3.7
(13)

Amerikalik kibernetik, neyrofiziolog, psixiatr – Grey Uolter o‘zining «Tirik miya» kitobida xotiraga shunday tushuncha beradi: «Xotira- doimiy yonib turadigan shamdir». Agar yanada qisqa qilib aytiladigan bo‘lsa: «Xotira- bu inson tug‘ilgan paytidan boshlab butun umr davom etadigan jarayon».

Agar odam faol va ko‘p o‘qisa, tafakkur qilsa, oldidagi vazifalarni ijodiy hal qilsa, uning xotirasi nur kabi yorishib miyasining barcha sohalarini yoritadi va barcha kerakli malumotlar miyasiga mustahkam o‘rnashib qoladi. Agar aksi bo‘lsa, odam danagasalik qilsa, o‘qimasa, miyasini tafakkurga undmasa uning xotirasi so‘nadi. «Bir qulog‘idan kirib, ikkinchi qulog‘idan chiqib ketdi» iborasi aynan shunday odamlar haqida.

Xotira

Xotira – bu eslab qolish, esda saqlash, keyinchalik yodga olish va avval idrok etilgan, boshdan o‘tkazilgan yoki bajarilgan narsa va hodisalarni tanib olish bilan bog‘liq o‘tmishdagi tajribalarni aks ettiradi. Xotira ruhiy holatning asosiy va murakkab qismini tashkil etadi. Ma’lumki, odam tug‘ilgan soatidan to so‘nggi nafasigacha doimiy tashqi muhitning ta’sirida bo‘ladi. Kuzatishlardan olingan, o‘qilgan va eshitilgan ma’lumotlar yoki kishi shohid bulgan har hil hodisalar odamning ongida ma’lumot sifatida saqlanib qoladi. Shu saqlanib qolgan ma’lumotlarning hammasi xotira deb ataladi.

Xotira shartli ravishda uch qismga bo‘linadi:

  • Eslab qolish (fiksatsiya).
  • Ularni uzoq muddat ichida saqlash (retensiya) qobiliyati.
  • Qaytadan eslash, yodga olish (reproduksiya).

Xotiraning taassurotlarni yodlab olish, saqlab qolish va ularni zarur vaqtida qaytadan tiklash jarayonlarining hususiyatlari vaqtga bog‘lik, ya’ni ma’lum bir tartibda vaqtga nisbatan ketma-ketlik bilan va mantiq qoidalariga amal etilgan holda kechadi. Xotiraning yana bir boshqa sifati shundan iboratki, inson xayoti uchun zarur bo‘lmagan ma’lumotlar kisqa muddat ichida (ba’zan tez kunda, ba’zan sekin-asta) esdan chiqariladi. Ammo bu ma’lumotlar xotiradan o‘chmagan holda kishilar ongining tubida saqlanib turadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Surunkali prostatit - erkaklar kasalligi

Xotiraga bog‘lik bo‘lgan hamma hususiyatlar bolalar tug‘ilib nutqi rivoj topganidan boshlab to o‘smirlik (12-14 yoshlar) davriga yaxshi rivojlanib boradi. So‘ngra unga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham uning rivoji 22-25 yoshlargacha davom etadi. Odam bu yoshda har tomonlama kamol topadi. 45-50 yoshdan boshlab xotira ruhiy sog‘lom kishilarda ham asta-sekin pasayadi. Shaxsning yolg‘iz o‘ziga xos hususiyatlari uning tarbiyasi va boshqa omillarga qarab,xotirani ko‘ruv, eshituv, xarakat yoki aralash turlarga ajratish mumkin. Keyingi paytlarda xotirani kisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli (dolgosrochniy) turlari ustida ham mulohazalar yuritilayapti. Undan tashqari,xotirani taqlid kilish (mexanik) va mantiqiy (logik) turkumlarga ham bo‘ladilar.

Mexanik(taqlid) turi ko‘prok yosh bolalik davriga to‘gri kelishi kerak. Chunki so‘z va gapning mazmunini tushunmasdan turib bolalar taqlid etish qobiliyatiga asoslanib xotirani rivojlantirishlari mumkin. Bunday alomatlar tug‘ma aqli norasoligi bo‘lgan bemorlarda ham uzoq vaqtgacha kuzatilishi mumkin. Malumotlarni o‘zlashtirish va umuman xotiraning sifatlari ularning qiziqarli bo‘lishiga bog‘lik, mustahkamligi esa mashqqa va qaytadan eslab turishga bog‘lik. Xotiraning sifati odamning tarbiya topayotgan muhitiga, oilaning madaniyati-saviyasiga, odamlarning kayfiyatiga, kasbiga, sog‘ligiga va boshqa omillarga ham bog‘liqdir.

© Neyro.uz nashri.