Varikoz kasalligi va uni davolash usullari

Vena tomirining ushbu kasalligi – butun dunyoda keng tarqalgan patologik holar hisoblanadi. Ushbu fakt vena tizimini o‘rganish, tashxis qilish va davolash tibbiyotning yangi sohasi – Flebologiyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Vena tizimi kasalliklari ichida eng keng tarqalgani bu vena tomirlarining Varikoz kengayishidir. Misol uchun tizimning boshqa kasalliklari: orqa chiqaruv venasi kengayishi (gemorroy-bavosil), qizilo‘ngach, urug‘don kanali venasi (Varikotselle) kabilar bo‘lishi mumkin.

Biroq eng keng tarqalgani va eng oddiy belgilari bilan ham bilish mumkin bo‘lgani bu Varikoz kengayishi ekan.

Rivojlanishi: tomirlarning ojizligi va tomir to‘siqlarining disfunksiyasi, venoz qopqoqlarining yetishmovchiligi, tomirlar bo‘ylab qon oqimining tezda kamayishi kabilardir.

Varikoz kasalligining sabablari

Kasallikning sabablari gipodinamika (kam harakatlilik), ish faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar- uzoq vaqt tik holatda ishlovchilar: sartarosh-stilistlar, styuardessalar, ofitsiantlar, dorixona xodimlari (farmatsevtlar) va uzoq vaqt bir joyda o‘tirib ishlovchilar. Bundan tashqari, noto‘g‘ri ovqatlanish, meva – sabzavotlarni kam iste’mol qilish va boshqalar.

Kasallikning rivojlanishiga yana chekish, ortiqcha semirish, homiladorlik va irsiy omillar sabab bo‘ladi. Varikozning boshlang‘ich davrlarida kasallik simptomlari deyarli sezilmaydi. Oyoqlarda og‘irlik, charchoq, yonish hissi va «qaynab chiqish»ga o‘xshagan shishlar kuzatiladi. Kechqurun to‘piqda shish paydo bo‘lib ertalab yo‘qolib qolishi kabi holatlar ham b’ladi. Varikoz kasalligi haqida birinchi jiddiy «signal» – o‘rgimchak iniga o‘xshash tomirlarning ko‘karib, shishishi ekan.

Varikoz kasalligi tekshiruvi bemor oyoqlarini palpatsiya (barmoq bilan bosib ko‘rish)ga asoslangan; Bundan tashqari, maxsus tadqiqotlar o‘tkaziladi:

  • Funksional sinama (proba);
  • Venalarni dupleks ultratovush skaner qilish;
  • Dopplerografiya;
  • Flebografiya

Varikoz kasalligini davolash

Varikoz kasalligi medikamentoz (dori vositalari bilan) yoki jarrohlik usuli bilan davolanadi.

Medikamentoz usullarda davolash asosan, vena qopqoqlari ishini rag‘batlantiruvchi, tomirlar devorlarini oziqlantiruvchi hamda tomirlardagi quyqa (tromb)larni erituvchi dorilar beriladi. Bularga Detraleks, Troksivazin, Lioton Gel hamda yallig‘lanishga qarshi surtmalar tavsiya qilinishi mumkin. Kasallikning oxirgi bosqichlarida qon quyuqlashishiga qarshi (antikoagulyantlar) preparatlar tromblarning so‘rilishi va profililaktikasi uchun talab qilinadi.

Jarrohlik usuli: Operatsiyalar varikozning juda kengayishida, terining trofik kasalliklarida, o‘tkir tromboflebitda buyuriladi. Jarayon lazer nurlari bilan amalga oshiriladi. Bu nisbatan xavfsiz, tezkor va og‘riqsiz usuldir. Biroq, biz Varikoz hatto jarrohlikdan keyin ham qaytalanishi mumkinligi inobatga olishimiz kerak!

Shu sababli be’morga qat’iy tartibda ortiqcha yuk va mehnatni cheklab, profilaktik choqalarga amal qilish shart!

Salomatlik eng kata boylik!.. Salomat bo‘ling!..

TheWeek.uz nashri.