El sog‘ligi — yurt boyligi

Umurtqa bilan muammo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Sog‘lom umurtqa – bu faqat chiroyli qaddi-qomat emas. Keksalar insonning yoshligi va salomatligi umurtqaning egiluvchanligi va sog‘lomligiga bog‘liq deb bekorga ta’kidlamaydilar.

umurtqa

Inson umurtqasi uning qattiq bo‘g‘inlari va gardishlarining cho‘zila olish va qisqara olishlari hisobiga ancha katta og‘irliklarga ham bardosh bera oladi. Lekin o‘z gavdasiga e’tibor bermaslik, o‘tirganda qomatni to‘g‘ri ushlamaslik, kuchi yetmaydigan og‘irliklarni ko‘tarish va ko‘chirish natijasida odamda sog‘liq bilan bog‘liq katta muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Sog‘liq bilan bo‘ladigan bunday yoqimsiz holatlarning oldini olish uchun shifokorlar tomonidan berilgan bir necha tavsiyalarga rioya qilish kerak bo‘ladi.

1-qoida

Qomatingizni to‘g‘ri tuting. Uni to‘g‘ri shakllantirish uchun quyidagi mashqlarni bajaring:
1. Devorga yaqin turing va unga ensangiz, yelkalaringiz, kuraklaringiz, dumbalaringiz, tovonlaringizni tegizing.
2. Buni bir kunda bir necha marta takrorlang.

2-qoida

Stulga yoki boshqa o‘tirg‘ichga o‘tirishda keskin harakatlar qilmang: siz kichik tos va dumg‘aza suyaklariga zarar berishingiz mumkin, bu juda og‘riqli va davolash qiyin. Agar sizning oyoqni chalishtirib o‘tirish odatingiz bor bo‘lsa, uni yo‘qoting: oyoqlarning bunday holati umurtqaning yuqorida aytilgan sohalarida qon aylanishining buzilishiga olib kelishi mumkin.

3-qoida

Agar uzoq vaqt turib qolishga to‘g‘ri kelsa, unda tanangizning og‘irlik markazini bir oyog‘ingizdan ikkinchisiga navbati bilan almashtirib turishga, iloji boricha bir-ikki qadam oldinga va orqaga yurishga va bir necha marta chuqur-chuqur nafas olib va chiqarishga harakat qiling.

4-qoida

Umurtqangizga haddan tashqari og‘irliklarni yuklamang, o‘rtacha og‘irliklarni esa faqat ikki qo‘lingiz bilan ko‘taring. Bunda gavdangizni goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga og‘dirmasdan to‘g‘ri tutishga harakat qiling.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Turnikka tortilish​ afzalliklari

© Men’s Health / Daryo

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.