Uyqudan oldin iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Uxlashdan oldin noto‘g‘ri ovqatlanish nafaqat semirishga, surunkali ravishda to‘yib uxlamaslikka sabab bo‘ladi, balki, oshqozoningizga jiddiy zarar etkazishi ham mumkin.

Afsuski, deyarli har birimiz kislotali reflyuks — hazm qilish shirasining qizilo‘ngachdan ko‘tarilib, yoqimsiz achitish sezgisini uyg‘otishini bilamiz. Jig‘ildon qaynashini kislotali reflyuks belgisi deb hisoblashadi, doimiy angina, surunkali yo‘tal va yutishning qiyinlashishi shuning oqibati bo‘lishi mumkin.

Shubhasiz, kechki ovqatni tanovul qiladigan paytimiz muhim omil hisoblanadi — shifokorlar so‘nggi ovqatlanishni uxlashdan 3 soat oldinga rejalashtirishni tavsiya etishadi. Ammo uxlash oldidan tamaddi qilib olish odatidan voz kecholmasangiz, quyidagi 6 ta mahsulotni iste’mol qilmaganingiz ma’qul.

1. Gazli ichimliklar

Gazli ichimliklar g‘arbchasiga — «sodali suv» — biroz chalkashlik hosil qilishi mumkin, chunki ba’zilar fikricha, jig‘ildon qaynashini soda bilan davolash kerak. Jig‘ildon qaynashiga moyillik bo‘lsa, bu ichimliklarni ko‘p ichish aslo mumkin emas.

Gazli ichimliklar xuddi ko‘p eb qo‘yish singari oshqozon cho‘zilishiga sabab bo‘libgina qolmay, ularda ko‘p miqdorda bo‘lgan karbonat angidrid gazi oshqozon devorlariga bosim beradi, bu oshqozon shirasi ajralishiningg kuchayishiga, jig‘ildon qaynashi va kislotali reflyuksga olib keladi.

2. Shokolad

Shokolad — tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgan, klapanlarni haddan tashqari bo‘shashtirib, yoqimsiz achish hissini uyg‘otuvchi mahsulotlardan biri. Bundan tashqari, shokolad kaloriyasi ko‘p mahsulot bo‘lib, qomatini saqlashni istaganlarga tavsiya etilmaydi. Kechqurun shokolad emaslik kerakligining yana bir sababi — undagi teobromin bo‘lib, u tabiiy qo‘zg‘atuvchi sanaladi. Achchiq shokolad bo‘lagini sizga diqqatni jamlash va e’tiborlilik talab etiladigan paytga olib qo‘ygan ma’qul.

3. Pishloq

Kechki payt sovutkichni ochib, tamaddi qilishni boshlaganda bu yog‘li mahsulotni ham iste’mol qilmagan ma’qul. Ayniqsa, jig‘ildon qaynashi va refleyuksga moyil odamlar pishloqning feta va mosarella singari yumshoq turlarini iste’mol qilmagani, parmezan singari qattiq pishloqlarni egani yaxshi.

Sut jig‘ildon qaynashini bartaraf qiladi degan noto‘g‘ri fikrni ham esga olishimiz kerak. Aslida, sut bu yoqimsiz holatdan qutqarmaydigina emas, balki, uni kuchaytiradi ham. Sutdagi ishqor ma’lum vaqtga kislotani neytrallashtiradi, sut irib qoladi, jig‘ildon qaynashi bir necha soniyaga to‘xtaydi. Biroq keyin sut oqsili kislota ajralishini yanada kuchaytiradi.

4. Yong‘oq

Sog‘lom ovqatlanish haqida gap ketganda, ko‘pincha yong‘oq yurak-tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bizni zararli xolesterindan xalos etadigan foydali yog‘larga to‘laligi haqida ko‘p eshitamiz. Bu gaplarning hammasi to‘g‘ri, biroq yong‘oq aynan o‘sha yog‘lari uchun uxlashga yotish oldidan eyish maqbul bo‘lgan mahsulot emas. Bu vazn ortishi va kislotali reflyuks hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Agar «zararlilik» darajasiga qarab baho berilsa, zararliroqlariga eryong‘oq, yong‘oqni qo‘shish mumkin. Tuzlanmagan xandon pista va bodom esa zararsizroq.

5. Sitrus meva va ko‘k olma

Afsuski, sitrus mevalarning hammasi organik kislotalarga boy, shuning uchun qizilo‘ngachning shilliq qavatiga yoqmaydi. Hazm qilishni kuchaytirib, oshqozon shirasi ajralishini ko‘paytiradi. Bu esa shiraning qizilo‘ngachga tushib, jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Biz uchun eng yomoni — bir stakan apelsin sharbati yoki ko‘k olma, ammo qizil olmani iste’mol qilish mumkin.

6. Qahva

Qahva tabiatiga ko‘ra kislotani ko‘paytiruvchi mahsulot sanaladi, undagi kofein esa oshqozon shirasi ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ladi. Kofein mushaklarni bo‘shashtirib, jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kofeinsiz ichimlik tanlashimiz kerak — u oshqozon shirasi ajralishini u qadar kuchaytirmaydi.

1 ta savol

  1. мансур

    Асалому алайкум.мени жигилдоним кайнайд ичимдан ачик суюклик келадкуп кекираман кекиришимам кийнлашип оогир кекиряпман жуда кийналип кетим хич тузалмаяпти лекин омез ичсам вактинча тохтайд шунга маслахат беринг

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*