Tasodifga tayyor bo‘ling

Albatta, barchamiz issiq jonmiz, qayerda qanday holatga tushamiz, uni hech kim ayta olmaydi. Ayniqsa, ko‘cha-ko‘yda yoki tanishlar orasida tasodifan bo‘lib qoladigan hodisalarda, odam o‘zini boshqara olish kerak. Masalan, to‘satdan kimdir sizdan yordam so‘rab qolsa, siz shifokor emasman deb qarab turavermaysiz, albatta, tog‘rimi?!. Keksa yoshli odamlarda ko‘p uchrab turadigan kasalliklardan  miya sklerozi yoki miya gipertoniyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemor sizdan yordam so‘radi.

Siz nima qilgan bo‘lardingiz?

Bilmaysizmi?! Unda quyidagilarni o‘qib oling, axir hayot tasodiflarga to‘laku.

Birinchi navbatda, qon bosimini o‘lchash zarur. Agar maxsus apparat bo‘lmasa, tomir urishini o‘lchab ko‘rish mumkin: yuqori qon bosimi – zo‘riqish pulsi (bir daqiqada 90 ta zarbadan yuqori), kam qon bosimi – tinchlanish puli (bir daqiqada 60 ta zarbadan kam).
Insultni tez aniqlashga yordam beradigan test o‘tkazing:
– bemordan kulishini, tishlarini ko‘rsatishini so‘rang. Insultda tabassum zo‘riqqan (irjayishga o‘xshaydi) yoki soxta bo‘ladi;
– bemordan ko‘zlarini yumib, qo‘llarini ko‘tarishini vash u holatda 10 soniya saqlashini so‘rang. Insultda mushaklar zaiflashadi;
– bemordan birorta jumlani takrorlashini so‘rang. Nutq buzilish insut uchun xos.

Agar qon bosimi yuqori bo‘lsa, bemorga quyida sanalgan moddalardan birini bering: papazol,  no-shpa, klofelin, izobarin, adelfan. Ensa va kurak ostiga yoki boldirga 4 5 dona xantal qog‘oz (gorchichnik) qo‘yish foydali. Oyoqlar uchun issiq vanna qabul qilish ham yordam beradi: yarim chelak suvga 2 osh qoshiq xantal. Yengil holatlarda massaj bilan kifoyalansa bo‘ladi. Massajni peshanani aylanma harakat bilan uqalashdan boshlang. Ensa, chakkaga o‘ting. Boshning tepasi – yelka, tizzaga o‘ting.

Lekin, bunday holga tushmasligingizni xohlayman!

Omon bo‘ling.

1 ta savol

  1. Аноним

    Salom
    Onam sakson yoshdalar
    Qon bosimlari oshib ketdi
    Turt kundan beri yotibdilar
    Nima qilsam buladi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*