TORCH – homila zavoli

Dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli bo‘lgan TORCH bir qancha infeksiyalar guruhidir.

torch

 

TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm)
R – Rubella (qizilcha )
C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Qizilcha

Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik. Yo‘ldoshning joylashuvi juda muhim

Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Sitomegalovirusli infeksiya

Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.

Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.

Oddiy gerpes

Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.

Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.

Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ona suti

TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.

Niso.uz nashri.

 

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

27 ta izoh

  1. Manda torch infeksiya bor birinchi homilam 1yarim oyligida tuwgan hozir yana homiladorman 4xaftaligida qon kelib qoldi infeksiyalarni xozir davolashni ilojisi bormi?

    1. Torch bu 4 ta eng havfli bogʻgan virus birikmasi u qon tarkibida qancha miqdorda bolsa ham homilador ayol ucun va ayniqsa homila uchun o’ta havflidir. U kundalik hayotda sezilmaydi homilador bolmagan ayol uning zararli ta’sirini his qilmaydi bu ba’zan jinsiy aloqa pauti biroz og’riq yoki jinsiy aloqadan keyingi nohuw holatda siyrak og’riqlar belda qorinda qorinning pastki qismida kuzatiliwi va ba’zan bow og’rig’iga uxwaw belgilar beriwi mumkin. Torch infeksiyasi bor ayol homilador bo’lsa wifikor nazoratida uning qonidagi ingeksiya bola 2 oylik bo’lguncha bartaraf qilinadi. Agar 2 oydan song ham qonda bu infeksiya ciqsa u holda homila majburiy abort qilinadi. Torch homoliani turli davrlarida hatto tug’ruqqa yaqin ham bolaga ta’sir qilib uni halok qilishi mumkin! Lekin bu ko’p jihatdan ona immunitetiga bog’liq homilador ayol immun tizimi qancyalik kuchli bolsa unga uni himoyasidagi homilaga hech qanday virus yaqin yulamaydi. Wuning ucun homiladorlik paytida qattiq gigyenaga amal qiliw, uy hayvonlariga yaqinlawmaslik, grip va turli yuqumli kasalliklardan himoyalaniw va agar turmuw urtog’da turli wamollaw yoki torch aniqlangan bolsa qo’wiliwdan tiyiliw yoki himoyalaniw juda ahamiyatlidi. Torch tarkibidagi sitomogolovirus gripp va wamollawlardan, gerpes havo tomci yullaridan, xlamidioz uy hayvonlaridan yuqiwi kop kuzatilgan

  2. bizning qonimizda infeksiya gerpes va stamegalov virusi bor men davolanmay turib homilador boldim lekin erim safarga chiqib ketdi men davolansam boladimi yoki kechmi lekin bu infeksiya jinsiy yol bilan yuqadi lekin erim bilan kop saqlanish yoli bilan foydalanaman menga davolanish haqida malumot kerak

  3. Men hechqanday analiz topwirmay farzand kordim farzandimsoglom tugildi 25kundan sog pinimaniya bn kasalandi kegin biz torchga qontopwirdik oglimda kitamagalavirus gerpis rubela aniqlandi u qayta qayta kasalandi uni skrinin markaziga jonatiwdi u yerda mukavitsidoz deb diyagniz qoywiwdi farzandim kop antibyotik olvani sababli unda taxmin sepses qowildi 7 oygatolib olamni tark eti endi biz davolanmoxchimiz kimga uchrawimiz kerak ginikolika uchrasam genetika uchrang deyapti biz qarindowmazmiz k nima qiliwni bilmay qoldim

  4. Men homladorlik vaqtimda 2oy sitsit bilan og’ridim keyingi oylarimda og’rimadim lekin qiwda bahorgacha siydik tutolmay qinalardim uzega 6yarim oyligida tuwdim hammasi yahwi dedi undan keyin orada dalad iwladim lekin og’rimasdim bir kuni iw og’ir keldimi kechash bilan og’rib chiqdim saharga yaqin qon keldi og’riq kuchayib radomga borganimda matkam ochilib tug’dim bolam ølik tug’ildi vazni 950gram chipdi duhtirlar bolang o’smagan qonda virus bòliwi mumkun dedi nimadan wunday bo’ladi iltimos javob yozilar..

  5. menda ayolimda torch enfeksiyasi chiqdi ayolimi 5ta homlasi tushib qoldi 5chi homlasi 7 oylik bolib bolani opkasida suv tolib qoldi balani odirib tashadik menda infeksiyatoxoplasma igG 0.2 CytomegalovirusigG 1.5 Herpes simplex I/II IgG3 Chlamydia trachomatis IgG 02 chiqdi shu infeksiyani qanday dovolansa boladi jovb uchin oldindan rahmat

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close