Tredlifting — 3D mezoiplari yuzingizni go‘zallashtiradi

Turli sabablarga ko‘ra ayollar terisining tabiiy tarang holati yo‘qoladi. Albatta, bunday muammoga duchor bo‘lgan ayollar tezda choralar izlab qolishadi. Mana shunday, muammoga chora sifatida biz bugun ayollarimizga 3D mezoiplari orqali yuz terisini torttirish to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

3D mezoiplari – bu tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan diaksondir. Bu amaliyot kosmetalogiyaga yaqinda kirib kelgani bois ko‘pchilik bundan xabardor emas. Bu muolaja, asoan, ayollarda uchraydigan quyidagi holatlarda :

  • Burun va lab o‘rtasidagi teri burmanlari;
  • Qosh atrofi terisining osilib qolishi;
  • Qorin, bo‘ksa, dumba sohasidagi teri cho‘zilishi;
  • Quloq suprasi atrofidagi teri burmalari;
  • Peshonadagi vertikal teri burmalari;
  • Ko‘krak va bo‘yin sohasidagi teri cho‘zilishlarida tavsiya etiladi.

Tredlifting bir soat davom etib, amaliyot uchun maxsus igna, mezoip va anastetik kerak bo‘ladi. Ignadagi kosmetalogik juda yupqa ip yuz terisining taranglashtirilishi kerak bo‘lgan sohasiga yuboriladi. Yuz terisi qanday tuzilish yoki ko‘rinishda bo‘lmasin uni ip orqali tartiblash mumkin. Teriga yuborilib joylashtirilgan iplant ip 6-7 ( 180-200 kun) oydan so‘ng suv yoki havo ta’sirida parchalanib ketadi.

Va sizning yuzingizda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keladi:

  • Yuzdagi ajinlar tekislanib, avalgiga nisbatan bilinmaydi;
  • Yuz shakli tekislanib, qirralar bilinarli ravishda tartibga keladi;
  • Mezoip orqali ta’minlangan terining taranglashuvi 2 yilgacha o‘zgarishsiz, sizning go‘zalligingizga go‘zallik qo‘shib turadi.

Shu o‘rinda, bir holatdan sizni xabardor qilishimiz kerak. Ya’nikim, tredlifting amaliyoti hamma ayollarga ham tavsiya etilmaydi.

Masalan,

  • Infektsiyon va onkologik kasalliklarda;
  • Qon quyilishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lganda;
  • Tredlifting qilish rejalashtirilayotgan sohalarda yallig‘lanish jarayoni kuzatilganda;
  • Homilador va emizikli ayollarga bu muolajani qo‘llash mumkin emas.

Salomatligingiz va g‘o‘zalligingiz o‘z qo‘lingizda, uni doimo asrang!

«Darakchi» gazetasi.

3 комментария

  1. 3D mezoiplari orqali yuz terisini torttirishning bahosi qancha?

  2. Bu amaliyotni asosan qaysi tibbiyot maskanlarida.qaysi mutaxassislar bajaradi.meni yowim 25 da yuzim quruqligi sabab yuzimda oz sezilarli ajinlar bor.bu muolajadan keyn ajinlarim batamom yöqoladimi.’?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*