Teridagi tuklarni yo‘qotish

Ayollar terilarining chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun doimo oyoq-qo‘llarini tuklardan tozalab turishgan.
Ilk marotaba tozalash usullari Gresiya, Misr va Rimda qo‘llanilgan. O‘sha davr xonimlari asosan pinsetlardan,
shuningdek ip, asalari mumi yoki turli giyohlarning damlamalaridan foydalanganlar.

DЕPILYATSIYA VA EPILYATSIYA
Depilyatsiya asosan xavfsiz usul hisoblanadi va bir oyda bir marotaba amalga oshiriladi. Bunda eritilgan maxsus
krem, shpatel va lenta (bir marotabalik) ishlatiladi. Avval teri spirt yordamida zararsizlantiriladi, so‘ng quritiladi.
Tuk o‘sgan yo‘nalish tomon yupqa qilib krem surtiladi va ustiga lenta yopishtiriladi. Shundan keyin tezlik bilan lenta tortib
olinadi va teri maxsus yog‘ bilan artiladi, so‘ng talk sepiladi. Epilyatsiya jarayonining bir necha turlari (elektroepilyatsiya, lazerli epilyatsiya, fotoepilyasiya, elos epilyatsiya) mavjud.
Bunda tukning ildiz piyozchasiga sun’iy ta’sir ko‘rsatilib, uning ish faoliyati to‘xtatiladi. Epilyatsiya ta’siri depilyatsiyanikiga nisbatan uzoqroq muddatga yetadi.
Aytish joizki, teridagi tuklarni batamom o‘sishdan to‘xtatib bo‘lmaydi. Ma’lum vaqtlarda, tuklarning siyrak yoki
qalinligiga qarab tozalash jarayonini takrorlab turish zarur.
YUZ TЕRISINI TOZALASH
Ba’zan ayollardagi turli xastaliklar yoki moddalar almashinuvining buzilishi tufayli organizmda gormonal holat o‘zgaradi. Natijada yuz terisida tuklar o‘sishi mumkin. Yuzni tuklardan tozalash avval teridagi kapilyar tomirlarning joylashuvi tekshiriladi. Agar yuz terisidagi mayda qon tomirlar yuza joylashgan bo‘lsa depilyatsiya
muolajasi o‘tkazilmaydi. Chunki bunday vaqtda issiq muolaja hisoblangan depilyatsiya tufayli mayda qon tomirlar yorilib ke-
tishi, bu esa ichki qon ketishga
ham olib kelishi mumkin.
Yuz depilyatsiyasini uy sharoitida bajarmagan ma’qul. Mutaxassis yordamida yuzni tozalashdan avval bir marotabalik
asboblar tayyorlab qo‘yiladi. Muolaja jarayonida gigiyenaga qat’iy rioya etiladi. Ba’zan tuklar yo‘qotilayotganda ularning chuqur ildizlari ostidan qon chiqish holatlari uchraydi. Yuz qismida qalin tuklar o‘sgan bo‘lsa, depilyatsiya qilishdan oldin
organizmdagi gormonlar miqdorini aniqlash uchun laborator tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak. Ta’kidlash kerakki, depilyatsiya
yoki epilyatsiya muolajalari tuklar o‘sishini vaqtincha to‘xtatadi, xolos.
Uy sharoitida yuzni tuklardan tozalashda “shugar” usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda shakar suvga solib qaynatiladi,
hosil bo‘lgan qiyom tuk o‘sgan yo‘nalish tomonga surtiladi. 20- 25 daqiqa o‘tgach, teskari tomonga qarab shilib olinadi.
Tozalash usuli ikki xil bo‘lib, teri ust qismidagi tuklarni yo‘qotish (depilyatsiya) va teri usti hamda teri osti
piyozchasi bilan birgalikda tozalash (epilyatsiya) bir-biridan farqlanadi.
Bugungi kunda tuklarni yo‘qotishning zamonaviy usullari mavjud. Maxsus kremlar yoki lazer nuri yordamida buni
amalga oshirsa bo‘ladi.
© Shahnoza UZBAYEVA, kosmetolog.
© «Sihat-salomatlik» jurnali.
Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin:

 

1 ta savol

  1. Аноним

    Qizlar ham depilatsiya krem ishlatsa bo’ladimi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*