El sog‘ligi — yurt boyligi

Vitamin dushmanlari antivitaminlar haqida bilasizmi?

Inson hayoti uchun zarur hisoblangan vitaminlarning faolligini tormozlaydigan mahsulotlar – antogonistlar ham mavjud.

Vitaminlarning ham, antivitaminlarning ham kimyoviy strukturasi bir xil tuzilgan. Organizmga tushgandan keyin vitaminlar kofermentlarga aylanib, maxsus oqsillar bilan birikish orqali turli biokimyoviy jarayonlarni boshqaradi.

Antivitaminlar ham shu kabi kofermentlarga ammo «yolg‘on» kofermentlarga aylanadi. Ular haqiqiy kofermentlar o‘rniga almashib olib maxsus oqsillar bilan birikishi mumkin. Bu moddalar almashinuvi jarayonini buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada yolg‘on kofermentlar tomonidan vitaminlarning bloklanishi va biologik faolligini pasayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi.

«Shirin juftlik»

«Vitaminli konflikt» ning eng yorqin na’munasi bu vitamin C (askorbin kislotasi) va uning antagonisti askorbatoksidaza bilan xlorofill hisoblanadi. Bu ikkala modda vitamin C ni oksidlashi kuzatiladi. Bu qanday namoyon bo‘ladi. Masalan, pichoq bilan olmani ikkiga bo‘lsak u bir ozdan so‘ng qorayib qoladi, ya’ni oksidlanib 50% askorbin kislotasini yo‘qotadi. Xuddi shu holat yangi tayyorlangan sabzavot salatlari va meva sharbatlarida ham kuzatiladi. Shuning uchun ularni tayyorlanishi bilanoq iste’mol qilish kerak.

Vitamin B1 (tiamin) – o‘sish va rivojlanish jarayonlarini normal kechishini ta’minlaydi, yurak, asab va hazm tizimlarini faoliyatlarini ushlab turadi. Uning foydali xususiyatlarini tiaminazalar parchalaydi. Bu modda organizmga xom mahsulotlar orqali kiradi. Bular asosan chuchuk suv havzalari va dengiz baliqlarida ko‘p uchraydi. Kamroq tiaminazalar guruch, kartoshka, gilos, choy bargi va ismaloqda mavjud. Bu degani yapon oshxonasi fanatlarida B vitamini defitsitini rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi.

Xom mahsulotlar boshqa ko‘plab antivitaminlarni ham tutadi. Masalan, xom loviya mahsulotlari – vitamin E tas’irini neytrallaydi; dukkaklilar tarkibidagi maxsus oqsil moddasi bo‘lib, vitamin D, kalsiy va fosforni parchalab raxitga olib kelishi mumkin.

Yana bir ko‘p uchraydigan antivitamin bu choy va kofelar tarkibida uchraydigan kofein hisoblanadi. U organizmda B guruhi va C vitaminlarini o‘zlashtirilishiga halaqit beradi. Shuning uchun choyni ovqatlanishdan keyin yarim soat o‘tgach ichish tavsiya etiladi.

Agar sizning ovqat ratsioningizda guruch, loviya va so‘ya mahsulotlari, shampinonlar va yong‘oq, sut va go‘sht mahsulotlari ustun tursa – sizda gipovitaminoz PP (niatsin) rivojlanishiga moyillik bo‘ladi. Sanab o‘tilgan mahsulotlarda antipod leysin aminkislotasi mavjud.

antivitamin

Vitamin A (retinol) yog‘da eruvchi hisoblansada ortiqcha margarin va kulinariya yog‘larida o‘zlashtirilishi qiyinlashadi. Shuning uchun retinolga boy jigar, baliq yoki tuxum iste’mol qilinayotganda kamroq yog‘ ishlatish tavsiya etildi.

Vitaminlarning eng asosiy dushmani bu alkogol va tamaki hisoblanadi. Alkogol ayniqsa vitaminlardan B, C va K ni parchalasa, bir dona sigaret organizmdan C vitaminini kunlik normasini olib chiqib ketadi.

Ham davolaydi, ham jazolaydi

Dori vositalari ham o‘z navbatida antivitaminlar hisoblanadi. Masalan aspirin – organizmdan kaliy, kalsiy, vitamin C va B ni olib chiqib ketsa, antibiotiklar – ichak bo‘shlig‘idagi sog‘lom mikroflorani buzish orqali zamburug‘li infeksiya chaqiradi. Bu degani ichak bakteriyalari tomonidan sintezlanadigan B guruhi vitaminlarini defitsitiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun antibiotiklar qabul qilayotgan paytda ichak mikroflorasini tiklaydigan yogurt va qatiqni ko‘proq iste’mol qilish kerak.

Ayrim antivitaminlardan foydali effektlar olinadi. Masalan vitamin K qon ivishini kuchaytirsa, uning antipodi dikumarin qonni suyultirish xususiyatiga ega. Riboflavinaning antogonisti akrixin va xinin yordamida bezgakni davolashda foydalaniladi.

To‘qnashuvni yo‘qotamiz

Shunday qilib, har bir mahsulotda ham vitaminlar, ham ularning antogonistlari mavjud bo‘ladi. Shuning uchun qaysi moddalarning bir-biri bilan konfliktga borishini bilish va ovqatlanishdagi odatlarimizni korreksiyalash kerak. Jumladan, kofe ishtiyoqmandlariga kalsiy kamayishini tiklash uchun tvorogni ko‘proq iste’mol qilish, xom maxsulotlarni ko‘p iste’mol qiluvchilarga esa – B guruhi vitaminiga boy unli va yog‘li maxsulotlarni o‘z ratsioniga qo‘shish tavsiya etiladi.

Foydali maqola: Tanamizga vitamin yetishmayotganini qanday bilish mumkin?

© Gepamed.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *