El sog‘ligi — yurt boyligi

Uyqu gormoni — melatonin. U biz uchun qanchalik muhim?

Melatonin – to‘liq kechki uyquda ishlab chiqariladigan gormondir. Melatoninning sintezi yorug‘liq darajasiga bog‘liqdir: nur (svet) uning ishlab chiqarilishini kamaytiradi, qorong‘ulik esa – ko‘paytiradi.

Melatonin qayerda va qanday ishlab chiqariladi?

Melatonin asosan epifizda (shishasimon bezda) ishlab chiqariladi. Undan tashqari, uning sintezi qon hujayralarida, buyrakda va oshqozon-ichak traktida ham ishlab chiqariladi. Yorug‘lik yuqori bo‘lsa, uning sintezi kamayadi. Kattalarda bir sutka davomida o‘rtacha 30 mkg melatonin ishlab chiqariladi. Uning qond zardobidagi konsentratsiyasi kechasi kunduzgiga qaraganda 30 barobar yuqoridir. Maksimal konsentratsiyasi esa kechki soat 2 ga to‘g‘ri keladi. Kechki soatlarga melatonin ishlab chiqarilishining 70% to‘g‘ri keladi.

Melatonin nega organizm uchun shunchalik zarur?

Melatoninning asosiy vazifasi – sirkad ritmlarni, uyqu va bedorlik (uxlamay yurish) rejimlarini nazorat qiladi. Lekin, bundan tashqari, yangi tadqiqotlar melatoninning boshqa ko‘pchilik yaxshi xususiyatlarini ochishmoqda. U kuchli antioksidant hisoblanadi, organizmni stressga qarshi turishini ta’minlaydi, qarish va qarish jarayoni bilan bog‘liq kasalliklarni sekinlashtiradi, qon bosimini nazorat qiladi va, hattoki, yomon sifatli o‘smalarni rivojlanishini oldini oladi.

Melatonin yetishmasa nima bo‘ladi?

Laborator hayvonlarda o‘tqazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, melatonin yetishmovchiligida hayvonlar tezroq qarishni boshlashdi: ularda menopauza ertaroq rivojlanar edi, ozod radikallar zararlagan hujayralar to‘planardi, insulinga sezgirlik pasayardi, semizlik va saraton rivojlanardi.

Agar organizmda melatonin kam miqdorda ishlab chiqarilsa, keyingi simptomlar kuzatilishi mumkin:

  • uyqusizlik, uyqu buzilishi;
  • uxlash va bedorlik sikllarining buzilishi;
  • immun tizimni susayishi;
  • gipertenziya va gipotenziya;
  • psixik adaptatsiyaning buzilishi;
  • qo‘rquv-depressiv holatlar.

Agar bu simptomlar doimo bezovta qilsa, sababini bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokor sizga tarkibida melatonin bo‘lgan dorilarni yozib beradi.

Melatoninni qachon qabul qilish mumkin emas?

Ishi yuqori aql konsentratsiyasini talab qiladiganlar dorini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Melatonin dorilari gormonal buzilishlarda, gormonal terapiyada va allergiyasi bor odamlarda xavfli bo‘lishi mumkin. Undan tashqari keyingi kasalliklarda melatoninni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:

Melatonin miqdorini tabiiy yo‘l bilan ko‘paytirish mumkinmi?

Melatonin ko‘pchilik meva va sabzavotlar tarkibida bor – u hujayralarni oksidativ stressda ta’sirida zararlanishidan himoyalaydi. Lekin melatonin miqdorini ovqat hisobidan ko‘paytirish ancha mushkul masala – tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarishlar kam bo‘ladi. Gormonni ishlab chiqarilishini asosiy usuli – kun tartibini normallash. Qorong‘u xonada kunning qorong‘u paytida uxlash – melatonin ishlab chiqarilishining eng yaxshi uslubidir.

© Javlon Abdullayev, shifokor.
Med-info.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.