El sog‘ligi — yurt boyligi

Velomarafonga marhamat

Siz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimisiz? Unday bo‘lsa, siz, bizga qo‘shiling!

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy sport turlariga keng jalb etish maqsadida «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi havaskor velosportchi yoshlarni navbatdagi VIII an’anaviy «Kamolot-Tur” milliy yoshlar velomarafoniga taklif etadi. Velomarafonda havaskor barcha qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqaning tuman bosqichlari 26-avgustdan 5-sentyabr kuniga qadar, Toshkent shahar bosqichi 10-sentyabr kuni, soat 10:00da «Paxtakor” markaziy o‘yingohida o‘tkaziladi.
[box type=»info» align=»aligncenter» ]Unutmang musobaqada g‘oliblik emas, asosiysi ishtirok etishdir! «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ekologik toza transport tarafdori![/box]
Batafsil ma’lumotlarni Harakatning tuman Kengashlari, 232-19-11 telefon raqami yoki www.kamolot.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.