«Tez yordam» qayerda qoldi!

Ko’p vaqtlardan beri muhokama markazida bo’lgan «Tez yordam» yana internet foydalanuvchilari diqqatiga tushdi. Avallari muhokamalar faqat radio, gazeta va teleradiokanallarda bo’lgan bo’lsa, hozirda yana bir kuchli muhokama markazi internet hisoblanmoqda. XXI asr — zamonaviy texnalogiyalar asri! Aynan, shunday davrda har qanday kamchilik yoki muvaffaqiyat chetda qolib ketmaydi. Hammasi oddiygina «chatlarda» bo’lsada muhokama qilinadi.

Xo’sh, ana shunday davrda «Tez yordam»ning sekin harakatlanishi mumkinmi?!

Ayni damda ko’pgina ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Yunusobod bozori yaqinida 25 yoshdagi bir yigitning hushsiz yotgani va uning qulog’idan qon oqayotgani tasvirlanga surat hamda «Tez yordam»ning «Sekin»ligi tariflangan «bitkiklar» muhokama qilinmoqda.

Ushbu vaziyatda voqeani guvohi bo’lganlar soni juda ko’p, ular ichidan yordam berishni istagan-u lekin uddalay olmay 103 raqamini terish hamda yigitga shamol qilib turishdan nariga o’tisha olmagan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelishlari uchun esa 20 daqiqadan ko’proq vaqt ketgan. Bu vaqt oralig’ida esa voqeaga yaqindagi ichki ishlar xodimlari ham aralashgan. Ular imkon boricha «Tez yordam»ni tezlatishga urinishlari ham natija bermagan. Baribir»Tez yordam» sekin kelgan. Bu vaqt davomida odamlar tibbiyot xodimlari, ayniqsa «tez yordam»chilar haqqiga  «bitiklar» bitishgan. Nihoyat oq damas mashinasi sirenasini baralla qo’yib yetib kelgan. Bemor shifoxonaga olib ketilgan. Uning keyingi ahvoli hozircha no’malum.

Tarmoqlardagi muhokamalarda ko’pchilik «Tez yordam»ning nomiga munosib harakat qilishi va bu orqali barcha tibbiyot xodimlari imidjiga zarar yetkazmasligi lozimligi ta’kidlashgan.

P.S. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, inson umri har narsadan ulug’, shuni inobatga olib «Tez yordam» xodimlariga o’z kasblariga masuliyat bilan yondashishini so’rab qolamiz.  Inson huquqlari va qadriyatlarimizni hisobga olgan holda bemorning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratini saytimizda chop etmadik!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*