TTAda yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2016 yil 26 maydagi “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-2534-son qarori ga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasida yangi «Tibbiy biologiya» ta’lim yo‘nalishi tashkil qilindi.
Ta’lim yo‘nalishining asosiy maqsadi tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ixtisoslashgan markazlar  va boshqa tibbiy muassasalarda fundamental va amaliy  muammolarni hal etish uchun ilmiy – tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash etib belgilandi.
«Tibbiy biologiya» ta’lim yo‘nalishining bakalavr bosqichiga qabul 2016-2017 o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tadi. TTAning  yangi ta’lim yo‘nalishi uchun qabul rejasi quyidagicha:
tma.uz

tma.uz

«Tibbiy biologiya ishi» yo‘nalishining bakalavr bosqichida o‘qish 5 yilni tashkil etadi. Yo‘nalishning boshqa mavjud yo‘nalishlardan asosiy farqi, bitiruvchilar shifokorlik amaliyoti bilan shug‘ullanishga haqli emasligidir!

«Tibbiy biologiya ishi» bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishini  bitirgandan so‘ng  ishlashi mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar sifatida quyidagilar belgilandi:

  • Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).
  • Vrach laborant – sog‘liqni saqlash tizimida,  sanatoriyalarda, ayrim tashkilot va vazirliklar tarkibidagi  tibbiy sanitariya bo‘limlari, sport – sog‘lomlashtirish komplekslarida.
  • Klinik laboratoriya diagnostikasi
  • Klinik-bioximik laboratoriya diagnostikasi
  • Sitologik diagnostika  biopsiyali mikroskopik diagnostika bilan
  • Immunogistoximik diagnostika
  • Immunobiologik  va immunoferment diagnostika
  • Serologik diagnostika
  • PSR diagnostika
  • Toksikologik laborator tekshirishlar
  • Sud – tibbiyoti ekspertizasida laboratoriya ishi.
  • Tibbiy  statistika.

«Tibbiy biologiya ishi» ta’lim yo‘nalishi  magistratura mutaxassiliklarining bitiruvchilari quyidagi  muassasalarda ishlashi mumkin:

  • Oliy tibbiy ta’lim muassasalari  tibbiy-biologik  kafedralarida pedagog;
  • Ilmiy tekshirish  institutlari, oliy ta’lim muassasalari  klinikalari, ixtisoslashgan markazlar, har xil turdagi davolash  -profilaktika muassasalari, sanatoriyalar, ayrim tashkilot va vazirliklar qoshidagi tibbiy sanitariya bo‘limlari va sport – sog‘lomlashtirish majmualarining laboratoriyalarida  ilmiy rahbar va mudir lavozimlarida.

 

Maqola «Abituriyent-2016» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha ynagiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*