4.2
(41)

Umumiy qon analizi – laborator diagnostikalari ichida eng ko‘p tarqalgan turi. Hozirgi kunda umumiy qon analizi uchun qon topshirmagan inson bo‘lmasa kerak. Chunki bu tekshiruv kasallik vaqtida emas, shunchaki ishga kirish uchun, bog‘cha, maktab va harbiy xizmatga ketishdan oldin o‘tkaziladi.

Umumiy qon analizi o‘z ichiga: gemoglobin miqdori, leykotsitlar soni va leykotsitar formulani, eritrotsitlar umumiy soni, trombotsitlar soni, eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT) va boshqa ko‘rsatkichlarni oladi.

To‘g‘ri aniqlanga umumiy qon tahlili orqali insonda kechayotgan kasallik belgilari, ichki kasalliklar va qonda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi va davo choralarini tanlashga katta yordam beradi.

umumiy qon tahlili

Umumiy qon analizi nima?

Umumiy qon analizi ichiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:

  • Gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkich;
  • Eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT, rus tilida SOE);
  • Rang ko‘rsatkich;
  • Qonning hujayraviy elementlari miqdori: eritrotsitlar – qizil qon tanachalari, gemoglobin pigementi miqdori, qonga beradi. Oq qon tanachalari – leykotsitlar, ular rangsiz bo‘lganligi sababli shunday nomlanadi va ularning bir necha turlari bor (neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, limfotsitlar, monotsitlar);

Ko‘rinib turibdiki, qonning umumiy analizi organizmdagi qon bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlarni ko‘rsatib beradi. Analizni to‘g‘ri bajarish uchun deyarli hech qanday ko‘rsatmalar yo‘q, shunchaki quyidagilarga amal qilinsa bo‘lgani:

  • Qon analizini tongda o‘tkazgan yaxshiroq. Tekshirilayotgan inson kamida 4 soat ichida ovqatlanmasligi kerak;
  • Qon olish uchun kerak bo‘ladigan jihozlar – skarfikator, paxta, spirt;
  • Qon analizi uchun nomsiz barmoq kapillyarlaridan qon olinadi, ba’zida shifokor ko‘rsatmasiga binoan venadan ham qon olinadi.

Analiz natijalari olingandan keyin uning tahlili o‘tkaziladi. Maxsus gemotologik analizatorlar yordamida qonning 24 ga yaqin ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olsa bo‘ladi. Ular qonni qisqa muddat ichida tekshirib, natijalarni tayyor holda chiqazib beradi.

Umumiy qon tahlili normal ko‘rsatkichlar

Quyida qon analizining normal ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berilgan, ular tekshiruv o‘tkazilgan laboratoriyaga qarab o‘zgarib turishi mumkin.

Tahlillar Ayollar Erkaklar
Gemoglobin 120-140 g/l 130-160 g/l
Gematokrit ko‘rsatkich 34,3-46,6% 34,3-46,6%
Trombotsitlar 180-360 × 10*9 180-360 × 10*9
Eritrotsitlar  3,7-4,7 × 10*12 4-5,1 × 10*12
Leykotsitlar 4-9 × 10*9 4-9 × 10*9

 

ECHT 2-15 mm/soat  1-10 mm/soat
Rang indeksi 0.85-1.15 0.85-1.15
Retikulotsitlar 0,2-1,2% 0,2-1,2%
Trombotsit 0.1-0.5% 0.1-0.5%
Eozinofillar 0-5%  0-5%
Bazofillar 0-1% 0-1%
Limfotsitlar 18-40% 18-40%
Monotsitlar  2-9%  2-9%
Tayoqcha yadroli granulotsitlar (Neytrofillar) 1-6% 1-6%
Segment yadroli granulotsitlar (Neytrofillar) 47-72% 47-72%
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Xolesterin haqida nimalar bilasiz?

Yuqoridagi har bir ko‘rsatkichning o‘z “ma’nosi”ga ega. Ularning tahlilini faqatgina normativ bilan solishtirish kerak, emas umumiy analiz tahlili kompleks ravishda, ya’ni boshqa ko‘rsatkichlarni ham inobatga olib o‘tkaziladi.

Eritrotsitlar

Qonning shaklli elementi. Ular gemoglobin saqlaydi va gemoglobinning miqdori har bir eritrotsitda bir xil miqdorda bo‘ladi. Eritrotsitlar organizmda kislorod va karbonat angidrit gazini tashish vazifasini bajaradi.

Eritrotsitlar miqdori oshishi

  • Vakez kasalligi (eritremiya) – surunkali leykozda;
  • Gipogidratsiya paytida – ya’ni organizmning suvsizlanishida, ko‘p qusish, ich ketishi, kuyishlarda;
  • Surunkali kasalliklardan o‘pka, yurak, buyrak arteriyalarining berkilib qolishi va buyrak polikistozlari natijasida organizmda gipoksiya (kislorod yetishmasligi) hisobiga eritrotsitlar miqdori oshishi.

Eritrotsitlar miqdori kamayishi

  • Anemiya;
  • Leykoz, meloma – qonning saraton kasalliklari;
  • Eritrotsitlarning parchalanishini kuchaytirib yuboruvchi kasalliklar:
  • Gemolitik anemiya;
  • Organizmda temir (Fe) tanqisligi;
  • B12 vitamini yetishmovchiligi;
  • Qon ketishlarda.

Eritrotsitlarning yashash muddati o‘rtacha 120 kun. Ular suyak ko‘migida hosil bo‘lib, jigarda parchalanadi.

Trombotsitlar

Qonning shaklli elementi. Gemostaz (qon ivishi) jarayonida ishtirok etadi. Trombotsitlar suyak ko‘migida, megakariotsitlardan hosil bo‘ladi.

Trombotsitlar miqdori oshishi (trombositoz)

  • Qon ketishlarida;
  • Splenektomiyada (taloq olib tashlanganda);
  • Reaktiv trombotsitozda;
  • Kortikosteroidlar bilan davolaganda;
  • Jismoniy zo‘riqqanda;
  • Temir tanqisligida;
  • Yomon sifatli o‘smalarda;
  • O‘tkir gemolizda;
  • Miyeloproliferativ buzilishlar (eritremiya, miyelofibroz);
  • Surunkali yallig‘lanishli kasalliklar (revmatoid artrit, sil, jigar sirrozi);

Trombotsitlar miqdori kamayishi (trombositopeniya)

  • Trombotsitlar hosil bo‘lishi kamayishida;
  • DVS – sindromi;
  • Trombotsitlar parchalanishi oshishi;
  • Gemolitik-uremik sindrom;
  • Splenomegaliya;
  • Autoimmun kasalliklar.

Trombotsitlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlab berishdir. Trombotsitlar tarkibida qonning ivishida ishtirok etadigan komponentlar bor, ular qon tomirlar shikastlanganda ajralib chiqadi. Buning natijasida qon tomirlarda tromb hosil bo‘ladi va qon oqishi to‘xtaydi.

Leykotsitlar

Oq qon tanachalari. Qizil suyak iligida hosil bo‘ladi. Leykotsitlarning vazifasi organizmni begona moddalar va mikroblardan himoya qilish, boshqacha qilib aytganda – ular immunitetdir.

Leykotsitlar miqdori oshishi

  • Infeksion-yallig‘lanishlarda;
  • Allergiyada;
  • Leykozda;
  • O‘tkir qon yo‘qotishlardan keyingi holatlarda, gemolizda;

Leykotsitlar miqdori kamayishi

  • Suyak iligi kasalliklarida;
  • Infeksiya (grippqizamiq, qizilcha va boshqalar);
  • Immunitetning irsiy anomaliyalarida;
  • Taloq funksiyasi kuchayishida.

Leykotsitlarning turli xil shakllari borligini hisobiga olib, ularning miqdori oshishi yoki kamayishida alohida jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.

Bazofillar

Ular to‘qimalarga chiqishi bilan semiz hujayralarga aylanadi va gistamin ajralib chiqishiga javobgar bo‘ladi.

Bazofillar miqdori oshishi: ta’sirchanlikning oshib ketishi, gipoterioz, surunkali sinusitlarda.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ko‘z grippi qanday kasallik?

Bazofillar miqdori kamayishi: giperterioz, homiladorlikda, ovulyatsiyada, stress, o‘tkir infeksiyalarda.

Bazofillar immunologik yallig‘lanish reaksiyalarining sekin kechish tipida ishtirok etadi. To‘qimalarda yallig‘lanish keltirib chiqaruvchi moddalarni saqlaydi.

Eozinofillar

Allergiya jarayonlariga javob beruvchi hujayralar. Normada ular 0 dan 5 % gacha. Uning miqdori oshishi organizmda allergik yallig‘lanish kechayotganidan dalolat beradi. Eng muhim jihati eozinofillar miqdori gijjalar (gelmintlar) invaziyasida ham yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘ladi! Ko‘pincha bunday holat yosh bolalarda kuzatiladi.

Neytrofillar

Bir necha guruhlarga bo‘linadi – yosh neytrofillar, tayoqcha yadroli va segment yadroli. Neytrofillar antibakterial immunitetni ta’minlab beradi, ularning turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi, bir xil hujayralarning har xil yoshda bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Neytrofillar ko‘rsatkichi orqali yallig‘lanish jarayonining og‘irlik darajasi va kechishi haqida ma’lumot olsa bo‘ladi.

Neytrofillar miqdorining oshishi infeksion kasalliklar, ayniqsa bakteriya sababli kelib chiquvchi kasalliklar, travmalar, miokarda infarkti, yomon sifatli o‘smalarda kuzatiladi. Jiddiy kasalliklarda asosan tayoqcha yadroli neytrofillar miqdori oshadi – ya’ni chap tomonga siljiydi. Yiringli jarayonlarda va sepsis holatida qonda yosh neytrofillar paydo bo‘ladi – promiyelotsitlar va miyelotsitlar, ular normada qonda uchramaydi.

Monotsitlar

Bu moddalar leykotsitlarning makrofag ko‘rinishidagi turidir, ya’ni ular mikrob va o‘lgan hujayralarni “yutadi”. Normada ular – 0,1 dan 0,7×10*9 ta/l da bo‘ladi.

Monotsitlar miqdorining pasayishi og‘ir jarrohlik amaliyotlaridan keyin va kortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilishda, revmatoid artritda, sifilis, sil, mononukleaza va boshqa infeksion kasalliklar fonida kelib chiqadi.

Granulotsitlar

Granulotsitlar immun tizimini aktivlashtiruvchi leykotsit turi hisoblanadi. Ular infeksiya va allergik yallig‘lanishlarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Inson uchun norma – 1,2 dan 6,8×10*9 ta/l.

Granulotsitlar miqdori yallig‘lanish jarayonlarida oshadi, qizil yugurik va aplastik anemiyada kamayadi.

umumiy qon analizi

Qonning rang ko‘rsatkichi

Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin ko‘rsatkichini aniqlab beradi. Anemiyaning turli ko‘rinishlarini differensiya qilish uchun tekshiriladi: normoxrom (eritrotsitlarda normal gemoglobin miqdori), giperxrom (gemoglobin miqdori oshishi), gipoxrom (kam miqdordagi gemoglobin).

Rang ko‘rsatkich kamayishi: temir tanqisligi anemiyasi, margimush bilan zaharlanishlarda, gemoglobin sintezi buzilishlarida.

Rang ko‘rsatkich oshishi: vitamin B12 yetishmovchiligi, o‘sma kasalliklari, oshqozon polipozlarida.

Umumiy qon analizida rang ko‘rsatkichi normada: 0,85-1,1 bo‘ladi.

Gemoglobin

Gemoglobin konsentratsiyasi oshishi – eritremiyada (eritrotsitlar soni kamayishida), eritrositozlarda (eritrotsitlar miqdori oshishida), qonning quyuqlashishida – organizmning ko‘p suyuqlik yo‘qotishi sababli. Bundan tashqari, gemoglobin miqdori yurak-qon tomir dekompensatsiya holatlarida ham kuzatiladi.

Gemoglobin miqdori kamayishi qon yo‘qotishlarida, anemiyaning turli ko‘rinishlarida, xalq tili bilan “kamqonlik”da kuzatiladi.

Gematokrit ko‘rsatkichi

Gematokrit ko‘rsatkichi – umumiy qon hajmining, uning tarkibidagi eritrotsitlar miqdoriga foiz nisbatini ko‘rsatatdi. Bu ko‘rsatkich foizlarda belgilanadi.

Gematokrit ko‘rsatkichi pasayishi

  • Anemiyada;
  • Och qolganda;
  • Homiladorlikda;
  • Organizmda suyuqlik ushlanib qolganda (surunkali buyrak yetishmovchiliklarda);
  • Plazma tarkibida oqsil ortib ketishida (miyeloma kasalliklarida);
  • Ko‘p suyuqlik ichish yoki vena orqali eritmalar ko‘p quyilganda.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit

Gematokrit ko‘rsatkich oshib ketishi

Gematokrit ko‘rsatkich normada: erkaklarda – 40-48 %, ayollarda – 36-42 %.

ECHT – eritrotsitlar cho‘kish tezligi

Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.

Umumiy qon analizida ECHT oshishi

  • O‘tkir va surunkali infeksion, yallig‘lanish kasalliklar (pnevmoniya, revmatizm, sifilis, silsepsis);
  • Yurak zararlanishlari (miokard infarktida – yurak mushaklari zararlanishi hisobiga, yallig‘lanish jarayoni ketib, o‘tkir davrida oqsillar sintezi, ya’ni fibrinogen miqdori oshadi);
  • Jigar kasalliklari (gepatitlar), oshqozon osti bezi kasalliklari (destruktiv pankreatit), ichak kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit), buyrak kasalliklari (nefrotik sindrom);
  • Gemotologik belgilar (anemiya, limfogranulematoz, meloma);
  • Endokrin kasalliklar (qandli diabet, tireotoksikoz);
  • A’zo va to‘qimalarning jarohatlanishlarida (jarrohlik amaliyotlarida, suyak sinishlarida) – har qanday shikastlanishlar eritrotsitlar agregatsiyasini oshirib yuboradi;
  • Intoksikatsiya holatalarida;
  • Margimush va mishyak bilan zaharlaganda;
  • Yomon sifatli o‘smalar.

ECHT ning normadan pastligi

  • Mexanik sariqlik – ko‘p miqdorda o‘t kislotalarining qonga ajralishi;
  • Bilirubin miqdorining oshishi (giperbilirubinemiya);
  • Eritremiya va reaktiv eritrositoz;
  • O‘roqsimon anemiyada;
  • Qon aylanishi tizimida yetishmovchiligida;
  • Fibrinogen miqdorining kamayishida (gipofibrinogenemiya).

ECHT biror bir kasallikning aniq belgisi emas, u kasallikning kechish jarayonini ko‘rsatib beradi.

Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol — 500 mg, fenilefrin gidroxlorid — 10 mg, oksalamin sitrat — 100 mg, xlorfeniramin maleat — 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig’i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.