Kalit so‘zlar: Ovqatlanish

Shifobaxsh bahoriy salatlar

salatlar

Ayni bahor chog‘ida yangi va sarxil masalliqlardan tayyorlangan salatlar vitaminlarga tashna organizm uchun juda foydalidir. Qolaversa, ularni tayyorlash juda oson! Kerakli masalliqlar: yarim piyola qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodring, 1 stakan qatiq, yarim stakan qaynatilgan suv (sovitilgani), 1 bo‘lak sarimsoq, 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va ta’bga ko‘ra tuz. Tayyorlanishi: avval qatiq bilan suvni aralashtirib, so‘ng bodring, mayda to‘g‘ralgan sarimsoq va tuzni ... Batafsil »

Qandli diabetga qarshi…

Qandli diabet ovqatlanish

Xitoyliklarning bir maqoli bor: «Salomatligingni tovog‘ing tagidan qidir». Iste’mol qilayotgan mahsulotlarimiz nafaqat bizga kuch-quvvat bo‘ladi, shu bilan birga, tanamiz salomatligini ham ta’minlaydi. Turli kasalliklardan omon bo‘lishni istasangiz, to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganing. Qandli diabetga qarshi… Yosh o‘tgani sari inson o‘z vazni va qondagi qand miqdorini nazorat qilmasa, qandli diabetning II turi yuzaga kelish xavfi ortib boradi. Bug‘doy mahsulotlari: qora non, suli yormasi ... Batafsil »

«Yashirin» ochlik

ochlik

Och yurish ma’lum biologik xususiyatlarga ega bo‘lib, u tufayli tanadagi barcha tizim va a’zolarning funksional faoliyatida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Ba’zan ochlik tufayli qaytarilmas holatlar ham ro‘y berib, bir umr nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Lekin shunday ochlik turi ham mavjudki, undan kishilar darhol aziyat chekmasdan (shuning uchun unga yetarli ahamiyat berilmaydi) balki ma’lum vaqt o‘tishi bilan (hafta, oy va yillar ... Batafsil »

Bolalar ovqatining asosiy tamoyillari

bolalar ovqati

Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq. Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim. Qanchalik xilma-xil ... Batafsil »

To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar

antibiotiklar

Kuzning namgarchiligi, qishning ayozli sovuq kunlari, gripp xastaligi, O‘RVI kabilar kishini muntazam hapdori, inyeksiya, yo‘talga qarshi malham dori-darmonlarni iste’mol qilishga majbur qiladi. Bunday paytlarda har bir bemorning hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsada antibiotik qabul qilishiga to‘g‘ri kelgandir. Ammo kamdan kam odam bu davo muolajasining samarali ta’siri ko‘pincha bizning taomnomamizga bog‘liq ekanligidan xabardor. Bunday holatlarda tabiiy meva-sabzavot, sharbatlarning o‘ziga xos muhim ... Batafsil »

Oqilona (ratsional) ovqatlanish nima?

to‘g‘ri ovqatlanish

Oqilona (Ratsional) ovqatlanish bu: Ovqatlanishda xilma-xil mahsulotlarning bo‘lishligi; Ma’danlar, vitaminlar, oqsil va karbonsuvlar, temir moddasiga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar; Oziq-ovqatlarning pokizaligi, yangi va barraligi; Mahsulotlarning imkon qadar tabiyligi; Ovqatlanish tartibi hamda odoblariga rioya etilishi; Jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kuchaygan paytda (sport bilan shug‘ullanish yoki imtihonlardan oldin) qo‘shimcha vitaminlar ichish; Tuz, qahva, shakar, shirinliklar singarilarni meyorida iste’mol qiling; Uzoq muddat och qolish, ... Batafsil »

Uyqudan oldin iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

uyqu

Uxlashdan oldin noto‘g‘ri ovqatlanish nafaqat semirishga, surunkali ravishda to‘yib uxlamaslikka sabab bo‘ladi, balki, oshqozoningizga jiddiy zarar etkazishi ham mumkin. Afsuski, deyarli har birimiz kislotali reflyuks — hazm qilish shirasining qizilo‘ngachdan ko‘tarilib, yoqimsiz achitish sezgisini uyg‘otishini bilamiz. Jig‘ildon qaynashini kislotali reflyuks belgisi deb hisoblashadi, doimiy angina, surunkali yo‘tal va yutishning qiyinlashishi shuning oqibati bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, kechki ovqatni tanovul qiladigan paytimiz ... Batafsil »