Nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikda qanday tekshiruvlardan o‘tishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17 moddasini bajarish yuzasidan hamda sog‘lom oilani shakllantirish, irsiyatga bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorida keltirilgan ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtirib o‘tmoqchimiz. Nikohlanuvchi shaxslar qonunga muvofiq quyidagiidagi tibbiy tekshiruvlardan o‘tishadi:
1. Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish:
anamnestik;
psixopatologik;
somatonevrologik;
paraklinik
2. Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish:
klinik tekshirish;
anamnestik;
psixopatologik;
somatonevrologik;
laboratoriya tekshiruvi.
3. Zaxm yuzasidan tekshirish:
genitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud bo‘lganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud bo‘lganda material to‘plash;
presipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish;
qonni serologik tekshirish.
4. Sil yuzasidan tekshirish:
anamnez;
ko‘krak qafasi organlarini tekshirish;
ko‘krak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma);
ko‘krak qafasi rentgenografiyasi;
balg‘amni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish;
5. OIV/OITS yuzasidan tekshirish:
anamnez;
klinik tekshirish;
birlamchi immunoferment tekshirish;
immunoblot usuli bilan qonni tekshirish.

 Bu jarayonning o‘tish tartibi quyidagicha:

  •  Psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirish yashash joyidagi poliklinikaning psixiatr vrachi tomonidan amalga oshiriladi.
  • Tuman psixiatr vrachi bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat psixonevrologiya dispanserining psixiatr vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy tegishligiga qarab viloyat va shahar psixonevrologiya dispanserlarida psixiatrik tekshirishdan o‘tadi.
  •  Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, ularga psixiatr vrachning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
    Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, ularga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi va vrach tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish beradi.
  • Narkologik tekshirish yashash joyidagi narkolog vrach tomonidan (narkologiya dispanserida yoki tuman narkologiya kabinetida) o‘tkaziladi.
  •  Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixopatologik o‘zgarishlar aniqlanmagan nikohlanuvchi shaxslarga ma’lumotnomada tegishli xulosa ko‘rsatiladi.
  •  Tibbiy ko‘rik vaqtida narkolog vrach tomonidan narkologik tashxis qo‘yilgan taqdirda yoki nikohlanuvchi hisobda tursa, ma’lumotnomada aniqlangan tashxis ko‘rsatiladi.
  • Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixofaol moddalar iste’mol qilinishidan dalolat beruvchi psixosomatik belgilar aniqlangan nikohlanuvchi shaxslar biologik suyuqliklarda psixofaol moddalarni aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvidan o‘tadilar.
  •  Zaxmga tekshirish teri-tanosil dispanserida yoki yashash joyidagi poliklinikada teri-tanosil vrachi tomonidan o‘tkaziladi, ushbu vrach tekshiruvni umumiy qabul qilingan metodika bo‘yicha amalga oshiradi.
  •  Nikohlanuvchi shaxslarni zaxmga tekshirish yakunlangandan keyin tekshirilayotgan shaxsning ambulatoriya kartasida va ma’lumotnomada tegishli xulosa ko‘rsatiladi.
  •  Nikohlanuvchi shaxslar silga tekshirishdan o‘tish uchun yashash joyidagi poliklinika ichki kasalliklar vrachiga murojaat qiladi. Uchastka ichki kasalliklar vrachi tomonidan ko‘krak qafasini flyuoro tekshirishga yo‘llanma beriladi.
  •  Ko‘krak qafasi flyuorogrammalarida patologik o‘zgarishlar va kasallikning klinik namoyon bo‘lishi mavjud bo‘lmagan taqdirda hududiy poliklinika tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
  • Tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi va flyuorogrammalarda patologik o‘zgarishlar borligi shubha qilinganda, ularga yashash joyidagi sil kasalligiga qarshi dispanseriga yo‘llanma berilishi kerak.
  • Sil kasalligidan shubhalanib poliklinikadan sil kasalligiga qarshi dispanserlarga yo‘llangan shaxslar uchastka ftiziatri tomonidan tekshiriladi. Zarurat bo‘lganda ushbu shaxslar shuningdek o‘pkadan boshqa ixtisoslikdagi mutaxassislar tomonidan ham tekshirilishi kerak.
    Klinik tekshiruvdan, poliklinikadagi tekshirishlar ma’lumotlari, flyuorogrammalar o‘rganib chiqilgandan keyin, shuningdek zarurat bo‘lganda qo‘shimcha ravishda o‘tkaziladigan rentgenologik, bakteriologik tekshirishlar va boshqa laboratoriya tekshirishlari natijalari o‘rganib chiqilgandan so‘ng ftiziatr tomonidan tekshirilayotganda sil kasalligi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnoma ftiziatr, bosh vrach tomonidan imzolanadi va sil kasalligiga qarshi dispanserning muhri bilan tasdiqlanadi.
  •  Nikohlanuvchi shaxslar OIV/OITSga tekshirishdan o‘tish uchun yashash joyidagi yashirin tekshirish xonasiga yoki OITS markazlariga murojaat qiladilar.
  •  Yashirin tekshirish xonasida testgacha bo‘lgan maslahat beriladi hamda OIV/OITS kasalligi bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatuvchi anamnestik ma’lumotlar va klinik belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda tekshirilayotgan shaxsning qoni tuman yoki tumanlararo OITS tashxis qo‘yish laboratoriyasiga yuboriladi.
  •  Birlamchi immunoferment tekshirish ijobiy natija bergan taqdirda, mijozning qoni zardobi viloyat laboratoriyasiga yuboriladi, ijobiy natija tasdiqlangan taqdirda qon zardobi immunoblot usuli bilan uzil-kesil natija qo‘yilishi uchun respublika OITS markaziga jo‘natiladi. OIV kasalligi tashxisi laboratoriya tekshiruvi ijobiy ekanligi va klinik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi.

Izoh:  Qonuni to‘liq o‘qish uchun quyidagi havola orqali o‘ting. Qonuning to‘liq matniga havola.

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*