El sog‘ligi — yurt boyligi

Tirnoqlaringiz sinuvchan va mo‘rtmi?

 

Tirnoqlaringiz sinuvchan va mo‘rtmi? Hech hijolat chekmang, buni bartaraf qilishning osongina usullari mavjud. Quyida tirnoqlar parvarishi bo‘yicha sinalgan tabiiy usullar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

tirnoqlar parvarishi

  • 1 osh qoshiq osh tuzini iliq suvda eritib, 2 tomchi yod eritmasini qo‘shing. Engil aralashtiringda, 15 daqiqaga qo‘llaringizni solib o‘tiring. Tuzli vanna sinuvchan tirnoqlar uchun jyda foydali. Faqat bir sharti bor: muolajadan so‘ng qo‘llar chayilmaydi va 15 kun davomida muntazam bajariladi.
  • Yangi archilgan limon po‘sti bilan tirnoqlarni bir sidra artib oling. Bu muolaja nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki tirnoq atrofidagi terini yumshatib, dag‘allashishidan himoyalaydi.
  • Dorixonalarda qavatma-qavat bo‘lib ko‘chib tushayotgan tirnoqlar parvarishi uchun maxsus kremlar mavjud. Bunday kremni tirnoqqa yaxshilab surtib, ertalabgacha qoldiriladi.
  • Tirnoq plastinkasi yupqalashib, so‘ng sinib ketaversa, bir haftada 2 marta zaytun yog‘ini yordamga chaqiring. Tirnoq atrofiga zaytun yog‘idan surtib, engil uqalang. Yog‘ tirnoq atrofidagi teri va tirnoq plastinkasiga shimilishi kerak.
  • Sinuvchan tirnoqlarni har hafta qaychilab turish lozim. Shunda uchi kaltalanib, asosi mustahkamlanib boraveradi. Yuzasi ko‘chayotganida ahamiyat berilmasa, muammo tirnoq asosiga etib borishi mumkin.

Muammoning yana bir yechimi: ikki hafta davomida lak surtmay, rangsiz bo‘yoqdan foydalaning. Tirnoqlaringiz o‘ziga kelib olgach, yana rang berishingiz mumkin.

Uydagi muolajalar yordam bermasa, go‘zallik salonlarida parafin yordamida davolash choralari ham bor. Agar tirnoqlardagi sinuvchanlik uzoq davom etsa yoki tez-tez qaytalansa endokrinolog ko‘rigi ham maqsadga muvofiqdir.

© Darakchi.uz

 

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *