Tez ozish uchun tavsiyalar

Semizlik hozirda hamma joyda ko‘payib borayotgan illat hisoblanadi. Oldinlari faqat qari kishilar orasida uchrasa, hozirda maktab o‘quvchilari ham qorin qo‘yib olganlar. Semizlik kishi salomatligiga hech qanday foyda keltirmaydi, balki faqat aziyat beradi. Odamlar undan qutilishni xohlaydilar, lekin ko‘pchilik bunga beparvo yoki nafsini chegaralamaydi. Tushunish va unga amal qiladiganlar uchun uchun nasib etsa bu borada bir-ikki ko‘rsatmalar beramiz.

Semizlikni keltirib chiqaradigan omillar

  1. Ko‘p va kaloriyali ovqat iste’mol qilish.
  2. Ovqat iste’molidan keyin harakatsizlik.
  3. Gormonlar funksiyasining buzilishi.
  4. Bezlar funksiyasining buzilishi.
  5. Irsiyat va boshqa faktorlar.

Semizlikning oqibatlari

  1. Qandli diabet kasaliga sabab bo‘lishi mumkin.
  2. Ovqat hazm a’zolarni zo‘riqtiradi.
  3. Harakatni qiyinlashtiradi, tez charchashga sabab bo‘ladi.
  4. Yurakni yog‘ bosib yurakning turli kasalliklarini keltirib chiqaradi.
  5. Umrni qisqartiradi.
  6. Jinsiy maylni susaytiradi. Ayollarda xomila bo‘lishi qiyinlashadi.
  7. Semirib keyin ozigan kishining terilari osilib qoladi.

Qarshi kurashamizmi?

Eng avvalo semizlikni keltirib chiqargan sababni bilish lozim. Shuning uchun avvalo endokrinologga uchrashish va uning tavsiyasini olish kerak bo‘ladi. Ko‘rgan-bilgan kishining u dori, bu dori, degan gaplariga uchib bekorga vaqt va pulni sarflash yaxshi emas.

Agarda semizlikni ovqat va kam harakat keltirib chiqaradigan bo‘lsa, kishi avval o‘zini bir tartibga keltirishi kerak bo‘ladi. Chunki u yuqoridagi oqibatlarga tomon ketayotgan hisoblanadi. Buning uchun esa, nasib etsa bir nechta qilinishi kerak bo‘lgan muolajalarni keltirib o‘tamiz.

  1. Oshqozonni uchdan biri ovqatga, yana birini suvga va yana birini havoga bag‘ishlash kerak. Bu qoida bo‘lishi lozim, zero keyingi ovqatlarni nafs tark etishi kerak.
  2. Harakat zarur. Jismoniy mehnat yoki sport bilan shug‘ullanish kerak. Hech bo‘lmaganda chaqqon-chaqqon piyoda yurish lozim bo‘ladi.
  3. Ovqat bilan choy aralashtirilib ichilmaydi, balki ovqatlangach 2 3 soatdan keyin iliq suv ichilsa yaxshi bo‘ladi. Ovqatdan 1 2 soat oldin ham ichib olsa joiz.
  4. Tuzli va sho‘r narsalardan tiyilinadi.
  5. Bu kabi ovqatlanishdan keyin ich qotishi mumkin, shuning uchun yotishdan avval 1 stakan kefir(qatiq)ga 1 qoshiq zaytun moyidan solib aralashtirilib ichiladi.
  6. Kunlik iste’mol taomlari kaloriyasi 2000 kkaldan oshmasligi kerak. Tez hazm bo‘ladigan uglevodli, oqsilli va vitaminli ne’matlar iste’mol qilinishi lozim.
  7. Tavsiya etiladigan kaloriyasi kam parxez ortiqcha vaznning qisqa vaqt ichida yo‘qolishiga imkon berishi, bemor ahvolini yaxshilashi uchun qulay bo‘lishi zarur, chunki yog‘ bosimi uzoqqa cho‘ziladigan kasallik hisoblanadi. Parxez taom yog‘ bosgan bemorlarga uzoq muddatga buyuriladi, shu sababli parxez buyurishda bemorning o‘ziga xos hayot sharoiti va urf-odati, o‘zi o‘rgangan ovqatlarni hisobga olish kerak.
  8. Organizmga singishi qiyin bo‘lgan uglevodli maxsulotlar sabzavotlarni xomligicha ko‘proq iste’mol qilish kerak. Shirin mevalardan tiyilish kerak. Olmaning nordonlari bo‘laveradi.
  9. Parhezda yengil singgadigan uglevodlar (konditer mahsulotlari, qand, har xil murabbolar) bo‘lishi lozim.
  10. Spirtli ichimliklar ichish, chakkichlar chakish mumkin emas.
  11. Ko‘p uxlash kerak emas. Yotishdan oldin yarim yoki bir stakan suv ichish kerak.

Ozish bo‘yicha ushbu muolajani tavsiya etamiz:

Biz semiz odamlarda «baqaloqlar sho‘rvasi» deb atalgan taomni haftada 2 marta iste’mol qildirganimizda ular 1,5-2 kg. vazn yo‘qotishganiga guvoh bo‘ldik, Siz ham anashu sho‘rvani 1-2 oy erinmasdan, irodani bir joyga to‘plab qo‘llasangiz, yutuqli natijalarga erishasiz.

«Baqaloqlar sho‘rvasi» resepti: 8 dona o‘rtacha piyoz, 5 dona kichikroq pomidor, ikkita o‘rtacha bulg‘or qalampiri, 1 kg karam, 1 bog‘ ukrop, 1 bog‘ selderni maydalab, kastryulkaga solinadi va 2 litr sovuq suv quyiladi. Gaz olovida qaynatamiz, meyorida tuz solamiz. Suv qaynab chiqqandan keyin 40 50 daqiqa qaynatamiz va tayyor sho‘rvani bir kunda uch teng bo‘lib istemol qilamiz. Sho‘rvani qora non bilan yeyish kerak.

Sho‘rvani istemol qilgach, o‘sha kuni boshqa hech narsa istemol qilinmaydi, sho‘rva qorinni to‘q tutadi va yengil hazm bo‘ladi. Natija uzoq kuttirmaydi – 1 oyda 4-6 kg.ni yo‘qotishingiz turgan gap.

Agar siz yuqoridagi maslahatlarga to‘la rioya qilsangiz, qomatingiz hamisha xushbichim, kayfiyatingiz a’lo, qadamlaringiz yengil , sog‘ligingiz mustahkam bo‘ladi. Semirib ketmay desangiz, muttasil harakatda bo‘ling, oz-ozdan va tez-tez ovqatlaning, sog‘likning garovi bo‘lgan badantarbiya mashqlarini tark etmang”.

Hadya.uz nashri.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*