El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Tuzi ko‘p ovqat ochlik hissini kuchaytiradi

Olimlar uch yil davomida to‘qqiz nafar rossiyalik kosmonavtni kuzatib borishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kosmonavtlarning kundalik ratsionida tuz miqdori qancha kam bo‘lsa, ular shunchalik kam chanqaydi. Agar organizmga tuz ko‘p qabul qilinsa, ochlik hissi ham kuchayadi, deb xabar beradi “Pravda.ru” sayti.

ochlik hissi

Buni shunday tushuntirish mumkin: ko‘p miqdordagi tuz tanada ortiqcha suvni saqlab turadi. Buning uchun esa ko‘p quvvat sarflanadi. Katta energiya sarflash ochlik hissini kuchaytiradi. Tajriba iste’mol qilinayotgan tuz miqdorining o‘zgarishi ichilayotgan suv miqdoriga ta’sir qilishini yaqqol ko‘rsatdi.

Kosmonavtlarning ovqatiga 12 gramm tuz o‘rniga olti gramm qo‘shilganda, ular kamroq suv ichishdi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan tavsiyaga ko‘ra, erkaklar kuniga 10 grammdan, ayollar 8,5 grammdan ortiq tuz iste’mol qilmasliklari kerak. Chunki tuzni ortiqcha iste’mol qilish arteriya qon bosimining ko‘tarilishi va yurak-qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

© Soglom.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.