Surunkali gepatit

Surunkali gepatit- jigarni yallig‘lanishi bilan belgilanib, uning ishini buzilishi bilan, to‘qima va hujayralarni baravariga shikastlanishi bilan, distrofik zararlanishi bilan, pariyetal yo‘lining gistio-limfotsitlar hujayralar bilan qoplanishi hamda bu yerda oz miqdorda qo‘shimcha hujayralar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.

surunkali gepatit
Foto: Nebolet.com

Surunkali gepatit kelib chiqish sabablari

Surunkali gepatit rivojlanishida asosiy sabab oldinroq sariq kasali (Botkin kasali) bilan og‘rigan bo‘lishdir, ayniqsa bu yuqumli kasallikning og‘ir formasi bo‘lsa. Bundan tashqari spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, ko‘p miqdorda iste’mol qilish, har xil zararli moddalar ta’siri natijasida ham ushbu kasallik kelib chiqadi. Oshqozon, ichak, o‘t pufagi va oshqozon osti bezining surunkali kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Surunkali gepatit patogenezi

Kasallikning rivojlanishida organizm himoya kuchini kamayishi, viruslarning qon orqali jigarga kelib, uning ishining buzilishi davom etishi, o‘tning yig‘ilib qolishi asosiy ahamiyatga egadir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra jigarda qon yig‘ilib, jigar hujayralarining buzilishiga olib keladi. Bulardan tashqari gumoral, immun va autoimmun hodisalarning ahamiyati ham kattadir.

Surunkali gepatit belgilari

Surunkali gepatitning uch turi mavjuddir: 1) persistik, 2) aktiv, 3) xolestatik.

Kasallikning persistik turi ancha yengil hisoblanib, bemorlar o‘ng qovurg‘a ostida kuchsiz og‘riq bo‘lishidan, darmonsizlanishdan, ish qobiliyati pasayishidan shikoyat qilishadi. Tekshirilganda jigarning hamma chegaralari pastga 3-4 sm.gacha siljigani aniqlanib, paypaslanganda ozgina og‘riq bo‘ladi va qattiqlashadi. Laboratoriyada qonni tekshirilganda oqsilning umumiy miqdori ko‘payib, albuminning kamayganligi va gamma-globulinning ko‘payganligi aniqlanadi. Boshqa analizlar deyarli o‘zgarmaydi.

Surunkali aktiv gepatit xastalikning og‘ir turi bo‘lib, bemorlar qorinning o‘ng tomoni og‘rishidan, harorati ko‘tarilishidan, ko‘ngil aynib, safro qusishdan, og‘iz qurishdan, quvvatsizlikdan, ishtaha yo‘qolishidan shikoyat qiladilar. Qorinni paypaslaganda jigarni og‘rig‘i kuchayib, pastga 5-6 sm.ga siljigani, kattiqlanishi, pastki qism dumaloqlashganligi aniqlanadi. Ko‘z bir oz sarg‘ayib, qorinda vena qon tomirlarini kengayishi, badanning ayrim joylaridan “yulduzchalar” paydo bo‘lishi ahamiyatga egadir. Qonda bilirubin, fermentlar miqdori ko‘payib, oqsil kamaygani bilinadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jigar kasalliklar o‘zini qanday ma’lum qiladi?

Radiologik usullar bilan tekshirilganda, jigarni ishlash qobiliyati pasayib, tomonga kengayganligi aniqlanadi. Surunkali aktiv gepatit keyinchalik sirrozga aylanadi, vaholanki, persistik turini o‘z vaqtida, to‘g‘ri davolansa butunlay tuzalishi mumkin. Surunkali xolestatik gepatit o‘t pufagi yallig‘lanishi, jigar o‘t yo‘llarida va o‘t pufagida tosh bo‘lishi natijasida kelib chiqadi. Unda og‘riq bilan birga badan sarg‘ayishi, qichishi va haroratni ko‘tarilishi bo‘ladi. Jigar 4-5 sm.gacha pastga tushadi, qattiqlashadi. Qonda bilirubin ko‘payib, siydikda urobilin paydo bo‘ladi. Bu kasallik keyinchalik biliar sirrozga aylanadi.

Surunkali gepatitni avvalo uchala turini bir-biridan ajrata bilish zarur. Undan keyin ularni jigar sirrozidan, surunkali xoletsistitdan va jigar rakidan farqlash zarur.

Surunkali gepatitni davolash

Kasallikni davolashda 1chi navbatda parhezga ahamiyat berish zarur. Bundan yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r, nordon narsalar ta’qiqlanadi. Bemorlar sut, qatiq, yog‘siz qaymoq, shirin ho‘l mevalar, suvda pishirilgan go‘sht, mastava, qaynatma sho‘rva, shovla kabilarni iste’mol qilishlari lozim. Kasallik bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq o‘rnida yotib, kamroq harakat qilishi lozim. Dorilardan avvalo og‘riqni qoldiradigan (no-shpa, papaverin kabilar), jigar ishini yaxshilaydigan (essensial, karsil, vitagepat, glyukoza), har xil vitaminlar beriladi. Bemorlar ahvoli yengillashgach, fizioterapevtik usullar qo‘llaniladi. Kasalxonadan chiqgach ularga yengil ishlar bilan shug‘ullanish maslahat qilinadi.

© Med-info.uz

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...
Ko‘proq ko‘rsatish

Aloqador maqolalar

2 Comments

  1. Assalomu aleykum. Men yoshligimda gepatit B bilan og’riganman. Hozir ham tekwirtirsam qonimda gepatit B chiqyapti. Yaqinlarimga ham yuqishi mumkinmi? Qanday? Javob uchun rahmat

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close