Vitamin PP

Vitaminlar biz uchun, hayot faoliyatimiz uchun kerakli birikmalar ekanligini barchamiz bilamiz, albatta. Afsuski, qaysi vitamin qancha miqdorda kerakligini, uni qaysi mahsulotlardan topish mumkinligini esa ayrimda kichik tibbiy xodimlar ham to‘laligicha bilishmaydi. Hozir sizga PP vitamin yetishmaganda qanday holatlar yuzaga kelishini, uni qaysi mahsulotlardan topish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Xo‘p, agar tanangiz PP vitaminiga ehtiyoj sezsa sizda quyidagi holatlar ham yuzaga kelishi mumkin:

  • Doimiy uyqusirash, uyquga yetganda esa uzoq vaqt uxlay olmay qilynalasish;
  • Tez-tez bosh og‘rishi va aylanishi;
  • Qabziyat holati;
  • Teri quruqlashishi;
  • Odatiy ishlarni bajarganda ham tezda charchash;

Agar yuqorida sanab o‘tilgan ilk belgilarga ahamiyat berilmasa, vitamin yetishmovchiligi ichki a’zolarning normal faoliyatiga ham ta’sir etadi. Chunki, PP vitamin juda ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan,

  • Hazm tizimida – ichak, jigar, oshqozon osti bezining faoliyatini normada ushlab tuadi. Shuningdek, u yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi.
  • Goronal tizim faoliyatida – testosteron, progesteron, esterogen, insulin, tiroksin va boshqa muhim garmonlar sintezi uchun juda zarurdir.
  • Eritrotsit va gemoglobinlar hosil bo‘lishida vitamin muhim ahamiyatga egadir;
  • PP vitamin terining yangi hujayralarining hosil bo‘lishi va qayta tiklanishida qatnashadi;
  • U yog‘lar almashinuviga, organizmda xolestirin miqdorining kamayishiga xizmat qiladi;

Organizmda PP vitamin yetishmaganda eng asosiy alomatlaridan biri pellagra kasalligi yuzaga keladi. Bu ko‘pginaa’zo va to‘qimalarni zararlovchi kompleks kasallikdir. Depressiya, jig‘ildon qaynashi, ishtahasizlik, charchoq, ko‘ngil aynishi shuningdek, terida dermatitlar toshishi holida ham namoyon bo‘lishi mumkin.

Bu vitamin shunchalar zarur ekan, uni qaysi mahsulotda borligi ham sizni qiziqtirgani, tabiiy holat.

Tanishing, PP vitamin quyidagi mahsulotlar tarkibida ko‘proq uchraydi:

  • Qo‘y go‘shti, jigar;
  • Parranda go‘shti;
  • Losos balig‘i;
  • Sut va sut mahsulotlari;
  • Tuxum;
  • Karam;
  • Pomidor;
  • No‘xot, yasmiq;
  • Kartoshka;
  • O‘rik, shaftoli, olxo‘ri;
  • Yeryong‘oq va pistalarda.

PP vitamining kundalik me’yori turli omillarga bog‘liq holatda har xil bo‘ladi. Masalan, bolalarda 6 mg, ayollar uchun 20 mg, erkak va homilador ayollar uchun esa 21-22 mg vitamin me’yor hisoblanadi.

«Doktor Press» gazetasidan.

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*