El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Suyakni mustahkamlovchi dorilar keyinchalik uni mo‘rtlashtirishi mumkin

Korneliya universiteti xodimlari suyakni mustahkamlash uchun ichiladigan dorilar (bisfosfonat) salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantiryapti. Bu preparatlarni besh yildan ortiq qabul qilish natijasida suyak tarkibi o‘zgaradi va mo‘rtlashadi. Tadqiqotchilar 65–93 yosh oralig‘idagi 50 nafar ayolning ma’lumotlarini tekshirib chiqib, shunday xulosaga keldi.

suyakni mustahkamlovchi dorilar

Mutaxassislar bisfosfonatlarni 3–5 yildan ortiq qo‘llamaslikni maslahat beradi. Lekin tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari ulardan 8 yilgacha foydalandi. Qatnashchilar suyak sinishi va bisfosfonatlarning turiga qarab besh guruhga bo‘lindi, deb yozadi The Daily Mail.

Bisfosfonatlarni uzoq vaqt qabul qilish tufayli ayollarda suyaklar qattiqlashgani va mineral tuzlarga boyigani ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida suyak sinishi xavfi ortgan. Arzon preparatlarni qabul qilgan qatnashchilarda, ayniqsa xavf yuqoriligi qayd etildi.

© Soglom.uz nashri.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.