Xolesterin me’yori

Qondagi xolesterin miqdorining yuqori bo‘lishi sog‘liq uchun juda xavfli ekanligi hammaga ma’lum. Shu bilan birga “foydali” xolesterinlar ham bo‘lar ekanki, ichki organlar  ish faoliyatini ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Asab to‘qimalari, katakchalar(kletki), garmonlar va eng kerakli bo‘lgan  D vitaminlari tarkibida xolesterinlar muhim rol tutadi  hamda oqsillarni bog‘lashda va ko‘chirishda ishtirok etadi. Shuning uchun xolesterindan qutilishga judayam berilib ketish yaramaydi, balki organizmga  zararli xolesterin kelib tushishini cheklab qo‘ysangiz kifoya. Buning uchun ovqatlanish tartibiga rioya qilish, ya’ni organizm foydali  xolesteringa to‘yinishini nazorat qilish kerak.

Foydali mahsulotlar.

  • Foydali xolesterin baliq mahsulotlarida ko‘plab uchraydi. Ko‘proq baliq mahsulotlari iste’mol qiling, chunki u qon quyuqlashishining oldini olib, tiqinlar hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi.
  • Yong‘oqlar – ular juda yog‘li hisblansada, uning tarkibidagi yog‘lar organizm uchun foydali hisoblanadi. Haftada 5 marta 30 gr dan yong‘oq iste’mol qilish talab qilinadi. Kungaboqar, kunjut va zig‘ir ham foydali xolesterin miqdorini oshirishga yaxshi yordam beradi.
  • O‘simlik moylaridan asosan zaytun, soya, zig‘ir moylariga e’tibor qaratsangiz bo‘ladi. Yuqoridagi moylarning foydali xususiyatlarini saqlab qolish uchun ularda mahsulot qovurmaslik, aksincha tayyor mahsulotga qo‘shib ishlatish kerak.
  • Organizmdagi zararli bo‘lgan xolesterinlardan qutilish uchun bir kunda 25-35 gr kletchatkalar iste’mol qilish lozim.  Kletchatkalar asosan har-xil maxsulot kepaklari tarkibida uchraydi. Kepakni och qoringa 2-3 choy qoshiq miqdorida suvga aralashtirib ichish kerak.
  • Tarkibida pektin bo‘lgan olmani ham unutmaslik lozim. U qon tomirlaridagi ortiqcha xolesterinlarni chiqarishga yordam beradi.
  • Hamda, ortiqcha xolesterindan qutilishda sharbatlarning o‘rni juda muhimdir.  Mevalardan apesin, ananas, olma sharbatlari hamda sabzavotlardan lavlagi, sabzi sharbatlari yaxshi samara beradi.
  • Shu bilan birga ko‘k choyni ham ortiqcha xolesterin dushmani deb hisoblasak bo‘ladi. Ko‘k choy qondagi foydali xolesterin miqdorini ko‘tarib,zararli xolesterin ko‘rsatkichini kamaytirishga yordam beradi..

Sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda

Qondagi xolesterin miqdorini meyorida ushlab turish uchun mol va qo‘y yog‘laridan voz kechish hamda sariyog‘, qaymoq, pishloq va sut kabi mahsulotlarni qabul qilishni qisqartirish kerak. Hayvon yog‘laridan farqli o‘laroq tovuq go‘shtini bemalol iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

Jigar, buyrak, miya, kolbasa, vetchina, sosiska kabi mahsulotlarni taomnomangizdan qisqartiring.

Qaynatilgan tuxum yeyishni bir haftada 3 martadan oshirmang. Tuxum sarig‘i tarkibida xolesterin ko‘p bo‘lishi bilan birga ko‘pgina foydali moddalar mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tuxumni taomnomadan butunlay chiqarib tashlamasdan, balki kunlik meyorini 1 ta tuxumdan oshmasligini ta’minlasangiz kifoya.
Go‘shtli va tovuqli qaynatma sho‘rvalarni iste’mol qilishdan oldin uni sovitib yig‘ilib qolgan yog‘larni olib tashlang. Aynan shu yog‘lar qon tomirlariga katta zarar yetkazadi va zararli xolesterin miqdorini oshiradi.
Doimiy qahva qabul qilishdan voz kechish xolesterin miqdorini 17%ga tushirishga yordam berishini olimlar aniqlashgan.

Harakat – bu hayot

Qonda xolesterin miqdori yuqori bo‘lganda jismoniy harakatlar bir necha muammoni hal qilishda yordam beradi.Avvalo qon tomirlari zo‘riqishiga va organizmda zararli xolesterin turib qolishiga sababchi bo‘lgan ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ikkinchidan doimiy mashqlar organizmdan zararli xolestirinni chiqarishga yordam beradi va uchinchidan jismoniy tarbiya foydali xolestirin miqdorining ko‘tarilishiga yordam beradi.

Mavzuga aloqador maqola: Xolesterin haqida nimalar bilasiz?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*