Xona va ofis uchun eng foydali gullar

Turli maishiy texnika, plastik mebellar, linoleum, panellar, bo‘yoqlar, kir yuvish kukunlari va vositalari xona hamda ofislardagi havoni benzol, fenol, formaldegid, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari va ammiak bilan zaharlaydi. Bugun biz xona va ofislarda ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beruvchi xona gullari bilan tanishamiz.

xona uchun gullar
Xona va ofis uchun eng foydali gullar | Avitsenna.uz

Shefflera (soyabon daraxti)

Chekuvchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonalarda o‘stirish mumkin. Bu o‘simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez “yutib yuboradi”.

Tillarang ssindapsus (tilla epipremnum yoki potos)

Havoni benzoldan tozalaydi. O‘simlikning keng barglari bu moddani katta miqdorda ham “o‘zlashtira” oladi. Potos tez o‘sadi, uni ko‘p sug‘orish ham talab etilmaydi.

Dratsena

Formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik oz miqdorda bo‘lsa ham, laklar, yelim va mebeldan chiqadigan formaldegidni zararsizlantiradi.

Xlorofitum

Havoga chiqariladigan gazlarni yaxshi “o‘zlashtiradi”. Shuning uchun birinchi va ikkinchi qavatda istiqomat qiluvchilar uchun bu gul juda foydali.

Xamedoreya (xonaki palma)

Havoni namlantiradi, plastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi.

Pechak

Havoni tozalash bo‘yicha rekordchi o‘simlik hisoblanadi. U formaldegid, benzol, ammiak kabi zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi.

Benjamin fikusi

Havoni eng yaxshi tozalovchi o‘simliklardan ikkinchi o‘rinda turadi. Pechak singari ko‘pgina zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi va changni oxanrabodek o‘ziga tortib oladi.

Madina Muhammadiyeva.
Qalampir.uz nashri.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close