Ter hidini yo‘qotish usullari

Aslida, terlashninng yechimi oson: shaxsiy gigiyenaga e’tibor berib, maxsus vositalarni qo‘llash. Ammo ular ham yordam bermasachi? Terlash o‘z yo‘ligayu ammo ter hidini bartaraf etish masalada. Ko‘p terlash asosan moddalar almashinuvining buzilishiga sabab paydo bo‘ladi. Ayrim teri kasalliklari, asabiylashish ham ushbu holatga olib kelishi mumkin. Quyida sizni yozning eng aktual muammosini hal etish choralari bilan tanishtiramiz.

Foto: as.com

Asosiy qoida!

Har kuni yaxshilab bolalar sovunida cho‘milib, qo‘ltiq sohasidagi tuklarni tozalaymiz. 10 daqiqa davomida avval iliq, keyin sovuq suvda dush qabul qilamiz. Bu oddiy chora immun tizimni kuchaytirib, terlashning oldini oladi.

Terlashga qarshi vosita

Odatda, bu vositani cho‘milib bo‘lgach, qo‘ltiq ostiga surtamiz. Lekin bu noto‘g‘ri. Aynan ertalab ter bezlari faollik bilan ishlay boshlaydi va shu paytda ushbu vositani ishlatish foyda qilmaydi. Ammo kiyimda xunuk dog‘lar qoldiradi. Shuning uchun cho‘milib chiqqach, qo‘ltiq ostini yaxshilab quritib oling. So‘ng antiperspirantdan foydalansangiz bo‘ladi.

Shifokorga murojaat qiling!

Terlashning asl sababini aniqlash zarur. Shunga qarab, davo choralari belgilanadi. Agar shundan keyin ham ter ajralishi faollashaversa, shifokor maslahatiga ko‘ra, dorixonadan terlashning oldini oluvchi maxsus surtma dorini sotib oling. Uni har kuni cho‘milib bo‘lgach, qo‘ltiq ostiga surtib olsangiz, kun davomida terlash va noxush hiddan halos bo‘lasiz. Shunda ham terlash muammosi bezovta qilaversa, shifokor tavsiyasiga ko‘ra, lazer bilan davolash yoki maxsus jarrohlik usuli yordamida ter bezlari faoliyatini susaytirish mumkin.

Ter hidini yo‘qotish uchun maxsus parhez

  • Har kuni nahorga 2 dona pomidor yeng yoki yangi siqilgan pomidor sharbatini bir hafta davomida iching. Bu ham terlashning oldini oladi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
  • Mavrak bargini damlab ovqatdan yarim soat oldin bir piyoladan iching. Chunki uning tarkibida B vitamini va magniy bo‘lib, ter bezlari faoliyatini pasaytiradi.
  • Qo‘llar terlaganida – oqpiyoz, qovurma taomlar, gulkaram yog‘li qo‘y go‘shtini cheklang.
  • Qulupnay, o‘stirilgan bug‘doy, baliq, uzum, bodom terlashning oldini oladi. Shunday ekan, ularni ko‘proq iste’mol qiling.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘larni uy sharoitida bartaraf qilish

Ter hidini uy sharoitida yo‘qotish usullari

  • Barchaga birdek tanish isiriq o‘ti. Ushbu o‘tning shoxchalari va novdasini olib, maydalab sindiramiz, bir hovuchiga yarim litr qaynoq suv quyib bir soat damlab qo‘yamiz. Damlamani tindirib, dokadan o‘tkazib, qo‘ltiq osti, chov orasini har kuni ertalab va yotishdan oldin artamiz.
  • Achchiqtosh kukunini bir chimdim miqdorida olib, bir piyola qaynagan suvda eritib olamiz va ko‘p terlaydigan sohalarni obdon artamiz. Muolajani bir hafta davomida takrorlasangiz, terlashdan xalos bo‘lganingizni sezasiz.
  • Kraxmal va iste’mol sodasini teng miqdorda aralashtirib, yarim choy qoshig‘ini bir piyola suvda aralashtiring. Qo‘ltiq osti va oyoq barmoqlari orasini arting va qurigach, bolalar upasidan seping.

© Umid SAIDOV, shifokor-dermatolog.
Barno HOJIMIRZAYEVA, jurnalist.
Darakchi.uz nashri.


SAVOL: Assalomu alaykum. Men ko‘p asabiylashaman shu sabab bo‘lishi mumkinmi? Mendagi qo‘ltiq soham terlashiga, qish kunida ham terlaydi, har-xil vositalardan foydalandim, fenibut ham ichdim, lekin o‘zgarish sezmadim. Javob uchun rahmat.

JAVOB: Vaalaykum assalom. Ha, qo‘ltiq asabiylashishdan, albatta, terlaydi. Lekin agar yil bo‘yi asabiylashmasangiz ham terlasa, demak sizda ter bezlari qo‘ltiq ostida kuchli rivojlangan — gipergidroz. Anig‘ini bilish uchun dermato-venerologga ko‘rining.

© Javlon Abdullayev, shifokor.

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...
Ko‘proq ko‘rsatish

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close