2
(2)

Ozish jarayonini boshlash uchun haftasiga uch daqiqa vaqt ajratish kifoya.

May oyida “New York Times”da atigi 7 daqiqa mashq qilish qomatni asrashga kifoya bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan maqola chop etilgandi.

Biroq hozirgi davrda kimning 7 daqiqa bo‘sh vaqti bor? Endi tadqiqotchilar haftasiga uch marta atigi bir daqiqa juda faol mashqlarni bajarish vazni orticha odamlarning mushaklari va yuragini anchagina mustahkamlashini aniqlashdi.

Ontariodagi Makmaster universiteti tadqiqotchilari 14 nafar erkak va ayoldan iborat guruh tuzishdi. Ularning hammasining vazni ortiqcha edi, biroq barchasi yangi tezlashtirilgan fitnes-rejimni o‘zida sinab ko‘radigan ahvolda edi.

Tez ozish uchun mashqlar

Avvaliga hamma qatnashchilar mashqlarni haftasiga kamida ikki marta bajarishdi, keyin ular haftasiga 150 daqiqa davomida mashq qilishdan chekinishdi.

Bu vaqtda tadqiqotchilar tajriba qatnashchilarining sog‘lig‘i haqida ma’lumot to‘plab, qon tahlilini olishdi. Keyin mashg‘ulotlarni asta-sekin kamaytirib borishdi.

Tajriba qatnashchilari laboratoriyaga haftasiga uch marta kelishardi. Har bir mashg‘ulot velotrenajyordagi uchta qizg‘in “zayezd”dan iborat bo‘lib, har biri 20 soniya davom etardi. “Zayezdlar” orasida ikki daqiqali tanaffus qilindi. Shu tariqa tajriba qatnashchilari haftasiga umumiy hisobda uch daqiqa pedal aylantirishdi.

6 hafta o‘tgach, haftasiga atigi uch marta bir daqiqadan faol mashq qilish ortiqcha vaznli odamlarda sezilarli jismoniy o‘zgarishlar qila olishi mumkinligi aniqlandi.

Erkaklarda ham, ayollarda ham arterial bosim va qondagi glyukoza ko‘rsatkichi ancha yaxshilandi. Tananing kislorodni maksimal singdirishi (yurak-tomir tizimi ishini baholashga imkon beradigan eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri) 12 foizga oshdi.

Xabardor.uz