3.1
(7)

Bolaning sog‘lom va go‘zal bo‘lib rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Biz hammamiz vitaminlar ko‘katlar, sabzavotlar, mevalar, reza mevalar tarkibida borligini bilamiz. Ammo shunday vitaminlar ham borki, ular hayvonlardan olinadigan yog‘lar tarkibida mavjud bo‘lib, bolalar va kattalar uchun juda zarurdir.

A vitamini — infeksiyalarga qarshi kurash

Ikki xil shaklda bo‘ladi: retinol va karotin.Baliq moyi, pecheniye, tuxum, sut mahsulotlaridan retinolni topish mumkin. Bular organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lari tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari, sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar, reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul.

Karotin ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi. Immunitet vitamini deb ataladi, chunki organizmning infeksiyalarga qdrshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Teri va sochni sog‘lom, go‘zal holatda saqlaydi. Bolaning bo‘yi o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi. A vitamini yetishmaganda teri qurib, xunuklashib qoladi. U qizarib, archilib tusha boshlaydi. Organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish layoqati pasayib ketadi.Retinol etishmasligi oqibatida ko‘zlarning qizarib ketishi va achishishi kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni yozib olishni unutmang, chunki bu vitaminni me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz, qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.

Vitamin B1

Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘’tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Bu vitamin sut, mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti, no‘xat, kartoshka, yurak, jigar va buyrakda ko‘p bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sepkilni yo‘qotish mumkinmi?

Vitamin B2

Vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi. Lab va og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin xamirturush, tuxum sarig‘i, sut, jigar, buyrak, baliq, go‘sht va tovuq go‘shtida ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B3

Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. U barcha turdagi o‘simlik va go‘shtlarda bo‘ladi.

Vitamin B6

Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B9

Hamma ichki organlar, teri va soch to‘kilmasligi uchun zarur. Bu vitamin lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam, tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin E

Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zurur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin C

Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi.

D vitamini — suyaklar mustahkamligi

D vitamini — kalsiyferol, ergosterol va quyosh. Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi. Kalsiyferolga boy ozuqalar tarkibiga baliq moyi, sarda, seld, tunets baliqlari, sut va sutli mahsulotlar kiradi. Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kaltsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishida yordam beradi.A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklariga ham foydasi bor. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi. D vitamini etishmovchiligida raxitning turli ko‘rinishlari, tishlar emirilishi va suyaklarning yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi kuzatiladi.

E vitamini — kislorod demak

E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining koni hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boylari — bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, bargli ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlarda ana shular bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalanilsa, E vitaminiorganizmga yaxshi singadi. Tokoferol organizmda qisqa muddat saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni har kuni iste’mol qilish kerak.Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan asraydi. Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi. Organizm qujayralarining chidamliligini oshiradi.Uning taxchilligi qon xo‘jayralarining buzilishi, kamqonlik, mushak tolalarining bo‘shashishiga olib keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Gerpesning turlari, tashxislash va davolash usullari

K vitamini — foydali bakteriyalar

K vitamini ichaklarda yashaydigan havo bakteriyalarini paydo qilishi mumkin. Bakteriyalarga qarshi dori-darmonlar ishlatish oqibatida foydali bakteriyalar ham kamayib ketsa, K vitamini tavsiya etiladi. K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar — yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari.  Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari, yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. K vitamini qon quyulishini normal holatda saqlaydi.K vitamini taxchilligi oqibatida kuchli ich ketishi mumkin. Bu antibiotiklarni tavakkal qabul qilish. oqibatida kelib chiqadi.