El sog‘ligi — yurt boyligi

Tez va oson ozish usuli

Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi, buning ustiga undan istalgan joyda va paytda – xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin. U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi…

skagalka

Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar, basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u ajoyib trenajyorda. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa sakrash butun tanangizning to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogramlardan xalos bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga, harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Hozir arg‘amchida sakrashni «skiping» degan modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada bu so‘z «sakrash»ni bildiradi. Arg‘amchi chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi, nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab 100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday yondashuv 3-4 kilometrga yugurishning o‘rnini bosadi.

Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:

Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim.

  • Birinchidan, u sizga mos keladigan uzunlikda bo‘lishi kerak. Arg‘amchini qo‘lingizga oling, uning chilviri pastga osilib tursin. Pastga tushib turgan joyini oyog‘ingiz bilan bosing, arg‘amchi ko‘kragingizgacha yetishi kerak – bu eng optimal uzunlik.
  • Ikkinchidan, agar arg‘amchida mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, uning nimadan tayyorlanganiga e’tibor qarating. U yerga tegib ishqalanib ketmasligi uchun yo‘g‘on va zich bo‘lishi kerak. Shuningdek, tutqichlari qulay bo‘lishi lozim, aks holda qo‘llaringiz noqulaylikdan tezda charchab qoladi. Arg‘amchining chilviri odatda plastmassa, rezina va charmdan tayyorlanadi. Tabiiyki, charmdan tayyorlangan arg‘amchilar eng yaxshi hisoblanadi.
  • Uchinchidan, siz aylanalar hisoblagichi bor arg‘amchini xarid qilishingiz mumkin. Bu bilan mashqlardagi o‘sishni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz.

Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash mashqlar samara berishi uchun muhim shart hisoblanadi. Mashqlarni xotirjam ritmda boshlab, asta-sekinlik bilan uni kuchaytirish kerak. Sakrashdan oldin biroz oyoq-qo‘llarning chigilini yozing. Shuningdek, nafas olishni tiklash, mushaklarga biroz dam berish uchun kichikroq tanaffuslar ham kerak bo‘ladi.
Sakrayotganingizda oyoq, orqa tomon, qo‘llarning muskullari ishlaydi. Ertalab arg‘amchida 10-15 daqiqa sakrash kun bo‘yi sizga yaxshi kayfiyat va tetiklikni beradi hamda sog‘lig‘ingizni mustahkamlab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.
Mashqlar paytida moddalar almashinuvi tezlashadi, bu esa ozishga turtki bo‘ladi; qon aylanishi kuchayadi, bu esa yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi; nafas olish tezlashadi, bu nafas olish tizimiga yordam beradi. Mashqlarning jadalligiga (sakrashlarning tezligiga) qarab o‘z qomatingizni ham to‘g‘irlashingiz mumkin.
Yuqorida aytib o‘tganimizday, arg‘amchida istalgan joyda – toza havoda, sport zalda yoki uyda shug‘ullanishingiz mumkin, buning uchun sizga faqat arg‘amchi, qulay poyabzal va istak kerak, xolos. Buning ustiga mashqlarni yaxshi musiqa ostida ham bajarishingiz mumkin.

Mashqlardan oldin quyidagilarni qilish kerak bo‘ladi:

  • agar sizda umurtqa yoki bo‘g‘imlar bilan muammolar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing, sizga arg‘amchida mashq qilish mumkin emas;
  • arg‘amchingiz boshqa narsalarga – daraxt shoxlari, qandillar, stollar va boshqa buyumlarga tegmayotganiga ishonch hosil qiling;
  • arg‘amchi aylanayotganida tirsaklar tanaga yopishib turishi kerak;
  • arg‘amchini faqat barmoqlar bilan aylantiring.

Ozish uchun mashqlar:

  • ikki oyoqda oddiy sakrash;
  • galma-galdan bir oyoqda sakrash;
  • navbatma-navbat bir oyoqda sakrash;
  • tizzani ko‘tarib sakrash;
  • bir marta sakraganda arg‘amchini ikki yoki uch marta aylantirib sakrash;
  • to‘g‘ri turgan oyoqlarni orqadan va old tomondan ko‘tarib sakrash;
  • qo‘llarni chatishtirib sakrash;
  • oldinga harakatlanib sakrash;
  • «oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga» harakatlanib sakrash;
  • arg‘amchini yon tomonlaridan burab sakrash.

Bular hali hammasi emas, sakrashlarning turlari juda ko‘p.

Arg‘amchida sakrashni yugurish bilan tenglashtirish mumkin. Shu bois, agar sizda yugurish imkoniyati yoki istagi bo‘lmasa, arg‘amchida mashq qiling va doim salomat bo‘ling!

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. bobur

    Men ozmoqchiman vaznim 76 kgram qanday qilib oziw kerak

  2. sitora

    salom mani boynimda grija bor sakraw mawqi mumkunmi

  3. Frozen Heart

    Salom.Mening belimgacha qomatim ozgin va yaxshi ammo oyoqlarim qomatimga umuman mos kelmaydi ozishga harakat qilsam faqat belim ozadi nima qilsam boladi mening yoshim 16da boyim 157sm vaznim esa 51 shu yoshimga togri keladimi

  4. NIgoraxon

    Egizak tuqqanimdan song qomatimga qarashga vaqt bolmadi qornim chiqib qold umurtqa grijasi tashxisini xam qoyishdii vaznim 75bolib qoldi qanday qilib ozsam va qornimni yoqotsam boladi.maslaxat beringlar iltimos

  5. Madina

    Man harkuni 200 tadan argamchi sakradim ancha ozdim nu varikozim kengayganga uxshedi ancha ogrivotti quvugimdayam simillab ogrivotti nima qilay sakrashi tuxtateymi lekin 18 kilo ozdim 1 oyda
    68 edim 50 hozirgi vaznim
    lekin varikozim ogrivotti nima maslaxat berasiz javob uchun oldindan raxmat

  6. Sevara

    Salom,qo’ltiq terlashidan holi bolish uchun nima qilish kerak

  7. Zilola

    Salom. Yoshim 18da lekin böyim 153 sm. Bu körsatkich 14 yoshli qizlarda bölishi kerak. 14 yoshimgacha böyim normada ösib kelgan (xatto böyim uzun edi). Hozir esa tengqurlarimdan böyim pastligi yaqqol seziladi. Xattoki özimdan yoshi kichkinalarni böyi mendan baland. Böyim ösishi uchun köp mashq qildim sakrash, yuqoriga chözilish, yonga bukilishi… Lekin foyda bermayapti. Juda siqilaman bundan. Oğir mehnat qilmayman, oğir narsa kötarmayman umuman. Böyim ösishi uchun özim yoqtirmasamda kulguli bölsa ham köp xom sabzi yeyman lekin foyda yöq. 14 yoshimdan boshlab ösishdan töxtadim. 25 yoshgacha umurtqa poğonasi ösishidan xabarim bor balkim 7 yil ichida sezilarli darajada böyim ösar lekin nega köp tengqurlarimni böyi vaqtida ösayapti memda esa unday emas? Irsiy ham emas avlodimizda hammani böyi normal. Köpchilik gijja köpayganidan böy ösmay qoladi deyishdi. Laboratoriyaga borib tekshirtirdim ham mutaxassislar gijjaga qarshi davolanish ehtiyojim yöqligini aytishdi. Oxirgi paytlada böyimdan uyaladigan bölib qoldim. Iltimos maslahat bering nima qilsam böyim ösadi? Ösmayotganinig sababi nimada? Shu savolimga javob olsam juda xursand bölar edim. javob uchun oldindan rahmat.

  8. Salsabil

    yoshim 27da homilador bo’lganimdan so’ng keskin semirib ketyabman vaznim100kg dan o’tdi qanday chora ko’rish kerak to’xtatiah va ozish uchun.ozdiruvchi dori ichsam bolaga tasir qilmaydimi?

  9. Dildora

    assalomalekum. Mani ismim Dildora yowim 17da. Oziw uchun sakrab ko’rdim. Ammo har sakraganimdan keyn tez xansirab, yuragm va opkam qisib qovotti. Etinchi sakrashdan oldin nima yiyiw kere. Man sakrawdan oldin 1 stakan kpitok ichardim. Hozir ham 2 oy ichida 10-15 ves tawaw niyatm bor edi. Sovolim sakrawdan oldin biror bir narsa yeyiw yoki ichiw kerakmi????
    JAVOB UCHUN OLDNDAN RAXMAT!

  10. Diyor

    argamchisiz wundo 10-15minut sakrab awula ewitib oziw mumkunmi?

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.