Suvchechak — virusli kasallik

Suvchechak kasalligi shu nomli virus qo’zg’atadigan o’tkir intfeksiyon xastalikdir. U ikki yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan barcha bolalarda, ayrim holatlarda kattalarda uchrashi mumkin. Suvchechakning yashirin davri 14-21 kunni tashkil etib, toshma chiqishidan ikki-uch kun oldin ham boshqalarga yuqish ehtimoli bor. Aksirganda, yo’talganda havo tomchisi yoki bemorning so’lak bezlari orqali sog’lom odamlarga yuqadi.  Shunisi qiziqki, virus o’z ta’sirini eng so’ngi toshma hosil bo’lguncha ham yo’qotmaydi. Kasallik asosan kuz – qish mavsumida paydo bo’ladi. Sababi, odamlarda ayni shu davrda immunitet pasayishi kuzatiladi.

Suvchechak asosan jiddiy bezovtaliklarsiz, oddiy toshmadek boshlanadi. Shuning uchun ko’pchilik uni allergiya bilan adashtiradi. Bilib – bilmay toshmaga ishlov berish esa uni ko’payishiga sababchi bo’ladi. Bola badani, og’iz, ko’z qovoqlarining shilliq pardasi, shuningdek, bosh qismida suvli pufakchalar paydo bo’ladi. Ko’pincha, yosh bolalar tomonidan pufakchalar usti tirnalib, yorilgach, undan shaffof suyuqlik chiqib u tananing boshqa qismlariga ham tarqaydi hamda toshma o’rnida chandiq hosil bo’lishi mumkin.

Tana haroratining 38-39 C darajaga ko’tarilishi, et uvishishi, bosh va mushaklarda og’riq, ishtahasizlik va umumiy holsizlik ham xastalik alomatlaridan sanaladi.

Suvchechak toshmasi ko’pi bilan 3-5 kun toshadi. Bu vaqtda uning tashqi a’zolarda, balki ichki a’zolar  shilliq qavatida ham toshishi kuzatiladi. Bemorda tana harorati goh ko’tarilsa, goh me’yorlashadi. Xastalik vaqtida toshmalarga suv teqqazish (cho’milish) mumkin emas. Yuz-qo’lni yuvish uchun esa dokani namlab ishlatgan ma’qul. Suvchechakka chalingan bemorni jamoat joylariga chiqishi tavsiya etilmaydi.

Suvchechakni davolash…

Suvchechakni yengil kechayotgan bo’lsa, bemorni uy sharoitida, dermatolog shifokor ko’rigi ostida, davolash mumkin.Mutaxassis tavsiyasi bilan toshma ustiga briliyant yashili (zelyonka) va virusga qarshi maz bilan ishlov beriladi. Davolanishning eng asosiy sharti, bemor kiyimlari har kuni yangilanib turishi kerak. Ko’proq suyuqlikichish tavsiya etiladi, masalan, ko’k choy, na’matak damlamasi.Suvchechak asosan immuniteti past bolalarga yuqadi. Muolaja davrida bemor parhez qilishi, sut – qatiq, meva va sabzavotlar, sho’rva iste’mol qilishi zarur.

Diqqat! Suvchechakka chalingan bemorda kasallik virusiga nisbatan turg’un immunitet hosil bo’ladi. Shu sabab, keyinchalik kasallik qaytalanmasligi ehtimoli yuqori!
  • Suvchechak virusini 1911-yilda Aragao kashf etgan.
  • Virus faqatgina odam va maymunda kasallik qo’zg’atishi mumkin.
  • Kasallikning beshinch kunidan toshmalar toshishi to’xtaydi.
  • Suvchechak kattalarda og’ir kechadi.
  • Infeksiya 20% holatda chaqaloqlarning o’limi bilan yakunlanishi mumkin!
  • Ayollarga homiladorlikning birinchi 3 oyligida infeksiya yuqsa, bola nuqson bilan tug’ilishi mumkin.
  • Suvchechakdan yosh bolalarni emlash uchun tirik vaksina ishlab chiqarilgan.

 

8 комментариев

  1. Tez toxtatsak boladimi bu kasalikkni qanday maslaxat beras

  2. manda grip bilan qo’shilib suvchechak toshmasi chqdi! toshma 1 haftadan beri toshyapti! toshmani qanday qilib to’xtatish mumkin? iltimos tezroq javob kutaman.

  3. kasalik davrida nima lar yeyiwu nimalar yemaslikni maslaxat beras

  4. Man xozir 4 oy xomiladorman turmuw o’rtog’imdan suvchechak yuqdi. Lekin manda mayda judayam kn butun badanimga towvotti nmala qisam bo’ladi. Bolaga zarari yo’qmi. Iltimos jovob yozin yow bolam bor unga yuqiwidan qo’rqaman. Nma qisam tez o’g’riqsiz ketadi

    • Agar davolanilmasa, homilaga ta’sir etishi mumkin.
      Bu vaqtgacha davolanishni boshlashingiz kerak edi.
      Eng kamida yuqoridagi tavsiyalarga «Mutaxassis tavsiyasi bilan toshma ustiga briliyant yashili (zelyonka) va virusga qarshi maz bilan ishlov beriladi. Davolanishning eng asosiy sharti, bemor kiyimlari har kuni yangilanib turishi kerak. Ko’proq suyuqlikichish tavsiya etiladi, masalan, ko’k choy, na’matak damlamasi.Suvchechak asosan immuniteti past bolalarga yuqadi.Muolaja davrida bemor parhez qilishi, sut – qatiq, meva va sabzavotlar, sho’rva iste’mol qilishi zarur.» amal qilishingiz kerak.

      Bir bor hududingizdagi dermatolog vrach qabuliga boring yoki oilaviy shifokorlar qabuliga boring.

  5. Iltimos jovob yozila iloji bo’sa 2 kundan beri kutvoman og’riq qichishish achishish chidabomayapti

  6. Assalom alaykum meni oglimda suvchechek chiqdi lekin kopmas kopaymayapti maslahat berilar ilt8mos nimaga unaqa.. doktorlar suvchechek deyishudi bir hafta boldi kopayishi kerek edi kopaymadi istma ham chiqmadi…

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*