishlar uchun: Har kuni 1 donadan olma yeb yursangiz uzoq vaqt tish shifokori qabuliga bormaysiz, chunki mazkur meva tishlarni choy, qahva va turli dog‘lardan tozalaydi.
Sochlar uchun:  Mosh, no‘xat, loviya kabi mahsulotlarni ishlatasizmi?! Endidan, ishlatavering. Chunki bu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda kremniy mavjud. U sochlar sog‘lomligi, jilvakorligi va mustahkamligini ta’minlaydi.
Musafolik uchun: Olimlar yuz terisidagi toshmalarni bartaraf etishga qovoq urug‘ining o‘rni beqiyosligini bot-bot ta’kidlashadi. Olib borilgan tajribalardan ma’lumki, kimning organizmida rux moddasi bo‘lsa, uning yuziga husnbuzar va turli toshmalar toshadi. Shu bois kuniga 1 2 qoshiqdan tozalangan qovoq urug‘i iste’mol qilinsa, bu muammodan xalos bo‘lishi mumkin.
Bir gap aytaymi?!
Siz shundoq ham chiroylisiz!!!

5 комментариев

  1. You’re a one of a kind blogger in this field. Continue the work. It’ll pay off.

  2. I just want to mention I’m very new to weblog and honestly loved this website. Probably I’m planning to bookmark your site . You certainly come with remarkable articles. Kudos for sharing your blog.

  3. Assalomu alekum sizga savolim ismaloq o’simligi haqida. Ismaloq sovuqlikmi yoki issiqlikmi. Uni istemol qiliwda nimalarga etibor beriw kerak. Foydasi homligida koproqmi yoki taomlarga solib istemol qiliwdami. Iltimos wular haqida ma’lumot bersangiz. Javob uchun oldindan katta raxmat

  4. Аноним

    Zig’ir urug’ini sochga qanaqa
    foydali tomonlari bor?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*