Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni

14-noyabr kuni O‘zbekistonda «Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni» nishonlanadi. Ushbu sana birinchi marta 1991-yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusiga ko‘ra dunyo miqyosida diabet bilan kasallanishlar soni ortishi munosabati bilan o‘tazilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan har yili noyabr oyida qandli diabetga qarshi kurash oyligi o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirdan maqsad – mazkur yo‘nalish bo‘yicha tibbiy profilaktika ishlarini yanada kengaytirish, aholining tibbiy bilim va madaniyatini, qandli diabet kasalligini tashxislash va davolash samaradorligini oshirishdir.
14-noyabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, shuningdek, barcha viloyat endokrinologiya dispanserlarida Ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi. Bunda barcha xohlovchilar qandli diabetga aloqador zarur maslahat va tashxis yordamini olishlari mumkin.
Shuningdek, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 52-oilaviy poliklinikada, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida, Borovskiy va Oxunboboyev nomidagi tibbiyot kollejida skrining kunlari o‘tkaziladi va tadbir doirasida xavf guruhiga kiruvchi aholi markaz mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
19-noyabr kuni “Endokrin kasalliklarning dolzarb masalalari” mavzusida respublika anjumani o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Unda mamlakatimiz yosh olimlari o‘tgan yillar davomida endokrinologiya sohasida o‘zlari olib borgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etishadi.
Mazkur anjuman endokrinolog mutaxassislar, qandli diabetni davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi diabetologlar bilim va malakasini oshirishga, shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
2015-yilning 26-noyabr kuni diabet oyligi tadbiri yakunida markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda qandli diabet va uning oldini olish masalalari hamda o‘tkazilgan tadbir natijalariga bag‘ishlangan press-konferensiya tashkil etiladi.

 

1 ta savol

  1. Savol endakrinologga. Onanizm bn 5yil wug’ullandm. Yowim 17da. Böyim ösiwdan to’xtap qomaydimi. Böy östiriwim un nimalar qilay

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*