El sog‘ligi — yurt boyligi

Turnikka tortilish​ afzalliklari

Sog‘lom yashashni istagan odam, albatta, jismoniy faolikka e’tibor qaratishi kerak. Umurtqa pog‘onamizga foyda keltiradigan jismoniy mashqlar talaygina, turnika tortilish shulardan biri. Ayniqsa, sport zaliga qatnashga vaqti yo‘qlar uchun bu juda mos keladi. Turnikni hovliga va hatto uyning ichiga ham o‘rnatish mumkin. Sizdan faqat shug‘ullanish uchun qunt kerak, xolos.

turnikka tortilish

Turnikka tortilish foydalari

Turnikka tortilish mushaklarni baquvvat qilib, qomatning chiroyli bo‘lishiga, «qanot»ning shakllanishiga yordam beradi. Aytish kerakki, bu mashg‘ulot tananing yuqori qismi uchun mo‘ljallangan, u umurtqa pog‘onasi va qo‘l mushaklarini mustahkamlashdan tashqari, odamni chiniqishga ham o‘rgatadi. Umurtqa pog‘onasida muammosi borlarga shifokorlar bekorga turnikda osilib turishni maslahat berishmaydi. Ayniqsa, osteoxondroz kasalligida turnikning foydasi katta. Bir-ikki daqiqa (kuchingiz yetganicha) osilib turing, agar oyog‘ingiz yerga tegib qolayotgan bo‘lsa, bukib oling.

Turnikka to‘g‘ri tortilish

Turnikka qanday tortilsangiz, samarasi ham shunga qarab bo‘ladi. Masalan, qo‘llar yelka kengligida bo‘lsa, yuklama birinchi navbatda bilaklar, bitsepsning uzun boshchasiga tushadi. Agar maqsadingiz katta mushaklar («qanot») va bitsepsning qisqa boshchasini shug‘ullantirish bo‘lsa, qo‘llaringiz o‘rtacha kenglikda bo‘lishi kerak.

Turnikka tortilishda qo‘llar orasining keng bo‘lishi katta mushaklarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi, bu usul shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun ham foydali bo‘lib, bajarish qiyinchilik tug‘dirmaydi, muntazam ravishda bajarilsa, juda yaxshi samara beradi. Unutmaslik kerakki, avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida shug‘ullanish yuksak natijalar garovidir.

Mazkur mashg‘ulot sizdan muayyan mahoratni talab qiladi. Vaqt o‘tishi bilan texnikangiz yaxshilanib boradi, lekin bu borada biladigan odamlar maslahatiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Turnikni yaxshilab ushlash, bosh barmoq har doim pastda bo‘lishi kerak. Tortilayotganda nafas olishga e’tibor qarating. Yuqoriga harakatlangan paytida nafas chiqariladi, tushayotganda esa olinadi. Siltanishlardan o‘zingizni asrang.

Jarohatlanishga yo‘l qo‘ymang. Ayniqsa, turnikka tortilayotganda tirsak bo‘g‘imi notabiiy holatda bo‘ladi, shuning uchun ham qoidalarga rioya qiling.

Quyidagi video lavha orqali turnikda tortilish usullari va bajarish texnikasi bilan sizni soha mutaxassisi Dennis Seminexin tanishtiradi.

© Tib.uz nashri

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.