El sog‘ligi — yurt boyligi

Odam organizmidagi parazitlar TOP-10 ligi

Ochiq suv xavzalarida cho‘milish, tozalanmagan suvni ichish yoki Afrika bo‘ylab safar qilish orqali turli parazitlarning qurboni bo‘lish xavfi yuqori hisoblanadi. Inson o‘zi tanasini qandaydir bir parazitga makon bo‘lganini bilmasligi ham mumkin. Kichkina maxluqlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar uzoq vaqt belgilarsiz kechishi, ammo oxir-oqibatda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Quyida shular haqida so‘z yuritiladi:

10. Ko‘z chuvalchangi

Bu parazitlar asosan Afrika mamlakatlarida keng tarqalib, «loa-loa» ismi bilan ma’lum. Bu parazit xo‘jayinida ko‘z va teri kasalliklarini keltirib chiqaradi. Organizmga kirgach butun teri osti kletchatkasi bo‘ylab sayr qilib yuradi. O‘z xo‘jayini uchun bir qator noqulayliklar tug‘dirib, ko‘rish jarayonini og‘riqli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

9. Babeziya

Babesia Microti

Babesia Microti

 

Bu parazit nafaqat hayvonlar, balki odamlarni ham zararlaydi. Ular organizmga kana chaqqanda kirishi mumkin.

Kasallik simptomlari xuddi bezgak belgilariga o‘xshaydi. Bu parazitning 100 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, eng tarqalgan shtammi Babesia Microti hisoblanadi.

8. Amyoba

Amyoba

Parazitarning eng yomon turi hisoblanib, insonning asab tizimi va miyasini zararlaydi. Odamning zararlanishi tezda kechib, bir necha haftadayoq o‘limga olib kelishi mumkin. Afsuski davolash foyda bermaydi.

7. Shistosomalar

shistosoma

Bu «qon so‘ruvchilar» yassi chuvalchangsimonlar guruhga kirib, organizmga zararlangan suv bilan kontakt bo‘lganda kirishi mumkin. Inson ichida qon tomirlar va venalarda hayot kechiradi. Afrika va Osiyoda keng tarqalib, chuchuk suvli chig‘anoqlar tashuvchilar rolini o‘ynaydi.

6. Nematodlar

nematoda

Ular inson va boshqa sut emizuvchilarning ichaklarida yashab, isitma, yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riqlar, xirillash bilan namoyon bo‘ladi. Bu kasallikka oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi xos bo‘lib, davriy sog‘ayish bosqichlari ham kuzatiladi.

5. Lyambliylar

lyambliya

Filtrlanmagan suv va yuvilmagan mevalar lyambliylarning ko‘p tarqalishiga sabab bo‘ladi. Ichaklarga joylashib olib, turli kasalliklarni chaqirish mumkin. Organizmda lyambliylar borligi belgilari: suvsizlanish, qorinda og‘riq, vazn tashlash, qorin dam bo‘lishi.

4. Trixotsefalyozlar

Trixotsefalyoz

Trixotsefalyozlar asosan issiq regionlarda tarqalgan bo‘lib, askaridalar oilasiga mansub. Ular bilan tuxum, guruch, dukkakli va donli mahsulotlar orqali yuqishi mumkin. Asosan yo‘g‘on ichakning zararlanishi kuzatiladi.

3. Bitlar

Ha, bitlar ham parazilar qatoriga kiritiladi. Ularning 3 ta turi mavjud. Eng ko‘p uchraydigani bosh biti. Shuningdek, qov va kiyim bitlari ham uchraydi. Ular insonning soch qoplamalari va tanasida parazitlik qilib, o‘zidan so‘ng parazitlik qilib, o‘zidan so‘ng noqulay hissiyatlar va tirnalish izlari qoldiradi. Bitlar bilan osongina bemor odam bilan kontakt bo‘lganda zararlanish mumkin.

2. Qichima

qichima

Bu yuqumli teri infeksiyasi bo‘lib, ma’lum bir joyda qichishish bilan kechuvchi kasallik hisoblanadi. Uning qo‘zg‘atuvchilari kanalar hisoblanadi. Qichima kontakt orqali yotar joy anjomlari, ko‘ylak, klaviatura, sochiq, mebel va boshqa barcha kana tushishi mumkin bo‘lgan buyumlar orqali yuqadi.

1. Soliter

solityor

Ham inson ham hayvonlarni zararlanishi kuzatiladi. Uy hayvonlari o‘tlatilayotgan yaylovlarda yoki zararlangan suvni ichganda yuqtirib olishi mumkin. Odam organizmiga go‘sht mahsulotlarini noto‘g‘ri tayyorlash natijasida tushishi mumkin. Infeksiya vaqtida aniqlansa, oson davolanadi. Charchash, bo‘shashish, qorindagi og‘riqlar kabi belgilar bilan kechishi mumkin. Gigiyena talablariga rioya qilish parazitlarni yuqishini oldini oladi.

© Gepamed.uz

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Nurikjahon

    Yoshim 22 da 4 yil oldin chap moyakda varikoz bulganligi sababli operatsiya qildirganman. Bazi bazida (3 oy 1oy yoki tanaga kuch kelganda sal sal og’rib turadi shu kungacha ) bu tabiy holmii yo ….. lekin doctorga 2, 3 marta kurindim doctor hulosasi ijobiy har doim endi shu yo’sinda bazida og’riq bulaveradimi(og’riq qachon bulishini aniq aytolmayman chunki u bazida bulib turadi lekin shu iyul oyi harkuni tanaga kuch kelganda va o’zidan o’zi og’ridi kun davomida jami hisobda 2 soatlarcha busa kerak )

    • Avitsenna.uz jamoasi

      Operasiya bo’lgandan keyin tanaga kuchli yuklama berish mumkin emas. Aytishingiz bo’yicha, yuklama tushganda og’riq bo’ladi. Odatiy hollarda esa yo’q. Shuning uchun ham o’zingizga og’ir yuklama berishdan chetlanishingiz kerak. Tanaga beriladigan og’ir yuklamalar nafaqat operasiya o’tqazilgan organizm, balki sog’lom organizm uchun ham xavfli.

  2. Sardor

    Yoshim 18 da bazida meni ichimda xudi bir narsa yurgandek buladi buham parazitlarmi yoki boshqa narsami

  3. Saidjon

    Erkak kishi ayoli bilan jinsiy aloqaga kirishganda erkakning tez bo’shalish sabablari nimada bo’lishi munkin.

  4. Marhabo

    Teridagi oq dog’larni davolash u/n qandoq ishonchli sinovdan o’tgan davo usulini tavsiya eta olasiz?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *