Kalit so‘zlar: Semizlik

Semizlik dardi

semizlik

XXI asrda rivojlangan mamlakatlarda semizlik katta tibbiy ijtimoiy muammoga aylandi. Hozirda aksariyat mamlakatlarda uglevodli ovqatlarning tobora ortib, uni yengil iste’mol qilish odat tusiga kirgani, umumiy ovqatlanish tizimidagi kafe, bar, oshxonalarning soni keskin ko‘paygani bilan birga jismoniy harakatning pasaygani aniqlangan. Odamlarning ovqatlanish xususiyati, yashash tarzi o‘zgarishga duchor bo‘lmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda kuzatilayotgan umumiy ko‘rinish deb go‘sht va yog‘larning iste’mol qilinishi oshganligini aytish ... Batafsil »

Semirishni istaganlar uchun diyetolog maslahati

diyetolog maslahati

Semirish yoki ozish istagida bo‘lganlar shifokor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, ozib ketish (semirish)ning sabablarini o‘rganiladi. Tashxis qo‘yishda kishining vazni, bo‘yi, yoshi, nima ish bilan shug‘ullanishi, nasliyati ham muhim. Ozg‘inlik nasliy ham bo‘lishi mumkin, bunaqalar har qancha ovqat tanavvul qilsalar ham semira olmaydilar. Xalqda bunday odamlarni “chayir” deyishadi. Qolaversa bu biror bir kasallikning belgisi bo‘lish ehtimoli ham bor. Surunkali oshqozon ichak kasalliklari, ... Batafsil »

Erkaklarda ortiqcha vazn!

ortiqcha vazn

Reklama roliklari va jurnallarda ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan xushbichim erkaklar suratlari qo‘yiladi. Ular sog‘lom va ko‘rkam hisoblanadi. Biroq bu asosan plakat va suratlarda shunday. Ko‘chada esa biz ortiqcha vaznli va hatto semizlikdan nafasi siqadigan erkaklarni uchratamiz. Vazn yig‘ilishining ko‘p ovqatlanish kabi oddiy sababi bilan birga biz bilmagan yashirin sabablari ham talaygina. Xushbichim bo‘lishni istaysizmi – faol hayot tarziga rioya qiling. ... Batafsil »

Soda bilan ozish mumkin(mi)

ozish usuli

Bu maqolam orqali ozishni juda ham xohlaydiganlar uchun bir sirni ochaman, deydi «Sanduvoch» gazetasi muxbiri Fotima Madrahimova. Gap ozish haqida borganda, xayolingizdan jismoniy zo‘riqishlar, kuchli diyetalar, ko‘proq suv ichish va shunga o‘xshash fikrlar kechishi mumkin. Lekin so‘z oddiygina ichimlik sodasi haqida boradi. Ozish bilan soda orasida qanday bog‘liqlik bor ekan, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak. Quyida siz «Sanduvoch» gazetasi muxbiri Fotima Madrahimovaning «sodainfo.ru» ... Batafsil »

Ortiqcha vaznni yashirishning 5 usuli

Vazn yashirish, Semizilik

Tan olish kerak, ortiqcha vazn egalari uchun to‘g‘ri libos tanlash biroz mushkul ish. Lekin bu tushkunlikka tushib, didsiz va shunchaki o‘lchami to‘g‘ri kelgan kiyimni kiyishi kerak, degani emas. Negaki, o‘zingizga mos tushadigan va qad-qomatingizdagi kamchiliklarni yashiradigan ko‘ylakni tanlash qo‘lingizdan keladi. Qanday qilib deysizmi? Agar quyidagi tavsiyalarimiz bilan tanishib chiqsangiz, bunga erishish qanchalik oson ekanligini bilib olasiz. Umumiy qoidalar Birinchidan, har ... Batafsil »

Qorinni yo‘qotmoqchimisiz

qorin chiqishi

Yoshi ulg‘aygani sari ko‘pchilik erkaklarda qorin chiqishi bilan bog‘liq muammo yuzaga keladi. Ba’zilarda tananing boshqa joyi semirmasdan, faqat qorinning kattalashishi kuzatiladi. Buning sababi nimada? Mavzumiz aynan ana shu haqda. Qorin chiqishiga ko‘pincha gavdani to‘g‘ri tutmaslik,   noto‘g‘ri ovqatlanish va press mashqlar bilan ishlamaslik sabab bo‘ladi. Agar har kuni qorin mushaklariga ishlov beruvchi mashqlar bajarilmasa, qorinni yo‘qotish qiyin kechadi. Ko‘pchilik piyoda yurishni ... Batafsil »

Semirishni istaysizmi?

semirish uchun

Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak. Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini ... Batafsil »

Ortiqcha vazn tashvishlari

semirish uchun

Bugun ayrimlar normal holat hisoblaydigan, aslida ko‘plab kasalliklarning sababchisi bo‘lgan semizlik xastaligi xususida fikrlashishni o‘rinli hisobladik. Dunyo miqyosida qariyb 1,5 milliard odamning ortiqcha vaznga ega ekanini, 500 milliondan ziyod kishi esa semizlikdan aziyat chekayotganini inobatga olsak, bu muammo va uning yechimi sizni ham bizdan kam qiziqtirmasa kerak. Ozroq yeng – ko‘proq yashaysiz Inson umrining mazmuni bevosita u tanovul qilayotgan luqmaga ... Batafsil »

Vazningiz yoshingizga mosmi?

Vazn mosligi

Chiroyli qad-qomatga ega bo‘lishni istamaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Bu istak ko‘pchilik ayollarning muammosi bo‘lishi bilan birga, erkaklarni ham chetlab o‘tmaydi. Yosh o‘tgan sari ortiqcha kilogrammlar hosil bo‘lib, avvalgi ixcham vazn 2–3 barobarga ortishi hech gap emas. Kishi 18 yoshida ega bo‘lgan vazni eng normal vazn hisoblanadi. Buni butun umrga saqlab qolish esa murakkab holatdir. Unutmang, har 10 yilda sarflangan energiya ... Batafsil »