Joriy yilda test topshiriladigan fanlar ro‘yxati

Abituriyentlar uchun Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini ma’lum qilgan edik. Bu gal test topshiriladigan fanlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqildi. Majmua ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.

Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.

Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Majmualar quyidagi fanlar bo‘yicha shakllanadi:

1. Ona tili va adabiyoti

2. Rus tili va adabiyoti (rus guruhlarda)

3. Qoraqalpoq tili va adabiyoti (qoraqalpoq guruhlarda)

4. Matematika (informatika bilan) (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

5. Fizika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

6. Kimyo (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

7. Biologiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

8. Tarix (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

9. Geografiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

10. Ingliz tili

11. Nemis tili

12. Fransuz tili

Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.

© Qalampir.uz


Maqola «Abituriyent-2017» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha yangiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close