El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Ozishni istaganlar har kunni 2 ta tuxum yeyishi kerak

Liverpul universitetida o‘tkazilgan tadqiqot tovuq tuxumi parhezdagi insonlar uchun katta foyda berishini ko‘rsatdi. Ozishni xohlovchilar har kuni kamida ikkitadan tuxum iste’mol qilishi kerak. Yaqinda shifokorlar tuxum xolesterin miqdorini oshirishini ta’kidlagan edi. Shuning uchun vazn tashlash davrida tuxum yeyishni tavsiya qilishmagandi.

tuxm yeyish

Lekin so‘nggi tadqiqotda past kaloriyali parhez tufayli qatnashchilar o‘rtacha 4,5 kilogrammdan vazn yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotda 450 nafar o‘rta yoshli odam qatnashdi. Ular ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh tuxum iste’mol qildi, ikkinchi guruh esa umuman ratsion tarkibidan tuxumni chiqarib tashladi. Shundan so‘ng ishtirokchilarning qonidagi xolesterin miqdori tekshirildi.

Mutaxassislar ratsionda tuxum bor-yo‘qligidan qat’i nazar barcha ishtirokchida vazn kamayganligini aniqladi. Tuxumni ayniqsa parhezdagi odamlar uchun muhim mahsulot deb hisoblash mumkin, deydi olimlar. Shuningdek, ular tovuq tuxumidan tashqari bedana tuxumini ham tavsiya etishmoqda.

Ozish haqida saytimizning «OZISH» rukni orqali foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

©  «Sog‘lom avlod» gazetasi.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *