Uy sharoitida yuzni oqartirish

Yuz terisini quyosh, shamol va sovuq ta’siridan asrash uchun yuzga tuxum oqini surtish lozim. Ushbu muolaja uzog‘i bilan 10 daqiqa davom etadi.

  • Bargizub (zubturum) ham yuzni oqartirish xususiyatiga ega. U yaralarni tez bitishiga yordam beradi. Buning uchun zubturumning yangi chiqqan, yirik barglaridan olib, xuddi o‘sma kabi qo‘lda siqiladi va suvi yuzga surtiladi.
  • Oftob tig‘ida qoraygan yuz terisini iliq sut bilan artish ham ancha foydalidir. Bunda nafaqat teri oziqlanadi, balki yuzingiz a’lo darajada oqaradi. Umuman olganda, sut mahsulotlari – tvorog, suzma, qatiq ham yuz terisini oziqlantirib, taranglashtiradi.
  • Yuzning tiniq bo‘lishi uchun baqlajon suvi bilan artish ham foydalidir. Bundan tashqari, limon suvi kunora surtilsa, yuzni silliq qiladi.

Yuz terisini oqartiruvchi niqoblar:

50 gramm asalga 5 tomchi limon sharbati qo‘shib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan aralashma ertalab yuzga surtiladi va 15 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Ushbu niqob yuzni tabiiy ravishda oqarishini ta’minlaydi.

***

Bir dona limonni siqib, suviga 100 gramm asal qo‘shasiz. Uni muzxonada saqlab, har kuni ertalab yuz yuvishdan oldin 10-30 daqiqa yuzingizga surtib qo‘ysangiz, ajinlar tushishining oldini oladi.

N.Uglamova.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.

Yuzni oqartirishning 3 siri

1-niqob

Kuchli oqartiruvchi ta’sirga ega bu niqobni terining faqat dog‘ bosgan sathlariga surtish tavsiya etiladi.

Tayyorlanishi: 1 choy qoshiqdan sut (yoki sut zardobi), limon sharbati va 3 foizli vodorod peroksidini aralashtirib, yuzning dog‘ bosgan joylariga 2-3 marotaba (har besh daqiqada) surtiladi. Oxirgi qatlam qurigach, 10 daqiqa kutib, niqobni iliq suvda yuvib tashlang va yuz terisiga oziqlantiruvchi krem surting.

2-niqob

Limonli. Yuzdagi sepkil va pigment dog‘larni ketkazish uchun limondan foydalansangiz ham bo‘ladi.

Buning uchun bitta tuxum oqi bir dona limon sharbati bilan ko‘pirtiriladi va ichiga 1 choy qoshiq glitserin hamda yarim stakan odekolon qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan loson har kuni uyquga ketish oldidan yuz terisiga surtiladi.

Yog‘li teri sohibalari diqqatiga!

Agar sepkildan xalos bo‘lishni xohlasangiz, kechqurun yuzingizni sovunlab yuvganingizdan so‘ng sovuq suvda chaying. Sochiq bilan artgach, bir dona limon sharbati va yarim stakan aroq aralashmasidan tayyorlangan losonni yuzingiz terisiga surting. Bu muolaja yuzingizni nafaqat oqartiradi, shuningdek, tozalaydi va silliqlashtiradi.

3-niqob

Husnbuzar, dog‘ va sepkilga qarshi boshpiyozli niqob. Mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyozdan husnbuzar, dog‘ va sepkilga qarshi samarali vosita sifatida foydalanish mumkin.

Yuzdagi dog‘larni ketkazish uchun

Agar yuz teringiz quruq va dog‘ bosgan bo‘lsa, boshpiyozni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, teng miqdorda (yoki sal ko‘proq) suyuq asal qo‘shing. Aralashma yuz terisiga surtiladi, 15-20 daqiqadan so‘ng avval nam, keyin quruq tampon bilan artiladi.

Shuningdek, yog‘li va normal teri sohibalari piyoz sharbatidan sepkil hamda pigment dog‘larni ketkazuvchi vosita sifatida foydalanishlari mumkin. Buning uchun ertalab va kechqurun yuz terisini piyoz sharbatiga namlangan tampon bilan artib, so‘ng qaymoq surtiladi. 10 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvish kerak.

Darvoqe…

Yuzni oqartiruvchi eng asosiy sabzavotlardan biri — bodringni unutibman. Dugonajon, agar yuzingiz sutga chayilgandek oppoq bo‘lishini xohlasangiz, har kuni bir dona bodringni o‘rtasidan ikkiga bo‘lib, sharbatini yuzingiz terisiga surting. Bodringni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, niqob tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

DILSHODA tayyorladi.
«Sug‘diyona» gazetasi.

 

25 комментариев

  1. Salom menga lor kasalliklari to’g’risida chuqurroq malumot bera olasizlarmi.oldindan rahmat

  2. Аноним

    Garmarit kasaliki haqida malumot tabiy yöl bilan davolash xalq tabobat

  3. Аноним

    Салом ёгли юз терисига кандай муолажа килиш мумкин олдиндан рахмат

  4. Шахнигор

    Салом ёгли юз терисига кандай муолажа килиш мумкин олдиндан рахмат

  5. Nega sochim tukiladi yowim 14 da shu xaqida.nima qiliw kerak soch tukilmasin

    • Shahnoza odatda soch doimo yangisi bilan almashib turadi, sizdagi holat balki shu almashish holatidir. Shuning uchun quyidagi tekshiruvni o’zingizda o’tqazing: Sochlaringizning bir tutamini qattiq ushlab, shoshmasdan ohista pastga qaratib siltamasdan torting. Agar shundan so‘ng qo‘lingizda 6-7 dona tola qolsa, soch to‘kilishining boshlang‘ich bosqichi yuz berayotgan bo‘lishi mumkin.
      Agar soch haqiqatan ko’p to’kilayotgan bo’lsa, quyidagi maqoladagi tavsiyalarga amal qiling.
      http://avitsenna.uz/soch-tokililishi/

  6. yuzdagi mayda ugrilarni qanday ketkazadi

  7. Psariaz kasalligi qanday kasallik

  8. Mani yuzim yogli lekin ugriylar deyarli chiqmaydi faqat wu oftobga chiqanimda yuzim qorayib yaltiray bowlaydi. Lekin unaqa qora emasman kochaga chqiwdan aval sovun yordamida oqarib ciqaman.wunga yogli yuzga nima maslahat berasizlar?

  9. Mening yuzim yog’li ugri köp chiqadi, köp kasmetologlarga körindim lekin foydasini bilmayabman nima maslaxat berolesilar?

  10. мени юзим курук куёшда тер кораяман нима килсам болади .олдидан рахмат

  11. yuzdagi ortiqcha tuklarni qanday yo’qotish mumkin.Buni iloji bormi ???

  12. Assalomualekum menni yuzimda shor paydo boldi yuzim quruqshab eti kochyapti ba qichishib achishyapti nima qilib yoqotdam boladi bu nimada

  13. belda grijo bolsa nima qilish kerk doktorlarga bordik foydasi bomayapti oyog’ga beryapti ogriqni

  14. Qanday qilib yuzdagi qora tochkilarni yoqotsa boladi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*