El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Kashandalik uyqusizlikka olib keladi

Hech kimga sir emas, kashandalar tamaki ta’siri ostida turli xastaliklarga, shu jumladan, aksar hollarda saratonga yo‘liqishi allaqachon isbotlangan. Yaqinda Baltimor universitetining bir guruh olimlari tadqiqotlar o‘tkazib, kashandalikning yana bir xavfli jihatini aniqlashdi.

Doktor Naresh Panjobiyning aytishicha, kashandalar organizmiga kirib borgan tamaki miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazib, uning faoliyatini yomonlashtiradi. U kashandaning oromini o‘g‘irlaydi. Shuning uchun ashaddiy chekuvchilar tunlari boshqalar kabi qotib uxlay olishmaydi. Ular uyqusizlikdan azob chekishadi. Uxlagan taqdirda ham bu uyqu omonat bo‘ladi. Tiq etgan tovush ham ularni uyg‘otib yuboradi va keyin umuman uxlay olishmaydi.

Chunki organizm tamakini sog‘inaveradi, miya uning ta’sirida noto‘g‘ri ishlayveradi, dahshatli darajada zo‘riqadi. Bu zo‘riqish bora-bora asablarni zabtiga oladi. Tomirlar tobora torayib boraveradi. Shuning uchun olimlar kashandalarga murojaat etib, zudlik bilan bu zararli odatdan voz kechishni maslahat berishadi.

© Telegraf.com.ua
«Medical News» channel

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.