2
(3)

Yassi temiratki – surunkali teri kasalligi. Terida, shilliq qavatlarda, asosan lab va og‘iz shilliq qavatlarida tugunchaga o‘xshash toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu kasallikka organizmda moddalar almashinuvi buzilishi, immunitet susayishi, irsiy moyillik sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, og‘iz shilliq qavatidagi jarohatlar, endokrin, hazm tizimi va jigar kasalliklarida ham yassi temiratki rivojlanishi mumkin.

Yassi temiratki

Yassi temiratki

Yassi temiratki allergik toshmalarga o‘xshash, asosan 50 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Teri, shilliq qavatlar va jinsiy a’zolarni zararlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida yassi temiratkining oq, hoshiyali, yarasimon turlari kuzatiladi. Milklarda rivojlangan kasallik oqibatida milklardan ko‘p qon ketishi mumkin.

Og‘izdagi yassi temiratkini davolashda infeksiya va zamburug‘larga qarshi antibiotikli terapiya, vitaminoterapiya va qondagi glyukoza miqdorini ko‘paytirishga asoslangan muolaja muhim ahamiyatga ega.

Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi!